Valixanov Abror Alixonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy anesteziya turlari va turli travmatik darajadagi operatsiyalarining kognitiv funksiyalar va miya morfologiyasiga ta’siri”, 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4. PhD/Tib1599.
Ilmiy rahbarlar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Ne’matjon Komiljonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Sharite Universitet klinikasi (Germaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi eksperimentda operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiya rivojlantirishida anesteziya va jarrohlik agressiyasi rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda operatsiyadan keyingi kognitiv buzilishlar rivojlanishiga umumiy anesteziyaning ta’siri mavjud emasligi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiyalar rivojlanishida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotining xajmi va travmatikliligi kabi omillariga bevosita bog‘liqligi eksperimentda isbotlangan;
eksperimentda kam travmatik operatsiyadan so‘ng rivojlanadigan kognitiv disfunksiyalar umumiy va tizimli yallig‘lanish javobini nisbatdan kam ta’sirligi hisobiga o‘tib ketuvchi hususiyati isbotlangan;
eksperimentda noingallyasion anestetiklarning salbiy ta’siri natijasida sodir bo‘ladigan miyadagi neyrodegenerativ o‘zgarishlar neyrokognitiv buzulishlariga olib kelmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
“Umumiy anesteziya turlari va turli travmatik darajadagi operatsiyalarining kognitiv funksiyalar va miya morfologiyasiga ta’siri” mavzusidagi yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 mart 8n-r/212 sonli xulosasiga  ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: shoshilinch tibbiyotda operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiyani oson va samarador tashxislash maqsadida yangi “Shoshilinch tibbiyot kognitiv testi” (ShTKT) ishlab chiqilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (15.04.2021 y. №01/491) va Farg‘ona viloyati filialining (18.04.2021y. №44) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ShTKT” usuli qo‘llanishi yangi kompozit kognitiv testi bo‘lib operatsiyadan avval test o‘tkazish ehtiyojini bartaraf etadi va bemorlarni safga qaytishini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch operatsiyaga duchor bo‘lgan bemorlar uchun reabilitatsiya choralari qisqartirilganligi hisobiga o‘rtacha 304,5 ming so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. Xulosa: shoshilinch operatsiyalardan keyin xavf omillari bo‘lgan bemorlarda o‘z vaqtida olib borilgan davolash va reabilitatsion muolajalar xar bir shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemor uchun 304, 5 ming  so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: operatsiyadan keyingi kognitiv disfunksiyalar rivojlanishini baholashida qo‘llanadigan yangi “Shoshilinch tibbiyot kognitiv testi” (ShTKT) ishlab chiqilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (15.04.2021 y. №01/491) va Farg‘ona viloyati filialining (18.04.2021y. №44) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ShTKT” usuli qo‘llanishi yangi kompozit kognitiv testi bo‘lib operatsiyadan avval test o‘tkazish ehtiyojini bartaraf etadi va bemorlarni safga qaytishini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch operatsiyaga duchor bo‘lgan bemorlar uchun reabilitatsiya choralari qisqartirilganligi hisobiga o‘rtacha 304,5 ming so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. Xulosa: shoshilinch operatsiyalardan keyin xavf omillari bo‘lgan bemorlarda o‘z vaqtida olib borilgan davolash va reabilitatsion muolajalar xar bir shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemor uchun 304, 5 ming  so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. Shu bilan birgalikda hayot sifatini yaxshilash, kognitiv buzilishlarni kamaytirish, bemorlarning erta faollashishi va tiklanishiga yordam bergan, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: kam travmatik operatsiyadan so‘ng rivojlanadigan o‘tib ketuvchi kognitiv disfunksiyalarni tanlab olish va ularni adekvat olib borishda yordam beradigan yangi “Shoshilinch tibbiyot kognitiv testi” (ShTKT) ishlab chiqilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (15.04.2021 y. №01/491) va Farg‘ona viloyati filialining (18.04.2021y. №44) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ShTKT” usuli qo‘llanishi yangi kompozit kognitiv testi bo‘lib operatsiyadan avval test o‘tkazish ehtiyojini bartaraf etadi va bemorlarni safga qaytishini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch operatsiyaga duchor bo‘lgan bemorlar uchun reabilitatsiya choralari qisqartirilganligi hisobiga o‘rtacha 304,5 ming so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. Xulosa: shoshilinch operatsiyalardan keyin xavf omillari bo‘lgan bemorlarda o‘z vaqtida olib borilgan davolash va reabilitatsion muolajalar bemorlarni hayot sifatini yaxshilash, kognitiv buzilishlarni kamaytirish, ularning erta faollashishi va tiklanishiga yordam bergan, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  noingallyasion anestetiklarning salbiy ta’siri hisobiga sodir bo‘ladigan miyadagi neyrodegenerativ o‘zgarishlarni kamaytirishga qaratilgan yangi “Shoshilinch tibbiyot kognitiv testi” (ShTKT) ishlab chiqilgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati (15.04.2021 y. №01/491) va Farg‘ona viloyati filialining (18.04.2021y. №44) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “ShTKT” usuli qo‘llanishi yangi kompozit kognitiv testi bo‘lib operatsiyadan avval test o‘tkazish ehtiyojini bartaraf etadi va bemorlarni safga qaytishini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shoshilinch operatsiyaga duchor bo‘lgan bemorlar uchun reabilitatsiya choralari qisqartirilganligi hisobiga o‘rtacha 304,5 ming so‘mgacha mablag‘ tejab qolishiga imkon yaratilgan. Xulosa: shoshilinch operatsiyalardan keyin xavf omillari bo‘lgan bemorlarda o‘z vaqtida olib borilgan davolash va reabilitatsion muolajalar bemorlarni hayot sifatini yaxshilash, kognitiv buzilishlarni kamaytirish, ularning erta faollashishi va tiklanishiga yordam bergan, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Umumiy anesteziya turlari va turli travmatik darajadagi operatsiyalarining kognitiv funksiyalar va miya morfologiyasiga ta’siri” mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2021 yil 25 aprel`dagi 01/11-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish