Mardov Sanjar Xudoykulovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02– «Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari)».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Ped1006. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Artikova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirishning ratsional pedagogik shart-sharoitlari arxitektura kompozisiyalarini yaratishga tayyorlaydigan avtomatlashtirilgan-didaktik resurslarni konstruksiyalash, prognozlash va modellashtirish kabi bosqichlarda pedagogik dizaynning vizuallik tamoyiliga ustuvorlik berish orqali adaptivlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirishning funksional modeli muhandislik grafikasi turkum fanlarini o‘qitishda nisbiy o‘lchamlarni idrok etishga yo‘naltirilgan infografik dizaynni grafikli faoliyat bilan uyg‘unligini dinamik refleksiya jarayonida ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirish metodikasi talabalarning kreativ tafakkuri, fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan texnologik birliklarni refleksiv o‘qitish fazalarini bog‘laydigan akademik faoliyat mazmuniga modul ichidagi bog‘liq vizual simulyasiyalar ustuvorligida kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashning rivojlanganligini baholash mezonlari talabalarni vizual idrokka asoslangan mental modellashtirishga motivatsiyalovchi grafikli topshiriqlarni individual yo‘naltirilgan o‘quv muhitida differensial monitoring ustuvorligida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarni ma’lumotlarni grafikli transformatsiyalashga tayyorlaydigan axborotli kontentni qisqa intervalli refleksiv tahrir bloklarida qayta aloqali qaydlar orqali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Grafik dasturlar asosida muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishning innovasion usuli bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirishning rasional pedagogik shart-sharoitlari arxitektura kompozisiyalarini yaratishga tayyorlaydigan avtomatlashtirilgan-didaktik resurslarni konstruksiyalash, prognozlash va modellashtirish kabi bosqichlarda pedagogik dizaynning vizuallik tamoyiliga ustuvorlik berish orqali adaptivlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuterda loyihalash” darsligini yaratishda foydalanilgan (Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2024-yil 29-oktyabrdagi 04-02/3-486-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot texnologiyalari vositasida “Kompyuterda loyihalash” fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
    grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirishning funksional modeli muhandislik grafikasi turkum fanlarini o‘qitishda nisbiy o‘lchamlarni idrok etishga yo‘naltirilgan infografik dizaynni grafikli faoliyat bilan uyg‘unligini dinamik refleksiya jarayonida ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardan “Muhandislik kompyuter grafikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug‘i, 537451-raqamli guvohnoma). Natijada, “Muhandislik grafikasi” fanlarini o‘qitishda arxitektur kompozisiyalar va vizual kommunikatsiya vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirish metodikasi talabalarning kreativ tafakkuri, fazoviy tasavvurini rivojlantirishga qaratilgan texnologik birliklarni refleksiv o‘qitish fazalarini bog‘laydigan akademik faoliyat mazmuniga modul ichidagi bog‘liq vizual simulyasiyalar ustuvorligida kiritishga oid taklif va tavsiyalardan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bajarilgan AL – 5321091567 raqamli “O‘zbekiston tarixiy shaharlarining an’anaviy arxitektura va madaniyatini hamda tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan hududiy “dizayn-kod”larni ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 2024-yil 10-dekabrdagi 05/2725-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandis-quruvchilarning dizayn fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashning rivojlanganligini baholash mezonlari talabalarni vizual idrokka asoslangan mental modellashtirishga motivatsiyalovchi grafikli topshiriqlarni individual yo‘naltirilgan o‘quv muhitida differensial monitoring ustuvorligida qo‘llashga hamda grafik ta’lim jarayonida bo‘lajak muhandis-quruvchilarda dizayn fikrlashni rivojlantirishning didaktik ta’minoti talabalarni ma’lumotlarni grafikli transformatsiyalashga tayyorlaydigan axborotli kontentni qisqa intervalli refleksiv tahrir bloklarida qayta aloqali qaydlar orqali qo‘llash asosida takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalari O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Mahalla” telekanalida efirga  uzatilgan “Minbar” ko'rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Mahalla” teleradiokanali davlat muassasasi, 2024-yil 12-dekabrdagi 02-15-730 – son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kreativ fikrlash va innovatsion echimlar topish ko‘nikmalarini rivojlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish