Xajibaev Do‘smuxammad G‘anievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kupratlarning parda va hajmiy namunalari o‘tao‘tkazuvchanlik xossalarida polaron samarasi”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/FM924.
Ilmiy rahbar: Yavidov Bahram Yangibaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Mustaqim Rofievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Sobirov Maxmud Mamarasulovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mis-kislorod tekisligi va apical kislorod joylashuvi strukturaviy o‘zgarishlari bilan bog‘liq (bi)polaron samarasining  kupratlar parda va hajmiy namunalari o‘tao‘tkazuvchan xossalarida nomayon bo‘lishini nazariy tadqiq qilishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan YBa_2 Cu_4 O_8 kupratida zaryad tashuvchi massasini, apikal kisloroqning kristal panjarada mis-kislorod tekisligiga nisbatan joylashuvini inobatga olgan holda, o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaron yondashuvi negizida hisoblash imkonini beruvchi nazariy model ishlab chiqilgan; 
birinchi marta o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaron modeli negizida yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan kuprat pardalari o‘tao‘tkazuvchlik kritik harorati (Tc) ning parda qalinligi hamda parda va taglik panjara doimiylarining o‘zaro farqiga bog‘liqligini tavsiflovchi nazariy model ishlab chiqilgan;
LSAO (STO) taglikda o‘stirilgan yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan LSCO kuprati pardasining o‘tao‘tkazuvchanlik kritik harorati (Tc) qiymati parda qalinligi kamayishi bilan ortishi (kamayishi) o‘tao‘tkazuvchanlikning bipolaron modeli negizida birinchi marta asoslangan; 
birinchi marta bir mis kislorod tekisligiga ega yuqori haroratli o‘tao‘tkazuvchan 〖La〗_(2-x) 〖Sr〗_x CuO_4, Hg〖Ba〗_2 CuO_4, 〖Tl〗_2 〖Ba〗_2 CuO_6, 〖Bi〗_2 〖Sr〗_2 CuO_6 kupratlarining o‘tao‘tkazuvchlik kritik haroratining turlicha bo‘lishi, bipolaron yondashuvi doirasida, apikal kisloroqning kristal panjarada mis-kislorod tekisligiga nisbatan joylashuvini inobatga olgan holda, asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mazkur dissertatsiya ishining ilmiy tadqiqot natijlaridan foydalanish quyidagilarga imkon bergan:
o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratining parda qalinligiga bog‘liqligi bo‘yicha olingan natijalar Bi-2212 YuHO‘O‘ yupqa pardalarni zol-gel metodi orqali o‘stirish mexanizmini taglik ta’siri orqali takomillashtirish va pardalarning o‘taotkazuvchanlik xususiyatlarini optimallashtirish imkonini bergan (International Journal of Colloids and Surfaces A: Physicochemical and Engineering Aspecs 684, 133134, 2024); 
o‘tao‘tkazuvchanlikning biolaron modeli negizida YBa_2 Cu_4 O_8 kupratida zaryad tashuvchisi massasini tushuntirish, kuprat pardalari o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratining parda qalinligiga bog‘liqligini tavsiflovchi taklif qilingan nazariy modeldan va LSCO pardasi o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratining parda qalinligiga bog‘liqligi bipolaron modeli negizida sifat va miqdoriy tushuntirilishi kabi ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutida 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi doirasida «Legirlangan YuHO‘O‘-kupratlarning elektron nazariyasi va uni dielektrik/metall va o‘ta o‘tkazuvchanlik fazalarining hosil bo‘lishi va nanomasshtabda bo‘linishini tadqiq qilish uchun qo‘llash»  mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqqot dasturining ilmiy natijalarini taqqoslashda foydalanilgan. (O‘zR FA 2024-yil 15-noyabr №2/1255-2555 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijalardan foydalanish Y124 kupratida zaryad tashuvchi massasini aniqlash va LSCO yupqa pardasi o‘tao‘tkazuvchanlik kritik haroratini parda qalinligi bo‘yicha aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish