Ablatdinov Sultanbek Azatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta'lim muassasalari faoliyatida marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/.
Ilmiy rahbari: Ostonaqulova Gulsaraxon Muxammadyoqub qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qorieva Yoqutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muradova Nargiza Uljaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida marketing strategiyalaridan samarali foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “marketing strategiyalari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilot yoki muassasaning bozorga mahsulot yoki xizmatlarni samarali targ‘ib qilish, sotish va iste’molchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘z maqsadlariga erishish uchun ishlab chiqiladigan uzoq muddatli reja sifatida, oliy ta’lim xizmatlari bozori tahlili, segmentatsiyasi, pozisiyalash, marketing majmuasi hamda marketingni boshqarish tizimi nuqtai nazaridan yondashuv orqali takomillashtirilgan;
davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasalari marketing strategiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirishda xorijiy tajribani mahalliy sharoitga adaptatsiya qilish (MShA=0,52), raqamli marketing vositalaridan foydalanish (RM=0,31) va innovatsion hamkorlik (IH=0,17) modellarini tatbiq etishning maqbul nisbatini ta’minlash orqali ta’lim sifatini oshirish va global ta’lim bozorida milliy oliy ta’lim muassasalari nufuzini kuchaytirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalarining yangi zamonaviy mutaxassisliklarga ehtiyojlarini aniqlash, ish beruvchilarning talablarini tahlil qilish va ta’lim dasturlarini bozor talablariga moslashtirishda “OTM-talaba-ish beruvchi” zanjirini samarali joriy etishga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari rivojlanishi va raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi ko‘p omilli ekonometrik model asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2028-yilgacha bo‘lgan asosiy faoliyat prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida marketing strategiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metodologik yondashuvga muvofiq, "marketing strategiyalari" tushunchasining iqtisodiy mazmuni tashkilot yoki muassasaning o‘z mahsulotlari yoki xizmatlarini bozorda samarali targ‘ib qilish, sotish va iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan uzoq muddatli rejasini anglatadi. Ushbu reja oliy ta’lim xizmatlari bozorini tahlil qilish, segmentatsiya, pozisiyalash, marketing majmuasi va marketingni boshqarish tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan. Ushbu yondashuv "Marketing" nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda o‘z aksini topdi va 60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar hamda 60411500-Biznes-analitika ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etildi (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 25-apreldagi 111-sonli buyrug‘i). Ushbu taklifning joriy etilishi marketing strategiyalari konsepsiyasining nazariy-metodik jihatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
milliy oliy ta’lim muassasalarining global ta’lim bozorida raqobatbardoshligini oshirish va ularning obro‘sini mustahkamlash bo‘yicha xorijiy tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish (MShM = 0,52), raqamli marketing vositalaridan foydalanish (RM = 0,31) va innovatsion hamkorlik modellarini joriy etish (IH = 0,17) orqali davlat, nodavlat va xorijiy universitetlarning marketing strategiyalarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan taklif ilmiy jihatdan asoslab berildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-fevraldagi 03/03-371-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning tatbiqi ta’lim sifatining oshirilishi, yangi kasbiy va ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanish va faol tajriba almashinuvi orqali universitetlarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qildi.
talabalarning zamonaviy mutaxassisliklarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash, ish beruvchilarning talablarini tahlil qilish va ta’lim dasturlarini bozor sharoitlariga moslashtirishga yo‘naltirilgan “OTM –
talaba – ish beruvchi” zanjirini samarali joriy etishga qaratilgan marketing strategiyasi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-fevraldagi 03/03-371-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning joriy etilishi oliy ta’lim muassasalarida nazariy bilimlarning amaliy tayyorgarlik bilan uyg‘unlashuvini ta’minladi hamda universitet bitiruvchilarining bandlik darajasi 6,7%ga oshirilgan.
oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi va raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p omilli ekonometrik model asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2028-yilgacha bo‘lgan asosiy faoliyat prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12-fevraldagi 03/03-371-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning tatbiqi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2028-yilgacha daromadliligini prognoz qilish va rentabellik darajasini oshirishga imkon yaratilgan.