Babaeva Maqsuda Muidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni olib borishni takomillashtirish”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tib1058.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019. Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Barno Farhadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iziston tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: o‘tkir koronar sindromli bemorlarda markaziy va yurak ichi gemodinamikasi, yurak ritmi variabelligi, kechki qorinchalar potensiallari, xavfli qorincha aritmiyalarining bashoratchilarini baholash, hamda differensial yondashuvni ishlab chiqib davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda yurak ritmi variabelligi, qorinchalar kechki potensiallari, QT dispersiya va yurak ritmi turbulentligi hayotga xavf tug‘diruvchi omillar sifatida sezuvchanligi isbotlangan;
ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromli bemorlarning katta bazasida xavfli qorinchalar aritmiyalarining rivojlanishidagi muxim bashoratchilarining o‘ziga xosligi isbotlangan;
o‘tkir koronar sindromli bemorlarda yurakning aritmik faolligi baholangan, shu bilan birgalikda chap qorincha disfunksiyasi, hamda toj tomirlar shikastlanish holati isbotlangan;
ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromda shifoxona va shifoxonagacha trombolitik terapiyaning xavfli yurak ritmi buzilishlari, kasallik asoratlanishi, markaziy va yurak ichi gemodinamikasi holatini baholash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni olib borishni takomillashtirish» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda yurak ritmi variabelligi, qorinchalar kechki potensiallari, QT dispersiya va yurak ritmi turbulentligi hayotga xavf tug‘diruvchi omillar sifatida sezuvchanligi isbotlangan va erta tashxisotini amalga oshirish, hamda erta profilaktika algoritmini yaratish imkonini bergan. Ijtimoiy samaradorligi: Olingan ma’lumotlar erta tashxis qo‘yish va xastalanishning natijasini prognozlashni yaxshilashga imkon beradi, bu kardiolog mutaxassisiga yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarda davolanishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr bildirishga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va shu bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Tibbiy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganish va tahlil qilishning takomillashtirilgan usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar yosh bemorlarda o‘tkir koronar sindrom kechishini, kasallik holatini baholashni va ushbu toifadagi bemorlarga to‘g‘ri davolanishni buyurishda 200.000 (ikki yuz ming) so‘mni tejash hisobida ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: Tekshiruv olib borilgan vaqt davomida (2018-2021) erta dogospital miokard revaskulirizatsiyasini STeO‘KS bemorlarda qo‘llash bu markaziy gemodinamikaga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va O‘KSda qorinchalar fibrillyasiyasining uchrash chastotasini 7,2% dan 2,4% gacha kamaytirdi, shu bilan birga tekshiruv olib borilgan vaqt davomida qorinchalar taxikardiyasi chastotasi deyarli o‘zgarmadi va 1,6% ni tashkil etdi ( 2,0%.). Umuman olganda, tekshiruv olib borilgan vaqt davomida O‘KS da qorinchalar aritmiyasining uchrash chastotasi 9,2% dan 4,4% gacha kamaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromli bemorlarning katta bazasida xavfli qorinchalar aritmiyalarining rivojlanishidagi muxim bashoratchilarining o‘ziga xosligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromi klinik kechishi va uning asoratlanishining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi uchun klinik amaliyotga keng joriy etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: fatal aritmiyalar bilan bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromida trombolitik terapiyasi usulining mukammallashtirilishi va terapevtik amaliyotga kiritilishi hisobiga har bir bemorni statsionar davolash bo‘yicha 147000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: Ikkilamchi qorinchalar fibrillyasiyasi kuzatilgan bemorlarda kasallikning kechishi asoratlari birinchi guruhdagi bemorlarga nisbatan sezilarli darajada yomonroq. Erta dogospital miokard revaskulirizatsiyasi (TLT) o‘tkazilgan bemorlarda kardiogen shok, o‘pka shishi, miokard infarktining qaytalanishi, yurak ritmi va yurak o‘tkazuvchanligining buzilishi, o‘lim holatlari tekshiruv vaqtida sezilarli kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindromli bemorlarda yurakning aritmik asoratlari bilan birgalikda chap qorincha disfunksiyasi hamda toj tomirlar shikastlanish ahamiyati asoslangan; Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari aritmik asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi, hamda o‘tkir koronar sindromida o‘zining dignostik algoritmini shakllantirish, kasallikni aniqlashtirish davrini qisqartirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tibbiy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganish va tahlil qilishning takomillashtirilgan usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar bemorlarda faqat aritmiyalar bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromida trombolitik terapiya, kasallik holatini baholashni va ushbu toifadagi bemorlarga to‘g‘ri davolanishni buyurishda bir yuz qirq etti ming so‘mni tejash hisobida ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Xulosa:Reperfuzion qorinchalar fibrillyasiyasiga chalingan bemorlarda kasalxonada o‘lim holatining kuzatilishi Erta dogospital miokard revaskulirizatsiyasi (TLT) o‘tkazilgan bemorlarga nisbatan shifoxonada o‘tkazilgan miokard revaskulyarizatsiyasi (TLT) olgan bemorlarda o‘lim holati sezilarli darajada kam kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ST elevatsiyali o‘tkir koronar sindromida shifoxonada va shifoxonagacha bo‘lgan trombolitik terapiyaning yurak ritmi buzilishlari, markaziy va yurak ichi gemodinamikasi o‘zgarishi kabi asoratlarini oldini oluvchi taklif etilgan algoritm samaradorligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: Reperfuzion qorinchalar fibrillyatsiyasiga chalingan bemorlarda kasalxonada o‘lim holatining kuzatilishi erta dogospital miokard revaskulirizatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarga nisbatan shifoxonada o‘tkazilgan miokard revaskulyarizatsiyasi olgan bemorlarda o‘lim holati ishonarli darajada kam kuzatilgan. Olingan tadqiqot natijalari kardiologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiy yordam sohalarida qo‘llanilishi tavsiya etilgan, hamda ST segment ko‘tarilgan o‘tkir koronar sindromda shifoxonagacha TLT amaliyotini qo‘llash orqali turli xil aritmik asoratlarning kam uchrashi, reperfuziya jarayonining samaradorligining oshishiga imkon berishi asoslangan shu sababli yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni olib borishda trombolitik terapiya o‘tkazish kasalliklarni asoratlarini oldini olishi qiymatini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: tekshiruvdan foydalanib tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan trombolitik terapiya qiyosiy samaradorligini o‘rganish va baholash natijasida tez tibbiy mashinasida qo‘llaganda bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichini kamayganligi, xayot uchun xavfli aritmiyalarning kamroq uchrashib mexnat qobilyatining tezroq tiklanishi davlat byudjetiga tejash imkonini bergan. Xulosa: Qorinchalar taxikardiyasi kuzatilgan bemorlarda kasallikning kechishi qorinchalar taxikardiyasi kuzatilmagan bemorlarga nisbatan sezilarli darajada yomon kechdi. Qorinchalar taxikardiyasi, o‘pka shishi, miokard infarktining qaytalanishi, yurak ritmi va o‘tkazuvchanligining buzilishi, o‘lim holatlari kasalxonada davolanish jarayonida tez-tez uchrashi isbotlandi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yurak ritmi buzilishlari bilan asoratlangan o‘tkir koronar sindromli bemorlarni olib borishni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2025 yil 13-yanvardagi 01/5-sonli xati yuborilgan.