Turdieva Yulduz Zayniddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida badiiy uslub indidvidualligi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Fil2436
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
    Rasmiy opponentlar: Miliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi:
estetik tafakkur takomilida badiiy uslubning o‘rni masalasini Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romani misolida epik tasvir qonuniyatlari, qahramonlar portreti,  xarakteri va ruhiyati tasviridan kelib chiqib ilmiy asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
badiiy uslub va romaniy tafakkur mutanosibligi masalasi individual asar tili, qahramon ruhiyatidagi evrilish, epik ko‘lam va xarakter tasviri, kinoya va kulgu poetik unsurlari misolida ochiqlangan;
“Jaziramadagi odamlar” romani xususiyatlaridan kelib chiqib, ramziylik, madaniy rezonans, mahalliy va hududiy kolorit, ayollar portreti tasvirida intererdan foydalanish, dialektizmni qo‘llash, ekspozisiyaning badiiy ahamiyati masalalari  negizida epik tasvirda badiiy uslubning o‘rni aniqlangan;
epik asar badiiy uslubini belgilashda portret va tasviriy san’at sinkretizmi, xarakterlash va poetik ifoda uyg‘unligi, portret yaratishda muallifning tasvir obektiga munosabati nazariy-estetik asosda yoritilgan;   
badiiy xarakterga yondashuvning qadimgi davr adabiyotiga xos mezonlariga tayanilib, Luqmon Bo‘rixonning personajlar xarakterini yaratishdagi individual uslubi, umumlashtirib tasvirlash usulida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamlar” romanida badiiy uslub individualligi muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
epik asar badiiy uslubini belgilashda portret va tasviriy san’at sinkretizmi, xarakterlash va poetik ifoda uyg‘unligi, portret yaratishda muallifning tasvir obektiga munosabati bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 14-3197-son ma’lumotnomasi). Natijada qahramonlar portretini yaratishdagi yozuvchining o‘ziga xos uslubi, asar tilini individual qilishga xizmat qilgan shevaga xos so‘zlardan mahorat bilan foydalanishi, shuningdek, epik tasvirni yaratishda badiiy uslubning ahamiyatiga oid ilmiy xulosalar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan;
 badiiy xarakterga yondashuvning qadimgi davr adabiyotiga xos mezonlariga tayanilib, Luqmon Bo‘rixonning personajlar xarakterini yaratishdagi individual uslubi va umumlashtirib tasvirlash metodiga doir ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021 – 2023-yillarda bajarilgan “PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 14-3197-son ma’lumotnomasi). Natijada xarakter yaratishda an’anaviy qoliplardan tubdan farq qilgan mezonlar, xarakter tasvirida badiiy tasvir vositalarining o‘rni, shuningdek, portret tasviri va xarakter ifodasidagi uyg‘unlik ahamiyatiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
badiiy uslub va romaniy tafakkur mutanosibligi masalasi individual asar tili, qahramon ruhiyatidagi evrilish, epik ko‘lam va xarakter tasviri, kinoya va kulgu poetik unsurlari misolida ochiqlanganiga oid ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022 – 2023-yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi rnezonlari asosida)” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 14-3200-son ma’lumotnomasi). Natijada epik tasvirni yaratishda individual uslub ahamiyati, qahramonlar ruhiyati va peyjaz tasvir vositasining o‘zaro bog‘liqligi va undan mahorat bilan foydalanish, asar g‘oyasini ifodalashda kinoyaning o‘rniga doir materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
“Jaziramadagi odamlar” romani xususiyatlaridan kelib chiqib, ramziylik, madaniy rezonans, mahalliy va hududiy kolorit, ayollar portreti tasvirida intererdan foydalanish, dialektizmni qo‘llash, ekspozisiyaning badiiy ahamiyati masalalari  negizida epik tasvirda badiiy uslubning o‘rni aniqlangani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022 – 2023-yillarda bajarilgan “IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi rnezonlari asosida)” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 8-noyabrdagi 14-3200-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik tasvir yaratishda milliy koloritdan unumli foydalanish, zamon va makon mutanosibligini ta’minlash, ekspozisiyani o‘rinli qo‘llashga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish