Galimova Farida Salavatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yuqori sig‘imli yo‘lovchi vagoni konstruksiyasining texnik echimlarini ilmiy asoslash”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4742
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Boronenko Yuriy Pavlovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07. Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xamidov Otabek Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor; Fedorova Veronika Igorevna – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yo‘lovchi sig‘imini oshirish uchun yo‘lovchi vagoni konstruksiyasining texnik echimlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yo‘lovchi sig‘imini oshirishni hisobga olgan holda yo‘lovchi vagoni kuzovining unga taʼsir etuvchi statik va dinamik kuchlardan konstruksiya elementlarining yuklanganligini aniqlash imkonini beruvchi chekli-elementli modeli ishlab chiqilgan;
ta’sir etuvchi kuchlarni hisobga olgan holda uzaytirilgan vagonning optimal o‘lchamlarini asosli tanlash imkonini beruvchi yo‘lovchi vagon kuzovi yuklanganligini uning elementlari geometrik o‘lchamlariga bog‘liqliklari aniqlangan;
uzunligini oshirish va ichki maydonini qayta tarkiblash orqali yo‘lovchi sig‘imini oshirish imkonini beruvchi yo‘lovchi vagoni kuzovining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tenzometrik o‘lchash usulidan foydalangan holda uzaytirilgan yo‘lovchi vagon kuzovi konstruksiyasining mustahkamligini baholash uchun statik va dinamik sinovlarini o‘tkazishning takomillashtirilgan dasturi va uslubiyoti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Yuqori sig‘imli yo‘lovchi vagoni konstruksiyasining texnik echimlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
61-907 rusumli yo‘lovchi vagoni kuzovi asosida ishlab chiqilgan uzaytirilgan vagon kuzovining takomillashtirilgan konstruksiyasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJda uzun bazali yo‘lovchi vagonini qurishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 13 maydagi 4/3894-son ma’lumotnomasi). Natijada uzaytirilgan vagonning asosli tanlangan optimal o‘lchamlari hisobiga mahalliy vagonlarning yo‘lovchi sig‘imini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan uzaytirilgan yo‘lovchi vagoni kuzovining statik va dinamik sinovlarini o‘tkazish dasturi va uslubiyoti “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJda ishlab chiqarish va dala sharoitlarida uzun bazali vagonning tajriba nusxasi kuzovining yuklanganligini eksperimental tadqiq qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2024 yil 13 maydagi 4/3894-son ma’lumotnomasi). Natijada, poezdlarni tortish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini kamaytirish hisobiga kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 528 mln so‘mni tashkil etib, natijada bir nafar yo‘lovchiga to‘g‘ri keladigan tashish xarajatlarini qisqarishiga erishilgan.