Tursunmuratov Obid Xamzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vermikulit asosida olingan ionitning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K420.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, professor; Turobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vermikulit qatlamlarini polietilenpoliamin va formaldegid ishtirokida choklash orqali ionit olish, ularning fizik-kimyoviy xossalari va sorbsion qobilyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qorao‘zak vermikulitiga polietilenpoliamin orqali aminoguruhlarni formaldegid ishtirokida choklash natijasi olingan anionitning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganilib, tarkibida ham anorganik ham organik matrisalar tutgan uch o‘lchamli vermikulit-polietilenpoliamin va formaldegid asosida olingan yangi anionit (VMT-PFA) olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
olingan yangi kompozitning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish orqali sirt yuzasi, g‘ovaklik darajasi, sorbsion xususiyati yuqori ekanligini aniqlangan, shuningdek, termik va kimyoviy barqarorligi jihatidan sanoatda miqyosida amaliyotda qo‘llanilayotgan anionitlarga nisbatan yuqori ekanligi isbotlangan;
yangi VMT-PFA anionitga eritmalardan Cu(II), Co(II), Ni(II), Cr(VI) va Mn(VII) ionlari yutilishining kinetik va termodinamik parametrlari matematik-statistik tahlil natijasida, jarayonning kimyoviy sorbsiya qonuniyatlari asosida borganligi aniqlangan;
olingan yangi anionitning sanoat korxona oqava suvlari tarkibidan Cu (II) ionlarini tozalash uchun takroriy sorbsiya va desorbsiya jarayonlarida, uning sorbsion xossalari 12 %ga kamaygan, bu esa ushbu anionitni sanoat chiqindi oqava suvlarini tozalashda ko‘p marotaba takroriy qo‘llash mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo Qorao‘zak vermikulit qatlamlarini polietilenpoliamin va formaldegid ishtirokida choklash orqali sintez qilingan ionitlarining fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan VMT-PFA anionit “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ chiqindi suvlari tarkibidagi Cu(II) metall ionlariga nisbatan selektivligi bo‘yicha sorbent sifatida amaliyotga joriy etilgan (“Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJning 2024 yil 19 dekabrdagi 03/03-351-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, VMT-PFA anioniti “Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ chiqindi suvlar tarkibidagi Cu(II) ionlarini 1,26 % gacha kamaytirish imkonini bergan;
Qorao‘zak vermikulit asosida olingan anionit IL-4821091630 raqamli “Kremniy va mezagenik templatlarning alternativ manbalari asosida tartiblangan mezag‘ovakli materiallar sintezi va fizik-kimyoviy xususiyatlari” amaliy loyihada sorbent sifatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 31 maydagi 4/1255-1182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, VMT-PFA anionit yordamida oqova suvni tarkibidagi Cu2+, Ni2+ va Cr2O72- ionlarini suvli eritmalardagi konsentratsiyasini kamaytirish imkonini bergan.