Axmedova Zuhraxon Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aplastik anemiya rivojlanishining klinik va immunogenetik aspektlari» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya va 14.00.20 – Tibbiy genetika. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2923.
Ilmiy rahbarlar: Matkarimova  Dilfuza Saburovna, tibbiyot fanlari doktori,  dotsent; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02. 
Rasmiy opponentlar: Isxaqov Eldor Djasurovich, tibbiyot fanlari doktori; Enikeeva Zulfiya Maxmudovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aplastik kamqonlikda klinik-laborator o‘zgarishlarni hamda genetik komponentning ahamiyatini baholash natijalarini asosida, gemopoez  depressiyasining rivojlanishini bashorat qilish va tashxislash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IL17A (G-197A), IL17F (His161Arg) va IL1β (T-31C) gen lokuslarining sinergizmida autoimmun holatlar va gemopoez depressiyasining nozologik sintropiyasi xususan aplastik anemiya shakllanishidagi o‘rni asoslangan;
yallig‘lanish mediatori sitokinlarning yuqori ekspressiyali genetik variantlari aplastik anemiyada suyak ko‘migi aplaziyasining rivojlanishi va kasallik og‘ir kechishining bashoratlovchi markyori ekanligi aniqlangan;
gemopoez depressiyasi rivojlanishida TNFα (G-308A) va IL23R (GA) genlarning noxush allel variantlarining resessiv ta’sirga ega ekanligi aniqlanib,  ularning patologik jarayonni rivojlanishida  mustaqil hissasi etarli darajada emasligi asoslangan;
 autoimmun jarayon va immun–yallig‘lanish reaksiyalari fonidagi aplastik anemiyaning rivojlanishida genetik komponentlarning turli kombinatsiyalarining additiv ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bemorlarda aplastik kamqonlik rivojlanishi va uning klinik kechishini bashoratlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: IL17A (G-197A), IL17F (His161Arg) va IL1β (T-31C) gen lokuslarining sinergizmida autoimmun holatlar va gemopoez depressiyasining nozologik sintropiyasi xususan aplastik anemiya shakllanishidagi o‘rni asoslangan. Surxandaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  30.10.2023y, №85-T-sonli buyrug‘i, Guliston tibbiyot klasteri  25.06.2023y, №112-sonli buyrug‘i bilan gematologiya bo‘limi amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulning joriy etilishi AA og‘ir kechishinierta bashorat qilish, asoratlarni oldini olish, nogironlikni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: AA hastaligi bo‘lgan bemorlarda IL17A (G-197A), IL17F (His161Arg) va IL1β (T-31C)polimorf genlarini o‘rganish kasallikni klinik kechishini erta bashorat qilish orqali davolanishni to‘g‘ri olib borishga davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish va shifoxonada bo‘lish vaqtini bir necha kunga kamaytirishgaimkon bergan. Xulosa: IL17A (G-197A), IL17F (His161Arg) va IL1β (T-31C) polimorf genlarini o‘rganish AA ning erta muddatlarda davolash va profilaktika choralarini rejalashtirish imkonini berdi. Ushbu bemorlarning farmakoterapiyasini nazorat qilish kasallikning og‘irlashishini oldini olish va yotoq kunlari sonini kamaytirish orqali bitta bemorga xisoblaganda byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanish mediatori sitokinlarning yuqori ekspressiyali genetik variantlari aplastik anemiyada suyak ko‘migi aplaziyasining rivojlanishi va kasallik og‘ir kechishining bashoratlovchi markyori ekanligi aniqlangan. Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya  bo‘limi amaliyotiga  joriy etilgan (30.10.2023y; №85-T) va Guliston tibbiyot klasteri gematologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (25.06.2023y; №112). Tadqiqotning asosiy natijalarini joriy qilinishi aplastik kamqonlikni erta tashxislash va rivojlanishini bashoratlash, kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir kechishi shakllanishini bashoratlash va shu bilan ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi molekulyar-genetik usulning yuqori diagnostik va prognostik samaradorligi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi molekulyar-biologik usulni joriy etish natijasida AA bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish kasallik rivojlanishining oldini olish hisobiga yiliga 43216240 so‘mni tashkil qiladi (yangi usulni qo‘llagan holda xarajatlar 146544000 so‘mni, yangi usulni qo‘llamagan holda esa 439632000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: AA rivojlanishi va klinik kechishini bashorat qilishning yangi molekulyar-biologik usulini qo‘llash natijasida kasallikning rivojlanishi va bemorlarning ahvoli og‘irlashuvining oldi olinadi, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 23% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: gemopoez depressiyasi rivojlanishida TNFα (G-308A) va IL23R (GA) genlarning noxush allel variantlarining resessiv ta’sirga ega ekanligi aniqlanib, ularning patologik jarayonni rivojlanishida mustaqil hissasi etarli darajada emasligi asoslangan. Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi gematologiya bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (30.10.2023y; №85-T) va Guliston tibbiyot klasteri gematologiya bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (25.06.2023y; №112). Tadqiqotning asosiy natijalarini joriy qilinishi aplastik kamqonlikni erta tashxislash va rivojlanishini bashoratlash, kasallikning og‘ir va o‘ta og‘ir kechishi shakllanishini bashoratlash va shu bilan ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi molekulyar-genetik usulning yuqori diagnostik va prognostik samaradorligi bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi molekulyar-biologik usulni joriy etish natijasida AA bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun sarflanadigan mablag‘larni iqtisod qilish kasallik rivojlanishining oldini olish hisobiga yiliga 43216240 so‘mni tashkil qiladi (yangi usulni qo‘llagan holda xarajatlar 146544000 so‘mni,  yangi usulni qo‘llamagan holda esa 439632000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: AA rivojlanishi va klinik kechishini bashorat qilishning yangi molekulyar-biologik usulini qo‘llash natijasida kasallikning rivojlanishi va bemorlarning ahvoli og‘irlashuvining oldi olinadi, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 23% ga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: autoimmun jarayon va immun – yallig‘lanish reaksiyalari fonidagi aplastik anemiyaning rivojlanishida genetik komponentlarning turli kombinatsiyalarining additiv ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik,  laborator va genetik  ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida aplastik anemiyarivojlanishi va klinik kechishining tashxisiy hamda prognostik mezonlarini ishlab chiqish natijasida bemorlarning shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishi, davolash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarni tashxislash uchun sarflanadigan xarajatlar kamayganligi sababli 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 23% ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: AA rivojlanishiga olib keluvchi genlarning noxush genotipik variantlarining kumulyativ xususiyati bilan birga ularning genlararo sintropik ta’sirini aniqlash kasallikni og‘ir kechishini oldini olishga, hayot sifatini yaxshilanishi va nogironlik ko‘rsatkichining kamayish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish