Oripova Laylo Zafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo vohasi adabiy muhiti tarixi” (1991 – 2022 yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.3.PhD/Tar.1576 
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Mo‘minovich tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
    Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ergasheva Yulduz Alimovna; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axmatov Amonkeldi Xasanovich                         
Yetakchi tashkilot: Shahrizabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasi adabiy muhiti tarixini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo vohasida ijod qilgan shoir va yozuvchilar, ijodiy soha vakillari, ularning faoliyati va ijodi tahlil qilinib, A.Oripov, J.Jabborov, N.Narzullaev, G‘ulom Mirzo, Ikrom Otamurod, Salim Ashur, Sirojiddin Rauf, Nosir Muhammad, Amirqul Karim, Amir Xudoyberdi, G‘ayrat Majid, Hakim Sattoriy, Normurod Norqobilov, Zebo Mirzoevalar poytaxt Toshkent shahrida turib ijod etib, Qashqadaryo adabiy muhiti rivoji uchun xizmat qilib, “Mahorat” darslarini o‘tkazib voha yoshlari bilan doimiy ravisha ijodiy uchrashuvlar tashkil etib kelganligi dalillangan.
Oliy ta’lim massasalarida shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini chuqur o‘rganishni samarali tashkil etish, yoshlarni adabiyotga qiziqishni yanada oshirish, ularni kitob o‘qishga da’vat etish va shu asosda qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida viloyatda tashkil etilgan viloyat yozuvchilar uyushmasi qoshida “Yoshlik ilhomlari”, Qarshi DUda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Ijod gulshani”, Shahrisabz Davlat Pedagogika institudagi “Yuzma-yuz” ijodiy to‘garaklarning samarali faoliyat tufayli mustaqillik yillarida viloyat yosh ijodkorlaridan 4 nafar xotin-qizlar adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lganligi isbotlangan.
Umum ta’lim maktablarida ijodiy qobiliyatini nomoyon etgan o‘quvchilarning iqtidorini o‘rta aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Alisher Navoiy asarlari bilimdoni”, “Bobur ijodi bilimdonlari”, “G‘azalxon o‘quvchi”, “Eng kitobxon o‘quvchi” kabi tanlovlar faoliyati va viloyat yozuvchilar uyushmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Onajonim she'riyat”, “Umid”, “Dilko‘prik”, “Nigoh”, “Iste'dod chorlovi”, “Nihol” to‘garaklarida taniqli shoir va yozuvchilarning mahorat darslari o‘tkazilib, bu yosh ijodkorlarning mahorati olib charxlanib borishda, yoshlar qalbida adabiyotga mehrini yanada o‘stirib, kitobxonlikni targ‘ib etish borasida muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan 
Viloyatimizda yashab, faoliyat yuritgan ijodkorlarimiz Bahodir Avezov, Temirpo‘lat Tillaev, Nazira O‘roqova, Nafas Shodmonov, Nilufar Umarova, G‘ozi Rahmon, Dilrabo Boboqulova, Jabbor Xalil, Rustam Ochil, Amir Xudoyberdi, Boynazar Yo‘ldoshev, Muhammad Ochil, Xolmamat Hasan, Xosiyat Akramova, Sharofat Ashurova, Bo‘ritosh Nosirova singari ijodkorlarimizning she'riy va nasriy asarlarida Ona-Vatanga muhabbat, tarixni o‘rganishga e’tibor, kindik qoni tomgan yurtga mehr ulug‘langanligi dalillangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo vohasi adabiy muhiti tarixi (1991-2022) yillar mavzusiga oid ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar asosida: Mustaqillik yillarida Qashqadaryo adabiy muhiti, ijodkor yozuvchilar hayot yo‘li va viloyat adabiy muhitiga qo‘shgan hissasi, ijodkor yoshlar klubi faoliyatiga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi” ning yillik ma’naviy-ma’rifiy rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 18.01.2024 yildagi 01-03/83-son ma’lumotnomasi). Natijada ijodkorlarning viloyatdagi maktablar va mahallalarda xalqimizni, ayniqsa yoshlarimizni kitob mutoolasiga bo‘lgan muhabbatini oshirishga hizmat qilgan.
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati adabiy muhiti namondalari A.Oripov, B.Qosimov, Nazar Eshonqul, Turdi Haydar, shuningdek adabiyotshunoslar B.Yo‘ldoshev, N.Shodmonov, Sh.Ashurovalarning hayot yo‘li, viloyat adabiy muhitiga qo‘shgan hissasi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 27-oktyabrdagi 02-31-1612-son ma’lumotnomasi) Natijada teletomoshabinlar Qashqadaryo shoirlari, yozuvchilar va adabiyotshunos olimlarning hayot yo‘li haqida yaqindan xabador bo‘lishgan.
Qashqadaryo adabiy muhitida alohida o‘ringa ega bo‘lgan bolalar yozuvchilari, shoirlari faoliyati va viloyatdagi maktablardagi ijodiy kechalarning tashkil etilishi hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etilishi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-2024 yillardagi ma’naviy ma’rifiy rejalarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 23 yanvardagi 04-02/3-83 son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shoir va yozuvchilar ijodiga qiziqqan ijodkor yoshlar bilan turli xildagi kechalar tashkil etilishiga erishilgan.
Qashqadaryo viloyati yozuvchilar uyushmasi faoliyati, adabiy aloqalari, adabiy muhit vakillarining turli tillarda ijod qilishi xususiyati, respublika adiblarining tashriflari va ularning adabiy muhitga, yosh ijodkorlarning faoliyatiga ta’siri bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik rejalarini shakllantirishda foydalanilgan” (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024 yil 18 yanvardagi 01-03/83-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik yillari Qashqadaryo adabiy muhiti tarixi masalalarini atroflicha yoritishni targ‘ib etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish