Ravshanova Xanifa Akmaljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellekt dinamikasi», 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P939.
Ilmiy rahbar: Avlaev Orif Umirovich, psixologiya fanlar doktori(DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Begmatov Abduladjan Seradjidinovich falsafa fanlari doktori, professor; Samarova Soxista Rabidjanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zaif eshituvchi o‘spirinlar sotsial intellekti dinamikasini ilmiy asoslash orqali amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaif eshituvchi o‘spirinlar ijtimoiy reallikni individual konstruksiyalash va rekonstruksiyalash jarayoni noverbal xulq-atvorni hamda verbal ekspressiyani tushunish holatiga bog‘liq holda sotsial intellekt dinamik darajasi bilan shartlangan psixologik fenomen sifatida asoslangan.
o‘spirinlardagi sotsial intellekt sifatlarining shakllanish dinamikasi yigitlarda muloqotdagi fikrlarni tushunishni umumiy, analogiya, vizual intellektlar bilan to‘g‘ri proporsional, qizlarda esa umumiy va amaliy intellekt bilan teskari proporsional ta’sirga egaligi ekanligi tufayli jins tafovutlarga bog‘liq psixologik determinantlashganligi dalillangan.
zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellektini rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlarning namoyon bo‘lish darajasiga adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli “Zaif eshituvchi o‘spirinlar sotsial intellektini rivojlantirshning dinamik modeli”ni kiritish zarirurati asoslangan.
zaif eshituvchi o‘spirin sotsial intellektini rivojlantiruvchi mexanizmlar verbal va noverbal nutqda ifodalanuvchi identifikatsiya va empatiyaga bog‘liqligi sotsial bilim, sotsial idrok, ijtimoiy-kommunikativ tajriba, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tasdiqlash ta’sirida yuzaga keluvchi shaxslararo munosabatlar ekanligi kognitiv, emotsional, xulq-atvor, refleksiv mezonlarga muvofiq asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellekt dinamikasiga doir tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
zaif eshituvchi o‘spirinlar ijtimoiy reallikni individual konstruksiyalash va rekonstruksiyalash jarayoni noverbal xulq-atvorni hamda verbal ekspressiyani tushunish holatiga bog‘liq holda sotsial intellekt dinamik darajasi bilan shartlangan psixologik fenomen sifatida asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalarga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 07-dekabrdagi PM-292 sonli buyrugʻi bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-292a son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog talabalarda kognitiv, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘spirinlardagi sotsial intellekt sifatlarining shakllanish dinamikasi yigitlarda muloqotdagi fikrlarni tushunishni umumiy, analogiya, vizual intellektlar bilan to‘g‘ri proporsional, qizlarda esa umumiy va amaliy intellekt bilan teskari proporsional ta’sirga egaligi ekanligi tufayli jins tafovutlarga bog‘liq psixologik determinantlashganligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 07 - dekabrdagi PM-292 sonli buyrugʻi bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-292a son ma’lumotnomasi). Natijada, zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellekt bilan boshqa intellekt turlari o‘rtasida korrelyasiyasining tahlil qilish imkoni yaratilgan;
zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellektini rivojlantirish uchun ta’lim jarayonida kognitiv, emotsional, xulq-atvor komponentlarning namoyon bo‘lish darajasiga adaptiv ta’sir etish muhimligi tufayli “Zaif eshituvchi o‘spirinlar sotsial intellektini rivojlantirshning dinamik modeli”ni kiritish zarirurati asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 07-dekabrdagi PM-292 sonli buyrugʻi bilan «Rivojlanish psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-292a son ma’lumotnomasi). Natijada zaif eshituvchi o‘spirinlarning sotsial intellekt jabhalari haqida xabardorligini oshirdi, ularning ta’lim faoliyatlarida integratsiya (eshitish tizimi va sotsial intellekt komponentlarining kompleks mobilizatsiya)si tufayli muloqot samaradorligini ta’minlangan;
zaif eshituvchi o‘spirin sotsial intellektini rivojlantiruvchi mexanizmlar verbal va noverbal nutqda ifodalanuvchi identifikatsiya va empatiyaga bog‘liqligi sotsial bilim, sotsial idrok, ijtimoiy-kommunikativ tajriba, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tasdiqlash ta’sirida yuzaga keluvchi shaxslararo munosabatlar ekanligi kognitiv, emotsional, xulq-atvor, refleksiv mezonlarga muvofiq asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 07-dekabrdagi PM-292 sonli buyrugʻi bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-292a son ma’lumotnomasi). Natijada, inklyuziv ta’lim asosida tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim jarayonida zaif eshituvchi o‘spirin hissiy-ijtimoiy holatlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va pedagogik-psixologik tavsiyalar ishlab chiqish imkoni yaratilgan.