Mansurova Nargiza Shamsidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yashil iqtisodiyot sharoitida barqaror turizmni samarali rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt812
Ilmiy maslahatchi: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, B2024.4.DSc/Iqt812
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdurahmonov Qalandar Xadjaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamidov Obidjon Xafizovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Abdullajon Topilovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yashil iqtisodiyot sharoitida barqaror turizmni rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizning mavjud turistik resurslar salohiyatidan kelib chiqqan holda turistik so‘qmoqlarni belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash asosida ruxsat etilgan yuklamani hisoblash, atrof-muhitga ta’sirni baholash va turistik destinatsiyaning samarali ruxsat etilgan sig‘imlilik darajasini aniqlash uchun “Turistik so‘qmoqlar”ni qabul qiladigan o‘zgarishlar chegarasi modelini amaliyotda foydalanishi uchun afzalliklari dalillangan;
barqaror rivojlanish tamoyillarini targ‘ib qilish va jamiyat xabardorligini oshirish maqsadida “ Inson resurslarini yashil boshqarish” (GHRM) konsepsiyasi asosida resurslardan oqilona foydalanish, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samamradorlikni oshirish, atrof-muhit bilan uyg‘unlikni ta’minlash hamda barqaror turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Yashil maqsadlar”ning takomillashtirilgan mezonlari ilmiy asoslangan;
barqaror turizmni samarali rivojlantirishning axborot-analitik bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida “Smart Tourism Data System” laboratoriyasini tashkil etish asosida turizm bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi “Sustainable tourism” statistika platformasini ishga tushirish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish, yashil iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq ekologik sertifikatlash tizimini joriy etish va xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “Green Travel” standartlashtirish va ekosertifikatlash tizimini yaratish negizida barpo etiladigan mehmonxona, joylashtirish vositalari va boshqa turistik obektlarga ekosertifikatlash va ekomarkirovkadan foydalanish takomillashtirilgan modeli afzalliklari dalilllangan;
mamlakatimizda barqaror turizmni samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida barqaror turizmni samarali rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mamlakatimizning mavjud turistik resurslar salohiyatidan kelib chiqqan holda turistik so‘qmoqlarni belgilangan talablar darajasida saqlash majburiyatini belgilash asosida ruxsat etilgan yuklamani hisoblash, atrof-muhitga ta’sirni baholash va turistik destinatsiyaning samarali ruxsat etilgan sig‘imlilik darajasini aniqlash uchun “Turistik so‘qmoqlar”ni qabul qiladigan o‘zgarishlar chegarasi modelini amaliyotda foydalanishi uchun afzalliklari boʻyicha dalillangan taklifi 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-martdagi 03-10-17-1873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarning ekologik yuklamasini aniq hisoblash va ruxsat etilgan sig‘imlilik darajasini belgilash orqali tabiiy resurslardan barqaror foydalanish 5%ga oshgan, atrof-muhitga zararli ta’sir 3%ga kamaygan;
barqaror rivojlanish tamoyillarini targ‘ib qilish va jamiyat xabardorligini oshirish maqsadida “ Inson resurslarini yashil boshqarish” (GHRM) konsepsiyasi asosida resurslardan oqilona foydalanish, ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samamradorlikni oshirish, atrof-muhit bilan uyg‘unlikni ta’minlash hamda barqaror turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Yashil maqsadlar”ning takomillashtirilgan mezonlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflari 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash” bo‘yicha “Harakatlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-martdagi 03-10-17-1873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm subektlarining ekologik va iqtisodiy samaradorligi 10%ga oshishiga erishildi;
barqaror turizmni samarali rivojlantirishning axborot-analitik bazasini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzurida “Smart Tourism Data System” laboratoriyasini tashkil etish asosida turizm bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi “Sustainable tourism” statistika platformasini ishga tushirish bo‘yicha asoslangan taklifi 2024-yil 18-iyuldagi PQ-269-sonli “2024-2025-yillarda turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan hududlarda turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish” bo‘yicha “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-martdagi 03-10-17-1873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni aniq vaqt rejimida olish imkoniyatini beruvchi “Sustainable tourism” statistika platformasini ishga tushirish orqali ma’lumotlar bazasining samaradorligini 15%ga oshirishga imkon yaratadi;
hududlarda barqaror turizmni rivojlantirish, yashil iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq ekologik sertifikatlash tizimini joriy etish va xizmatlar sifatini oshirishga yo‘naltirilgan “Green Travel” standartlashtirish va ekosertifikatlash tizimini yaratish negizida barpo etiladigan mehmonxona, joylashtirish vositalari va boshqa turistik obektlarga ekosertifikatlash va ekomarkirovkadan foydalanish takomillashtirilgan modeli afzalliklari boʻyicha taklif 2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-sonli “Tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturiga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-martdagi 03-10-17-1873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlarda barqaror turizm rivojlanishi jadallashib, yashil iqtisodiyot tamoyillariga muvofiq ekosertifikatlash tizimi takomillashadi hamda turistik obektlarda ekologik standartlarga rioya qilish samaradorligi 12%ga oshgan;
mamlakatimizda barqaror turizmni samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarning tahlili asosida xorijiy turistlar oqimining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari boʻyicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 1-martdagi 03-10-17-1873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda barqaror turizmga bo‘lgan talabni aniqlash orqali xorijiy turistlar sonining 30%ga oshishi dalillangan.