Ikramova Muhtaram Botirjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maqsud Shayxzoda dramalarining lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4773
Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Xojialiev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” va “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramalarining lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dramatik asarlar, xususan, tragediyalarning o‘ziga xos janr tabiati bilan bog‘liq lisoniy xususiyatlari va lingvopoetik tadqiq usullari aniqlangan;
Maqsud Shayxzodaning til birliklarining takroriga asoslangan alliteratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans kabi  tasviriy vositalardan foydalanish borasidagi shayxona mahorati va bunday vositalarning lingvopoetik jihatlari ochib berilgan;
adibning tarixiy voqelikni yoritish borasidagi dramaturglik mahorati “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyalarida faol qo‘llangan o‘xshatish, metafora, epitet, antiteza, ironiya, sarkazim kabi tasviriy vositalarning lingvopoetik tahlili yoritilgan;
dramaturgning ritorik so‘roq, ritorik xitob, murojaat birliklari kabi sintaktik vositalarning uslubiy, badiiy imkoniyatlaridan foydalanishdagi induvidual mahorati va bunday vositalarning semantik-funksional vazifasi hamda lingvopoetik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maqsud Shayxzoda dramalarining lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:  
dramatik asarlarda tarixiy va milliy koloritni  ifodalovchi til birliklarining lingvopoetik  tahliliga oid ma’lumotlardan; dramalar tilida lisoniy birliklarning tanlanishi va qo‘llanishi hamda derivatsion  okkazionalizmlarning yasalish modeli, morfologik tarkibi va qo‘llanish xususiyatlariga oid materiallardan; ritorik so‘roq, ritorik xitob, murojaat shakli, inversiya, ellipsis, parallelizm kabi sintaktik vositalarning semantik-funksional vazifasiga oid tahlil va xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi innovatsion grant loyihasida o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori ma’lumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 23-noyabrdagi 04/1-3351 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, morfologik analizator ma’lumotlar bazasi til birliklarining morfologik, semantik-funksional xususiyatlariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga erishilgan;
Maqsud Shayxzodaning dramatik asarlaridagi til birliklarining takroriga asoslangan alliteratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans kabi tasviriy vositalardan foydalanish borasidagi shayxona mahorati va bunday vositalarning lingvopoetik jihatlariga doir talqinlardan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024-yil 11-maydagi 39-01-539-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metod va metodologiyasi muayyan yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyalarida tarixiy voqelikni yoritish borasidagi dramaturglik mahorati, takrorga asoslangan alliteratsiya, anafora, epifora, rifma (qofiya), assonans hamda o‘xshatish, metafora, epitet, antiteza, ironiya, sarkazm kabi tasviriy vositalardan foydalanish borasidagi shayxona uslubiga doir ilmiy qarashlari va xulosalardan 2023-2024-yillarda “O‘zbekiston” Milliy teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda va mazmunini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 14-noyabrdagi 26-36-922-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning o‘zbek dramaturgiyasi, Maqsud Shayxzodaning betakror dramaturglik mahorati, o‘ziga xos shayxona uslubi, “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Ulug‘bek” tragediyalari haqidagi tasavvur va bilimlari boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish