Oxunova Oygul Usmonjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi bandligini ta’minlashda gender tengligiga ustuvorlik berishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3683.
Ilmiy rahbar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Ubaydulla Vahobovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Alfraganus university, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor,  Muminov Nozim Gaffarovich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bandlikni tartibga solishning gender ustuvorliklarini shakllantirish asosida mehnat bozorini rivojlantirishning nazariy va uslubiy yondashuvlarini asoslash va zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida ularni amalga oshirish modelini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “gender tengligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni jamiyatda ijtimoiy adolat, iqtisodiy barqarorlik va umumiy rivojlanishga erishishda muhim o‘rin tutuvchi ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi, jinsidan qat’i nazar, barcha insonlarning jamiyatdagi ishtirokini, resurslarga etishishini, huquqiy kafolatlarini va hayotning barcha sohalarida teng ravishda rivojlanish imkoniyatini aholining samarali bandligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ishchi kuchi bandligi turli nazariyalarining asosiy g‘oyalarini global zamonaviy tendensiyalar bilan integrasiyasiga ko‘ra ishsizlikda gender notengligini pasaytirish mexanizmi ayollar va erkaklar ishsizligi nisbati ko‘lami (diapazoni)ni “tenglik” (±1,25% (2,5%)), “past darajadagi notenglik” (±2,5% (5%)), “o‘rta darajadagi notenglik” (±5% (10%)) hamda “yuqori notenglik” (±>5% (10%)) tebranish oraliqlari bo‘yicha toifalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
aholi bandligini ta’minlashda gender tengligini tartibga solish mexanizmini tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga nisbatan kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida ajratilayotgan subsidiya miqdorini 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotida gender tengligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bandlikni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘liqlikning turli xil avtoregressiya modellari yordamida 2030-yilga qadar muqobil prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi bandligini ta’minlashda gender tengligiga ustuvorlik berishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “gender tengligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni jamiyatda ijtimoiy adolat, iqtisodiy barqarorlik va umumiy rivojlanishga erishishda muhim o‘rin tutuvchi ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi, jinsidan qat’i nazar, barcha insonlarning jamiyatdagi ishtirokini, resurslarga etishishini, huquqiy kafolatlarini va hayotning barcha sohalarida teng ravishda rivojlanish imkoniyatini aholining samarali bandligini ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.12.2023 yi1 PQ-401-son qaroriga 3-ilova Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarlsh, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda teng huquqliligini ta’minlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ijrosini ta’minlashda Xotin-qizlar bandligi imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq amaliy chora-tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 27-dekabrdagi 02-01/2081-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish rasman ishsiz deb hisoblanuvchi xotin-qizlarning ulushini 2030-yilgacha 11 foizga tushirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishga xizmat qiladi;
ishchi kuchi bandligi turli nazariyalarining asosiy g‘oyalarini global zamonaviy tendensiyalar bilan integrasiyasiga ko‘ra ishsizlikda gender notengligini pasaytirish mexanizmi ayollar va erkaklar ishsizligi nisbati ko‘lami (diapazoni)ni “tenglik” (±1,25% (2,5%)), “past darajadagi notenglik” (±2,5% (5%)), “o‘rta darajadagi notenglik” (±5% (10%)) hamda “yuqori notenglik” (±>5% (10%)) tebranish oraliqlari bo‘yicha toifalarini aniqlash asosida takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida keltirilgan tegishli vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 19-iyundagi 02-01/943-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xotin-qizlar bandligi imkoniyatlarini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qiladi;
aholi bandligini ta’minlashda gender tengligini tartibga solish mexanizmini tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga nisbatan kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida ajratilayotgan subsidiya miqdorini 7 million so‘mdan 10 million so‘mga oshirish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli “Oila va xotinqizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 27-dekabrdagi 02-01/2081-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar tadbirkorligining yuqoriroq darajalari bilan shug‘ullanish imkoniyatlari hamda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi;
O‘zbekiston iqtisodiyotida gender tengligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bandlikni ta’minlashga ta’sir etuvchi omillar orasidagi bog‘liqlikning turli xil avtoregressiya modellari yordamida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan muqobil prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2024-yil 19-iyundagi 02-01/943-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi yuridik shaxs tashkil etib, unga rahbarlik qilayotgan xotin-qizlar ulushi hamda umumiy band bo‘lganlar orasida o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlarning ulushini 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlarga etkazishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish