To‘raev Sardor Abdixakim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etiladigan ayrim turdagi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari”, 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi va 12.00.15 – Kriminologiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1481.
Ilmiy rahbar: Ochilov Hasan Rashidovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Rustam Kabulov, yuridik fanlar doktori, professor; Farxod Toxirov, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi, ahamiyati, kriminologik tavsifini ochib berish va internet tarmog‘idan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish bilan bog‘liq muammolarni tahlil etish, o‘rganilgan manba va tadqiqot materiallari asosida ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi asoslangan;
shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, bunday axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik yoki tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi isbotlangan;
shaxsning xohishiga zid ravishda Internet tarmog‘i orqali unga nisbatan shahvoniy tusdagi elektron xat-xabarlar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda shahvoniy tusdagi xabarlar yuborish shahvoniy shilqimlik tarkibini tashkil etishi lozimligi asoslangan;
tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Internet tarmog‘idan foydalanib sodir etiladigan ayrim turdagi jinoyatlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik differensiatsiya qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining JK 168-moddasini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 23-maydagi 9/08-86-sonli dalolatnomasi). Natijada taklifning qabul qilinishi axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan firibgarlik differensiatsiya qilinishiga, bu turdagi qilmishlar uchun javobgarlik muqarrarligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, bunday axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik yoki tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining JKni 1413-modda bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 23-maydagi 9/08-86-sonli dalolatnomasi). Natijada taklifning qabul qilinishi shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, bunday axborotni uning roziligisiz Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatganlik yoki tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun jinoiy javobgarlik muqarrarligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
shaxsning xohishiga zid ravishda Internet tarmog‘i orqali unga nisbatan shahvoniy tusdagi elektron xat-xabarlar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda shahvoniy tusdagi xabarlar yuborish shahvoniy shilqimlik tarkibini tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ma’muriy huquqbuzarlik hamda jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorining o‘n uchinchi xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2024-yil 28-maydagi 08/461-24-sonli dalolatnomasi). Natijada, shaxsning xohishiga zid ravishda Internet tarmog‘i orqali unga nisbatan shahvoniy tusdagi elektron xat-xabarlar, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda shahvoniy tusdagi xabarlar yuborish shahvoniy shilqimlik uchun javobgarlikka tortilishiga oid tushuntirish berilishiga xizmat qilgan;
tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish uchun jinoiy javobgarlik belgilash lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining JKni 1301-modda bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazining 2024-yil 25-iyundagi 16/K1-7743-sonli dalolatnomasi). Natijada, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, balki tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatganlik uchun ham javobgarlik muqarrarligi ta’minlanishiga xizmat qilgan.