Xaqnazarova Sayyora Abduraxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i) “Abdulla Sher lirikasida poetika masalalari (an’ana, novatorlik va adabiy ta’sir)”, 10.00.02 - o‘zbek adabiyoti ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2886
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusubjonovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ilyos Abduqayumovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shahlo Hojieva Hazratovna filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Sher lirikasida an’ana turlari va novatorlikning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish hamda shoir ijodiga bo‘lgan adabiy ta’sir masalalarini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Sherning jahon adabiy va badiiy tamadduni namunalaridan oziq olgan holdagi o‘zbek adabiyotidagi ma’naviy-ma’rifiy qiyofasi, qat’iy pozisiyasi, tafakkur tarzi, dunyoqarashi, adabiy-estetik qarashlari, ijtimoiy-adabiy muhitda tutgan o‘rni aniqlangan;
shoir yaratgan turli janrdagi badiiy asarlarining ilmiy-badiiy tahlili orqali uning poetik mahorati, o‘ziga xos uslubi, she’rlaridagi falsafiy mushohadalari, olam va odam, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning badiiyat tili orqali ifodasi, xalq tarixining turli davrlaridagi evrilishlar talqini tarixiy-madaniy jihatdan ochib berilgan;
Abdulla Sher mahoratili tarjimonligi shoir tomonidan Haynrih Hayne she’rlarining o‘zbekcha tarjimasidagi o‘zbek tilining badiiy ifoda va ko‘chimlarga boy ekanligini ko‘rsatib bera olganligi, tarjima jarayonining shoir ijodiga keng qamrovli ta’sir qilganligi, lirik tarjimalaridagi insoniy tyug‘ularning ifodalanishi shoirning o‘zigagina xos individual badiiyatga ega ekanligi dalillangan;
shoirning badiiyat olami va ijodiy mahsullaridagi she’riy san’atlar hamda badiiy vositalarning o‘rinli qo‘llanishi, ularning betakror va badiiy puxta-pishiqligi mohirlik, zakiylik bilan so‘z tanlashi ijodkorning individual uslubga xos ekanligi, lirik obraz yaratishdagi badiiy kuchining tarixiy-ijtimoiy, milliy-madaniy va adabiy-badiiy omillari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi. Abdulla Sher lirikasida poetika masalalarini (an’ana, novatorlik, adabiy ta’sir) o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Abdulla Sherning yaratgan turli janrdagi badiiy asarlarining ilmiy-badiiy tahlili orqali uning poetik mahorati, o‘ziga xos uslubi, she’rlaridagi falsafiy mushohadalari, olam va odam, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning badiiyat tili orqali ifodasi, xalq tarixining turli davrlaridagi evrilishlar talqini tarixiy-madaniy jihatdan ochib berilgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2022-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474. “bolalar adabiyoti. uz multimediali elektron platform va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovation loyihani bajarishda foydalanildi. (Ma’lumotnoma № 04/1-4189 2024- yil,18-dekabr). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy konsepsiyasi yangi fikr-mulohazalar bilan boyishiga erishilgan;
Abdulla Sher mahoratili tarjimonligi shoir tomonidan Haynrih Hayne she’rlarining o‘zbekcha tarjimasidagi o‘zbek tilining badiiy ifoda va ko‘chimlarga boy ekanligini ko‘rsatib bera olganligi, tarjima jarayonining shoir ijodiga keng qamrovli ta’sir qilganligi, lirik tarjimalaridagi insoniy tyug‘ularning ifodalanishi shoirning o‘zigagina xos individual badiiyatga ega ekanligi dalillangan o‘rinlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi She’riyat va Badiiy tarjima kengashlari hisobot yig‘ilishlarida,“Onajonim she’riyat” to‘garagi va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida o‘tgan ijodiy kechalar, “Mahorat darslari”da foydalanilgan.(O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining 2023-yil 5-iyuldagi № 01-03/ 834-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi “Badiiy tarjima” kengashi va yosh ijodkorlar seminarlarining ilmiy, nazariy va amaliy jihatlari yanada boyigan;
shoirning badiiyat olami va ijodiy mahsullaridagi she’riy san’atlar hamda badiiy vositalarning o‘rinli qo‘llanishi, ularning betakror va badiiy puxta-pishiqligi mohirlik, zakiylir bilan so‘z tanlashi ijodkorning individual uslubga xos ekanligi, lirik obraz yaratishdagi badiiy kuchining tarixiy-ijtimoiy, milliy-madaniy va adabiy-badiiy omillari isbotlangan ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” 2023-yil aprel oyidagi “Adabiy jarayon”, “Bedorlik”, 2024 yil mart va avgust oylaridagi “Umr daftari” dasturlarini samarali amalga oshirishda, ularning ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 04–36–944-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jihatdan mukammallashgan.