Sobirova Donoxon Saidaskarxanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insultdan keyingi epilepsiyani tashhislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4082.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Xurshidaxon Abduborievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot insutitut.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insultdan keyingi epilepsiyali bemorlarning klinik-nevrologik, neyrofiziologik va neyroimmunologik tavsiflarini kasallikni tashhislash va davolash usullarini yaxshilash maqsadida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik-neyrofiziologik va neyrovizualogik usullar hamda bemorlarni xalqaro SeLECT shkalasi (Se – insult og‘irligi, L – yirik arteriya aterosklerozi, E – erta xurujlar, C – korteksga ta’sir, T – miyo qavatining zararlanishi) bo‘yicha testdan o‘tkazishga asoslangan ishemik insultni o‘tkazgan bemorlarda kechikkan epileptik xurujlarning rivojlanishini prognoz qilish ilmiy asoslangan;
ishemik insultdan keyingi kechikkan epileptik xurujlarning rivojlanishida etiologik sabablar va xavf omillarining o‘rni xamda neyronlar zararlanishi va angiogenez omillarini qo‘shimcha baholanganda postinsult epilepsiyasini erta aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
postinsult epilepsiya rivojlanishida neyronlarning zararlanish omillari – NSE (neyron-spesifik enolaza) va VEGF (angiogenez omillari)ning patogenetik, diagnostik va prognozik ahamiyati, ularning darajalari bilan bemorlarning funksional holatini baholaydigan shkala ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
neyrofiziologik va neyroimmunologik tadqiqotlar asosida postinsult epilepsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda kognitiv va nevrologik defisitni kamaytirishga yordam beruvchi edaravon dori vositasini qo‘llashning klinik-patogenetik samaradorligini baholash orqali epileptik xurujlarni qo‘zg‘atmasdan insultni davolash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Insultdan keyingi epilepsiya tashxisi qo‘yilgan bemorlarda tutkanok xurujlarining klinik kechishi va uni davolash xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: klinik-neyrofiziologik va neyrovizualogik usullar hamda bemorlarni xalqaro SeLECT shkalasi (Se – insult og‘irligi, L – yirik arteriya aterosklerozi, E – erta xurujlar, C – korteksga ta’sir, T – miyo qavatining zararlanishi) bo‘yicha testdan o‘tkazishga asoslangan ishemik insultni o‘tkazgan bemorlarda kechikkan epileptik xurujlarning rivojlanishini prognoz qilish ilmiy asoslab berilgani Toshkent shahar 5-son shahar klinik shifoxonasi 13.08.2024 yildagi 135-son buyrug‘i va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 17.08.2024 yildagi 01-98-son buyrug‘i tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish ishemik insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda kech epileptik hurujlarni tashhislash va epilepsiya og‘irligini baholash, oxirgi yakunni prognoz qilish va statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi IKEli bemorlarni kompleks tekshirishni tizimlashtirish tashhislashga o‘z vaqtida differensial yondashuvni qo‘llash va ishemik insult kech reabilitatsiya davrida bemorlarni olib borish, barvaqt o‘limni kamaytirish va statsionarda davolanish muddatlarini 4-5 kunga qisqartirish imkonini bergan, bu esa har bir bemorga tejaladigan 880000-1020000 so‘mni tashkil qilgan. Xulosa: ishemik insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda kech epileptik hurujlarni va epilepsiya og‘irligini aniqlash uchun maxsus shkala va usullardan foydalanish bemorlarning yashab qolishi ko‘rsatkichlarini oshirdi va shu tariqa o‘lim, nogironlik ko‘rsatkichlarini, statsionarda davolanish muddatlarini kamaytirdi, moliyaviy xarajatlarni qisqartirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishemik insultdan keyingi kechikkan epileptik xurujlarning rivojlanishida etiologik sabablar va xavf omillarining o‘rni xamda neyronlar zararlanishi va angiogenez omillarini qo‘shimcha baholanganda postinsult epilepsiyasini erta aniqlash mezonlari ishlab chiqilgani Toshkent shahar 5-sonli shahar klinik shifoxonasi 13.08.2024 yildagi 135-son buyrug‘i va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 17.08.2024 yildagi 01-98-son buyrug‘i tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insultdan keyingi erta va kech yuzaga keladigan epileptik hurujlar, har xil turdagi talvasalarni o‘z vaqtida tashhislashdan iborat bo‘lib, bu funksional yakunni yaxshilashga imkon beradigan IKEni davolash taktikasini tanlash uchun muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini joriy etish ishemik insult oqibatlariga ega bemorlarda kech yuzaga keladigan epileptik hurujlarni tashhislash va prognozlashga dolzarb yondashuvlarni ishlab chiqishga ta’sir ko‘rsatdi hamda tibbiy yordam ko‘rsatishga moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, xodimlarning ish vaqtini qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: ishemik insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda kech epileptik hurujlar rivojlanishining oldini olish uchun 1 bemorga byudjet mablag‘larining tejalishi 2 813 943 so‘mni tashkil qilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: postinsult epilepsiya rivojlanishida neyronlarning zararlanish omillari – NSE (neyron-spesifik enolaza) va VEGF (angiogenez omillari)ning patogenetik, diagnostik va prognozik ahamiyati, ularning darajalari bilan bemorlarning funksional holatini baholaydigan shkala ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangani Toshkent shahar 5-sonli shahar klinik shifoxonasi 13.08.2024 yildagi 135-son buyrug‘i va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 17.08.2024 yildagi 01-98-son buyrug‘i tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Iijtimoiy samaradorligi: o‘rganilgan biomarkerlar immunologik tahlilini amaliyotga joriy etish Ishemik insultdan keyin epilepsiya rivojlanishi yoki avj olishi ehtimolini oldindan aytish imkonini berdi. Nerv to‘qimasining shikastlanganini hamda angiogenez jarayonini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar bilan bemorlardagi kasallikning og‘irlik darajasi, nogironlanish, reabilitatsion salohiyati, kundalik hayotdagi faolligi o‘rtasidagi korrelyasiya darajasi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: neyroimmunologik markerlarni klinik shkalalar ko‘rsatkichlari bilan bog‘lab tahlil qilish orqali IKE kechishining og‘irligini aniqlashga kompleks diagnostik yondashuv erta yakunni prognoz qilish va jon saqlash darajasini oshirish imkonini berdi, bu barvaqt o‘lim, nogironlanish, bemorlarning statsionarda bo‘lishi muddatlarini kamaytirishga hamda har bir bemorga moliyaviy xarajatlarni 950000 so‘mga qisqartirishga xizmat qildi. Xulosa: o‘rganilgan biomarkerlar qiymatlarini amaliy qo‘llash IKE yakunini prognoz qilish hamda bemorlarning o‘limi, nogironlanishi va statsionarda bo‘lish muddatlarining qisqarishi tarzida uning klinik yakunining yaxshilanishini ta’minladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: neyrofiziologik va neyroimmunologik tadqiqotlar asosida postinsult epilepsiyasi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashda kognitiv va nevrologik defisitni kamaytirishga yordam beruvchi edaravon dori vositasini qo‘llashning klinik-patogenetik samaradorligini baholash orqali epileptik xurujlarni qo‘zg‘atmasdan insultni davolash takomillashtirilgani Toshkent shahar 5-sonli shahar klinik shifoxonasi 13.08.2024 yildagi 135-son buyrug‘i va Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi 17.08.2024 yildagi 01-98-son buyrug‘i tomonidan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: IKE li bemorlarni kompleks davolashning ishlab chiqilgan sxemasi uning samaradorligini sezilarli oshiradi, bemorlar salomatligining tezroq tiklanishiga, klinik-neyrofiziologik va immunologik holatining me’yorga qaytishiga, epileptik hurujlar qaytalanishi (residiv) chastotasining kamayishiga yordam beradi. Dorilarning qo‘llanilgan kombinatsiyasi sinergik samaraga, antioksidant faollikka ega bo‘lib, oqibatlarini va kech yuzaga keladigan epileptik hurujlarni davolashda samarali hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: IKEni davolashning yangi usulini amaliyotda qo‘llash har bir klinik holatda eng optimal yondashuvni aniqlashga, davolash taktikasining noto‘g‘ri tanlanganligi hisobiga epilepsiyaning qaytarilishi ehtimolini istisno etishga yordam beradi. Xulosa: IKEli bemorlarni davolashga xarajatlar samaradorligini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, IKEni davolashning optimallashtirilgan usulini qo‘llash bemorlar jonlantirish, intensiv terapiya va nevrologiya bo‘limlarida bo‘lganda byudjet mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Ishemik insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda kech epileptik hurujlarni davolash, qaytalanishlarning oldini olish va kasallik yakunini yaxshilash uchun byudjet mablag‘larining 1 bemorga nisbatan tejalishi 2813943 so‘mni tashkil qildi.