Ziyavidenova Soniyaxon Said’alo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut bezi saratonini medikamentoz davolashga yangicha yondashuvni eksperimental asoslash» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2788.
Ilmiy rahbar: Abdixakimov Abdulla Nusratullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01. 
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kadirova Dilobar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi xavfli o‘smaga qarshi agentni sut bezi saratoni terapiyasi uchun doklinik tadqiqotlarda samaradorligi va xavfsizligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektroforetik tadqiqotlar in vitroda tajribalarda sinab ko‘rilgan molekulyar kompleksning sut bezi saraton terapiyasida DNK/RNK sintezining to‘liq ingibisiyasi, nukleosomalar aro degradatsiya va o‘sma hujayralarining apoptozini faollashtirish bilan bog‘liq yuqori sitostatik ta’siri isbotlangan;
standart kimyo terapiya preparatlari bilan solishtirilganda, Dekoglis birikmasining tajriba o‘sma modellarida mediator tubulinlarning ingibisiyasi hisobiga o‘sma hujayralarida mitoz jarayonini buzilishiga olib kelishi tufayli xavfli o‘smaga qarshi yuqori faolligi isbotlangan; 
tajriba molekulyar kompleksi faol birikmaning bosqichma-bosqich chiqarilishi tufayli surunkali intoksikatsiya va immunodepressiyaning yo‘qligi sababli sut bezi saratonining uzoq muddatli terapiyasida xavfsiz ekanligi isbotlangan;
og‘iz orqali qabul qilish usuli tajriba kompleksini qorin parda orqali yuborish usuliga qaraganda, agressiv o‘sma subtiplarida uning yaxshilangan biologik kira olishi va uzoq muddatli tizimli ta’siri tufayli o‘smaning yuqori regressiyasini ta’minlashi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sut bezi saratonini dori vositalari bilan davolashning yangi yondashuvini tajriba asosida bajarilgan tadqiqot davomida olingan ilmiy ma’lumotlar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: elektroforetik tadqiqotlar in vitroda tajribalarda sinab ko‘rilgan molekulyar kompleksning sut bezi saraton terapiyasida DNK/RNK sintezining to‘liq ingibisiyasi, nukleosomalar aro degradatsiya va o‘sma hujayralarining apoptozini faollashtirish bilan bog‘liq yuqori sitostatik ta’siri isbotlanganligi akademik Ya.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2024 yil 15 apreldagi №104-sonli buyruq bilan va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inson immunologiyasi va genomikasi instituti laboratoriya tadqiqotlariga 2024 yil 26 noyabrdagi №59-sonli buyruq asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: DNK/RNK sintezining to‘liq ingibisiyasi va o‘sma hujayralarining apoptozini faollashtirish hisobiga o‘smaning progressiyasi sezilarli darajada pasaydi, bu esa bemorlarning yashovchanlik ko‘rsatkichlarini oshirish va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: Tajriba molekulyar kompleksi yuqori sitostatik ta’siri tufayli o‘sma o‘sishining to‘liq to‘xtatilishiga olib keldi, bu esa standart kimyo terapiya preparatlariga sarf-xarajatlarni 12% ga kamaytirishga vaonkologik bemorlarni davolash uchun byudjet mablag‘laridan samaraliroq foydalanish imkoniyatini yaratadi. Xulosa: Ilk bor tajriba onkologiyasi amaliyotida molekulyar kompleksning kuchli sitostatik faollikka ega ekanligi va bu o‘sma hujayralari o‘sishini to‘liq to‘xtatish, standart kimyo terapiya xarajatlarini kamaytirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib kelishini tasdiqladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: standart kimyo terapiya preparatlari bilan solishtirilganda, Dekoglis birikmasining tajriba o‘sma modellarida mediator tubulinlarning ingibisiyasi hisobiga o‘sma hujayralarida mitoz jarayonini buzilishiga olib kelishi tufayli xavfli o‘smaga qarshi yuqori faolligi isbotlanganligi akademik Ya.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2024 yil 15 apreldagi №104-sonli buyruq bilan va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inson immunologiyasi va genomikasi instituti laboratoriya tadqiqotlariga 2024 yil 26 noyabrdagi №59-sonli buyruq asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mediator tubulinlarning aniq ingibisiyasi hisobiga o‘sma hujayralarida mitoz jarayoni buzilib, preparatning xavfli o‘smaga qarshi yuqori faolligi ta’minlanadi va bu esa o‘sma massasining sezilarli darajada kamayishi va kasallik residivlari sonining qisqarishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: ilk bor "Dekoglis" an’anaviy kimyo terapiya preparatlariga nisbatan yuqori faollikka ega ekanligi isbotlandi, bu esa ularning dozasini kamaytirish va onkologik bemorlarni davolash xarajatlarini 15% ga qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: ilk bor tajriba onkologiyasida "Dekoglis" innovatsion birikmasi an’anaviy kimyo terapiyaga nisbatan xavfli o‘smaga qarshi kuchliroq faollik namoyon etishi isbotlandi, bu esa davolash samaradorligini oshirish, toksiklik darajasini pasaytirish va onkologik terapiya xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: tajriba molekulyar kompleksi faol birikmaning bosqichma-bosqich chiqarilishi tufayli surunkali intoksikatsiya va immunodepressiyaning yo‘qligi sababli sut bezi saratonining uzoq muddatli terapiyasida xavfsiz ekanligi isbotlanganligi akademik Ya.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2024 yil 15 apreldagi №104-sonli buyruq bilan va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inson immunologiyasi va genomikasi instituti laboratoriya tadqiqotlariga 2024 yil 26 noyabrdagi №59-sonli buyruq asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: "Dekoglis" preparatining past toksiklik darajasi, surunkali intoksikatsiya va immun tizimini susayishining yo‘qligi hisobiga terapiya bemorlar tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi, nojo‘ya ta’sirlar va asoratlar soni kamayadi, bu esa ularning umumiy holatini yaxshilab, hayot sifatini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: preparatning toksikligining kamayishi standart kimyo terapiyaning nojo‘ya ta’sirlarini bartaraf etish uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi, bu esa byudjet mablag‘larini 8,5% ga tejashga olib keladi. Xulosa: ilk bor tajriba onkologiyasida "Dekoglis" xavfsizlik profiliga ega ekanligi, immunodepressiya va surunkali intoksikatsiyaga olib kelmasligi isbotlandi va bu esa uni klinik onkologiyada keng qo‘llash uchun istiqbolli vositaga aylantiradi hamda an’anaviy terapiyaning nojo‘ya ta’sirlarini bartaraf etish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘iz orqali qabul qilish usuli tajriba kompleksini qorin parda orqali yuborish usuliga qaraganda, agressiv o‘sma subtiplarida uning yaxshilangan biologik kira olishi va uzoq muddatli tizimli ta’siri tufayli o‘smaning yuqori regressiyasini ta’minlashi isbotlanganligi akademik Ya.X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2024 yil 15 apreldagi №104-sonli buyruq bilan va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inson immunologiyasi va genomikasi instituti laboratoriya tadqiqotlariga 2024 yil 26 noyabrdagi №59-sonli buyruq asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: preparatning og‘iz orqali yuborish usuli barqaror va uzoq muddatli terapevtik ta’sirni ta’minlashligi isbotlangan, bu esa residivlar sonini kamaytirish, gospitalizatsiyalar chastotasini pasaytirish va bemorlar uchun davolanish jarayonining qulayligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ilk bor tajriba molekulyar kompleksi og‘iz orqali qabul qilinganda yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlandi, bu esa invaziv protseduralarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, statsionar davolanish yukini engillashtirish va bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 2-3 kunga qisqartirish hisobiga davlat byudjeti mablag‘larini 10% ga tejash imkonini beradi. Xulosa: ilk bor isbotlandiki, tajriba molekulyar kompleksi og‘iz orqali yuborilganda agressiv saraton shakllarida terapevtik ta’sirni kuchaytirish, bemorlar uchun davolanishni qulaylashtirish, residivlar sonini kamaytirish va onkologik terapiya xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish