Egamov Xasan Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda teri leyshmaniozining ijtimoiy gigienik jihatlari” 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2168.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimjanovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizov Baxodir Sadiqovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkunovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikov Abdushukur Abdujamilovich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri leyshmaniozni tarqalish jixatlarini, ijtimoiy-gigienik, klinik-immunologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda profilaktika dasturini va optimallashtirilgan davo usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teri leyshmaniozi tarqalishining yangi, faol o‘choqlarini paydo bo‘lish havfini baholashda kasallik tashuvchisi bo‘lgan iskaptoparlar fenologiyasini, turi, zichligini aniqlash, endemik o‘choqlarda parazitolog, entomolog hamda dezinfektorlardan iborat guruh tomonidan kasallik tarqalishini tadbiq etilgan stratifikatsiya usulida nazoratga olish teri leyshmaniozini erta asoratlanmagan bosqichda tashxislashni 1,5 barobarga oshirishi bilan isbotlangan;
teri leyshmaniozining qishloq turida bemorlarda immun javob susayishi sababli yallig‘lanish sitokinining (IL-10, 3,2±0,5 pg/ml ga) 2 barobarga pasayishi va kasallikning asoratli xamda residivlanuvchi shakllarda kechishida asosiy immunopatogenetik mexanizm bo‘lib xizmat qilishi isbotlangan;
aholi orasida teri leyshmaniozi bilan zararlanish darajasiga muvofiq ravishda leyshmanioz kasalliklar bo‘yicha giperendemik xududlarda ommaviy repellent moddalar ishlatish xamda laboratoriya tekshiruvlarini ikki (dermatoskopik va yara soxasidan biomaterial olish) usulda amalga oshirilgandan keyingina, ularga qarshi dori vositalarni berishning samaradorligi isbotlangan;
teri leyshmaniozining qishloq turi bilan kasallangan bemorlarda maxalliy antibakterial (mupiratsin) malhami va SO2 lazerni kombinirlangan xolda qo‘llash orqali a’nanaviy davo usullari takomillashtirilgan va uning samaradorligi (86,6%ga) oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda teri leyshmaniozining ijtimoiy gigienik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozi tarqalishining yangi, faol o‘choqlarini paydo bo‘lish havfini baholashda kasallik tashuvchisi bo‘lgan iskaptoparlar fenologiyasini, turi, zichligini aniqlash, endemik o‘choqlarda parazitolog, entomolog hamda dezinfektorlardan iborat guruh tomonidan kasallik tarqalishini tadbiq etilgan stratifikatsiya usulida nazoratga olish teri leyshmaniozini erta asoratlanmagan bosqichda tashxislashni 1,5 barobarga oshirishi bilan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat hududiy filialida 14 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat hududiy filialida 16 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: leyshmaniozga qarshi kurash choralarining monitoring faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shunga ko‘ra shifoxona va ambulatoriya muassasalari o‘rtasida uzviylik tamoyili negizida ish faoliyatini tashkil etishi asoslangan, teri leyshmaniozini davolashda tizimli yondashuv algoritmi tadbiq etish natijasida kasallikning erta diagnostikasi va profilaktik omillarning ijtimoiy axamiyatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: leyshmaniozga qarshi kurash choralari monitoring faoliyatining amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida teri leyshmaniozining erta tashxisoti va profilaktikasi 68 nafar bemorga kasallikni erta tashxisoti, oldini olinishi va tarkalish chastotasini kamayishi hisobiga 23664000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun teri leyshmaniozining qishloq turini zamonaviy, maqsadli monitoring faoliyatining amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida teri leyshmaniozining erta tashxisoti va profilaktikasi orqali byudjetdan tashqari mablag‘dan 348000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan; ikkinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozining qishloq turida bemorlarda immun javob susayishi sababli yallig‘lanish sitokinining (IL-10, 3,2±0,5 pg/ml ga) 2 barobarga pasayishi va kasallikning asoratli xamda residivlanuvchi shakllarda kechishida asosiy immunopatogenetik mexanizm bo‘lib xizmat qilishining isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat hududiy filialida 14 noyabr 2022 yildagi buyrug‘i bilan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat hududiy filialida 16 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunologik tekshiruvlar (interleykin 8 va interleykin 10) ko‘lamini hisobga olgan holda bemorlarga tashxis qo‘yish va davolash yo‘li bilan qishloq turidagi teri leyshmaniozini asoratlanadigan turlarini rivojlanish ehtimolini kamaytirishda hamda bemorlarni tavsiya etilgan personal usulda davolash samaradorligini oshirishni imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash kasallikning kompleks asoratli turlari rivojlanishining oldini olish, davolashning yuqori samaradorligiga erishish uchun, maqsadli tahlillar o‘tkazilganda 134 nafar bemordan tavsiya etilgan usul orkali davolangan 64 nafar bemordan byudjetdan tashqari davolanayotgan bemorlar uchun 9740800 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun teri leyshmaniozining qishloq turini kompleks asoratlangan leyshmaniomalar rivojlangan zamonaviy, maqsadli va tejamkor diagnostika usuli orqali byudjetdan tashqari mablag‘dan 152200 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: aholi orasida teri leyshmaniozi bilan zararlanish darajasiga muvofiq ravishda leyshmanioz kasalliklar bo‘yicha giperendemik xududlarda ommaviy repellent moddalar ishlatish xamda laboratoriya tekshiruvlarini ikki (dermatoskopik va yara soxasidan biomaterial olish) usulda amalga oshirilgandan keyingina, ularga qarshi dori vositalarni berishning samaradorligining isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat hududiy filialida 14 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat hududiy filialida 16 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan, (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda teri (zoonoz,antroponoz) leyshmanioziga qarshi kurash va oldini olish tadbirlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tegishli ko‘rsatkichlar asosida klinik ishlarni boshqarish va bemorlarni kuzatishni takomillashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: teri leyshmaniozining profilaktika dasturlarini samaradorligini baholashda yagona monitoring dasturi doirasidagi tadbirlar utkazilganda 1 yilda 24 tadbir uchun 5922936 sum sarflandi, bu esa 1 yilda kasallikni uchrash chastotasini kamayishi xisobiga byudjetdan tashqari mablag‘dan 15785000 so‘m mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Teri leyshmaniozining yagona monitoring dasturi doirasidagi tadbirlar xisobiga 1 nafar bemor uchun 246640 sum mablag‘ iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: teri leyshmaniozining qishloq turi bilan kasallangan bemorlarda maxalliy antibakterial (mupiratsin) malhami va SO2 lazerni kombinirlangan xolda qo‘llash orqali a’nanaviy davo usullari takomillashtirilgan va uning samaradorligi (86,6%ga) oshganligi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat hududiy filialida 14 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat hududiy filialida 16 noyabr` 2022 yildagi buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan,(Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlar uchun mupiratsin malhami va apparatli SO2 lazer davolash usullarini qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat. Iqtisodiy samaradorligi: maqsadsiz dori darmonlar va davo usullarini qo‘llanilishini 83,4% ga kamaytirish, resedivlarni 78,6 %ga kamaytirish tufayli bemor 1 kurs davo muolajasida davolash samarasini qayd etishi natijasida 134 nafar bemordan statsionar sharoitda kurs (10 kunlik) davo tavsiya etilgan usul orqali davolangan 64 nafar bemordan, byudjetdan tashqari 109856000 so‘m moddiy xarajatlarini kamaytirishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan davolash usulini qo‘llash natijasida teri leyshmaniozining qishloq turini davolashda 1 nafar bemorga kasallikni davolashda davolash vaqtini tejash (14) kunga, residivlar sonining kamayishi hisobiga 1716500 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.