Dusanov Uchqun Suyunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalar jismoniy tarbiya tizimida sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositalari kompleksining qo‘llanilish mexanizmi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1447.
Ilmiy rahbar: Kipchakov Baxodir Baxriddinovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Azizov Nosirjon Nematullaevich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni jismoniy tarbiya tizimida, sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositalari bilan jismoniy tarbiya vositalarini kompleks qo‘llash mexanizmi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun sensitiv davrlardan keyin funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatlarni (egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) tabaqalashtirilgan metodikasini ishlab chiqish hisobiga talabalarga berilayotgan yuklamani me’yorlash imkoniyati takomillashtirilgan; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning antropometrik, morfofunksional ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan mashqlar majmuasini umumiy va maxsus metodik blokga ajratib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda variativ qo‘llash hisobiga shug‘ullanuvchilarga berilayotgan yuklamani maqsadli boshqarish imkoniyati takomillashtirilgan; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning funksional holatini doimiy nazorat qilib boruvchi, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan “Turizm va sport” mobil ilovasini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilarni o‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyati kengaytirilgan; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash me’yorlari hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar klassifikatsiyasini (bajarilish tartibi, takrorlanish soni, dam olish oralig‘i) mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga shug‘ullanuvchilar organizmiga berilayotgan yuklamalarga ta’sir etish imkoniyatlari oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining darsdan tashqari mashg‘ulotlarida jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan sport sog‘lomlashtirish turizmidan foydalanish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida:
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlarda maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun sensitiv davrlardan keyin funksional holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatlarni (egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) tabaqalashtirilgan metodikasi “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 6-son qaroriga asosan 6-raqamli guvohnomasi). Natijada, sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligi umumiy 14,2% ga jismoniy rivojlanishi esa umumiy 13,6% ga yaxshilangan; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning antropometrik, morfofunksional ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan mashqlar majmuasini ikkita (umumiy va maxsus) metodik blokga ajratib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda variativ qo‘llash boʻyicha taklif va tavsiyalar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-06/9975-son ma’lumotnomasi). Natijada, sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning salomatlik holati 12,8 % ga, morfofunksional holati esa 13,4 % ga yaxshilanishiga erishilgan;
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning funksional holatini doimiy nazorat qilib boruvchi, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan “Turizm va sport” mobil ilovasini qoʻllash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 03-06/9975-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy sifatlardan: chaqqonlik sifati 12,4%, tezkorligi 8,6%, egiluvchanligi 7,2%, kuch sifati esa 9,1% ga oshgan;
sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash me’yorlari hamda jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi mashqlar klassifikatsiyasini (bajarilish tartibi, takrorlanish soni, dam olish oralig‘i) mashg‘ulotlarda qo‘llash boʻyicha taklif va tavsiyalar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Samarqand davlat universiteti kengashining 2018-yil 25-dekabrdagi 6-son qaroriga asosan 6-raqamli guvohnomasi). Natijada sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchi talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligini 13,5 % ga, maxsus jismoniy tayyorgarligini 14,2 % ga yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish