Ametova Dilnoza Mauletbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Avtomobil benzinlarining detonatsion barqarorligini yaxshilovchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2447.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqolpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sodiqov Usmonali Xudoyberganovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil benzinlarini detonatsion barqarorligini yaxshilovchi qo‘ndirmalar va past oktanli avtomobil benzinlari asosida yuqori detonatsion barqarorlikka ega benzinlar olish texnologiyasi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OH* va *HO₂ radikallar to‘planishi bilan metanolning oksidlanish mexanizmi va kimyoviy reaksiyaning ehtimoliy reaksiya yo‘nalishi ishlab chiqilgan;
metanol asosida, anilin, butanol-1, EUBE va urotropin asosida oktan sonini oshiruvchi OKTAN–MA antidetonatsion qo‘ndirmalari olinib, ularning benzinlardagi maksimal konsentratsiyalari aniqlangan;
TOS-LAB-02 laboratoriya qurilmasi yordamida ASTM D 381 sinov standarti talab bo‘yicha benzinlarning smola hosil qilishi aniqlanib, OKTAN – MA-4 (3%) va AI-80 (97%) benzini asosida olingan 100 sm³ AI-91 benzini tarkibida smolalar miqdori – 2,6 mg ni, OKTAN – MA-4 (1%) va AI-91 (99%) benzini asosida olingan 100 sm³ AI-95 benzini tarkibida smolalar miqdori 2,8 mg tashkil etishi isbotlangan;
OKTAN–MA-4 antidetonatsion qo‘ndirmasi asosida olingan AI-91 benzini to‘yingan bug‘ bosimi – 63,0 kPa va AI-95 tovar benzinniki esa – 62,9 kPa ni tashkil etganligi aniqlangan;
OKTAN–MA-4 antidetonatsion qo‘ndirmasi va avtomobil benzinlari asosida yuqori oktanli tovar benzinlari olish texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobil benzinlarini detonatsion barqarorligini yaxshilovchi qo‘ndirmalar olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kislorodli birikmalar asosida olingan Oktan-MA-4 oksigenati 1% miqdorda mahalliy AI-91 benziniga aralashtirilib, AI-95 avtomobil benzinini ishlab chiqarish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2024 yil 11 iyuldagi 02-03-01/182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AI-91 avtomobil benzini va Oktan-MA-4 oksigenati asosida AI-95 oktan soniga ega bo‘lgan markadagi va atrof-muhitga kam zararli avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
oktan-MA-4 oksigenat kompozisiyasini olish va uni mahalliy AI-91 avtomobil benziniga qo‘shib, AI-95 avtomobil benzinlari ishlab chiqarishning texnologik tizimi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining  “2026-2030-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2024 yil 11 iyuldagi 02-03-01/182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, OKTAN-MA-4 qo‘ndirmasi va past oktanli tovar benzinlari hamda benzin komponentlari asosida oktan sini bo‘yicha Evro talablarga javob beruvchi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish