Ataboev Axadjon Djumaqo‘zievichning    
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilning xususiy va ijtimoiy ong bilan munosabati: gnoseologiya va ontologiya (zamonaviy tendensiyalar)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fil872.
Ilmiy rahbar: Rustamov Dilshodbek Abduvaxidovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna filologiya fanlari doktori, professor; Gulyamova Shaxnoza Kaxramonovna filologiya fanlari doktori, dotsent; Jafarov Botirjon Sattarovich filologiya fanlari doktori, rrofessor. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Dissertatsiyaning maqsadi til, individual hamda ijtimoiy ong o‘rtasidagi munosabatlarga turli nuqtayi nazarni taqdim etish hamda muammoning epistemologik va ontologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy gumanitar fanlarda tilning roli va funksiyalari turli prizmalar orqali, jumladan, psixolingvistik, lingvokulturologik, semiotik  jihatdan ko‘rib chiqilib, til bilish va tushunish jarayonlarida vositachi; madaniy g‘oyalarni ifodalovchi belgilar to‘plami; ma’lum guruhning e’tiqod va an’analarini aks ettiruvchi ramzlar majmuyi; madaniy ma’nolar ombori ekanligi asoslangan;
til va ongni epistemologik tahlil qilishning yangi ufqlari bir nechta asosiy yo‘nalishlarni, jumladan, sun’iy intellekt va kompyuterni o‘rganish (sun’iy ongni yaratish imkoniyatlarini o‘rganish; NLP orqali til qobiliyatlarini tushunishga yangi yondashuvlar; axborot texnologiyalari olamida tushunish va ongning tabiati haqidagi falsafiy bahslar); ongning kvant nazariyalari (kvant effektlarini ongning ishlashi bilan bog‘laydigan nazariyalar; kvant nazariyasini til va tafakkur tahliliga qo‘llash); neyrotexnologiya va kognitiv imkoniyatlarni kengaytirish (miya-kompyuter interfeyslarini o‘rganish; neyroprostetik va kognitiv takomillashtirish sohasidagi tadqiqotlar); sintetik biologiya va ongning muqobil shakllari (biologik tuzilmalar va kognitiv jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish; til va ongning muqobil shakllari imkoniyatlarini ko‘rib chiqish); ongni fanlararo o‘rganish (miya va ongni o‘rganish bo‘yicha kompleks loyihalar; turli yondashuvlarni birlashtirgan yangi tadqiqot usullarini ishlab chiqish); axborot falsafasi va raqamli epistemologiya (keng ma’lumotlar va algoritmik qarorlarni qabul qilishning epistemologik jihatlarini o‘rganish; raqamli texnologiyalar bilimlarning rivojlanishiga qanday ta’sir qilishini o‘rganish)ni o‘z ichiga olishi aniqlangan;
til va ongni o‘rganishdagi ontologik muammolarni hal qilishning naturalistik, funksionalistik, fenomenologik, axborot-nazariy, ongning kvant nazariyalari, kvant effektlari, enaktivizm kabi asosiy yondashuvlari ko‘rib chiqilib, ushbu sohadagi mavjud tendensiya va istiqbollar tahlil qilingan;
til va ongni o‘rganishda ontologik muammolarning dolzarbligi haqiqatni fundamental tushunish; nevrologiya va kognitiv fanga ontologik mulohazalar; madaniyatlararo tushunish; ta’lim va kognitiv evolyusiya; fenomenologiya va subyektiv tajriba; meditatsiya va ongning o‘zgargan holatlari; fan falsafasi; kvant fizikasi va ong; psixiatriya va psixologiya; sun’iy ong kabi bir nechta asosiy jihatlarda namoyon bo‘lishi dalillangan;
hamkorlikdagi tadqiqot va yangi texnologik ishlanmalar orqali til hamda ong o‘rtasidagi munosabatni tushunishda samarali natijalar kutilayotganligi, jumladan, neyrolingvistika va miyani xaritalash; til jarayonlarini modellashtirish; kvant lingvistikasi; kompyuter lingvistikasi va tabiiy tilni qayta ishlash; miyaning semantik xaritasi; neyrolingvistik dasturlash; kognitiv buzilishning lingvistik biomarkerlari; kognitiv nazariyaning integratsiyasi; lingvistik relyativizmni o‘rganish; neyropoetika va neyroestetikani o‘rganish; til evolyusiyasini kompyuterda modellashtirish kabi istiqbolli sohalar rivojlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
til va ong bilan bogʻliq muammolar raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektning rivojlanishi bilan bogʻliqligi xususidagi ilmiy xulosalardan Namangan muhandislik-texnologiya   institutining 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Namangan muhandislik-texnologiya   institutining 2024-yil 11-sentyabrdagi 2201-024-son ma’lumotnomasi.) Natijada loyiha ilmiy dalillar bilan boyitildi, xususan, tilshunoslik doirasida til va ong oʻrtasidagi konseptual oʻzaro ta'sirni aniqlaydigan epistemologik va ontologik elementlarni birlashtirgan yangi nazariy gʻoyalar uchun imkoniyat yaratgan;
tilshunoslik, kognitiv fan, nevrologiya va til falsafasi gʻoyalarini birlashtirgan holda til va ong oʻrtasidagi munosabatlar, tilning shaxsiy va ijtimoiy ong bilan oʻzaro ta'siri, shu jumladan, neyrolingvistik va kognitiv psixologiyaning soʻnggi yutuqlarini tushunishning yaxlit modeli, empirik ma'lumotlarni falsafiy mulohazalar bilan birlashtirgan holda tilning epistemologik jihatlarini oʻrganishning yangi metodologiyasiga doir ilmiy qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 –“O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-oktyabrdagi 04/1-2771-son ma’lumotnomasi.) Natijada tilning shaxsiy va ijtimoiy ongning tabiati va tuzilishini bilish hamda tushunishga ta'siri, til va ong oʻrtasidagi munosabatlarning epistemologik va ontologik jihatlarini hamda ushbu sohadagi turli metodologiyalar, tilni voqelikni bilish va talqin qilishning eng muhim vositasi sifatida tan olish, shaxs ongini shakllantirishga ta'siri borasida bildirilgan ilmiy xulosalaridan loyiha doirasida o‘quv lug‘atlar yaratishning ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqishda, matnlar tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishda xizmat qilgan;
zamonaviy epistemologik va ontologik yondashuvlar sharoitida tilning shaxsiy hamda ijtimoiy ong bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM Madaniy-ma'rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “Bolalar va biz” nomli eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 9-sentyabrdagi 04361001-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning shaxsiy va ijtimoiy ongning tabiati va tuzilishini bilish hamda tushunishga ta’siri aniqlash, til va ong o‘rtasidagi munosabatlarning epistemologik va ontologik jihatlarini hamda ushbu sohadagi turli metodologivalar o‘rganish, tilni voqelikni bilish va talqin qilishning eng muhim vositasi sifatida tan olish, shaxs ongini shakllantirishga ta’siri dalillanishi asoslanganligi ta’minlagan;
fan falsafasi, kvant fizikasi va ong, psixiatriya va psixologiya, sun’iy ong kabi bir nechta asosiy jihatlarda namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosalari, shuningdek, til va ongni o‘rganishda ontologik muammolarning dolzarbligi haqiqatni fundamental tushunish, nevrologiya va kognitiv fanga ontologik mulohazalar, madaniyatlararo tushunish; ta’lim va kognitiv evolyusiya, fenomenologiya va subyektiv tajriba; meditatsiya va ongning o‘zgargan holatlari kabi bir nechta asosiy jihatlarda namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tahlillaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-52-21091433-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “Oʻzbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) yaratish”da foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 20-dekabrdagi № 04/1-4212-son ma’lumotnomasi.) Natijada realiyalarga oid maqolalar bazasi platformasi mazmunan boyitildi, milliy o‘ziga xoslik va madaniy kodlar to‘laroq aks ettirildi hamda vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlariga muvofiqlashtirish jarayoni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish