Murodov Baqojon Egamberdi o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Unabi entomofaunasining bioekologiyasi va biotsenozda ular miqdorini boshqarish usullari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/V178.
Ilmiy maslahatchi: Kimsanboev Hojimurod Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01. 
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Xudoybergan O‘rinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Islomjon Ilhomjonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: unabi o‘simligi biotsenozidagi hasharotlarning zamonaviy holatini baholash hamda invaziv dominant turlarni boshqarishga oid ekologik bezarar kurash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda unabi o‘simligi entomofaunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 8 turkum, 23 ta oila, 39 avlodga mansub 52 turi aniqlangan;
unabi entomofaunasi dominant turlari - Parlatoria oleae, Quadraspidiotus perniciosus, Carpomya vesuviana,  Plodia  interpunctella, Trogoderma versicolor, Tribolium confusum, Oryzaephilus surinamensis ning bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, zarar etkazishi hamda mavsumiy o‘zgarishlari aniqlangan; 
unabi entomofaunasi fitofag hasharotlarining yashash tarziga ko‘ra 3 ta, trofik ixtisoslashuviga ko‘ra 2 ta, trofik aloqalar bilan populyasiyalarining shakllanishiga ko‘ra 4 ta ekologik guruhlarga ajratilgan;
chet el unabi biotsenozidagi karantin ahamiyatiga ega xavfli invaziv turlar ro‘yxati shakllantirilgan va fitosanitar xavfi asoslangan;
unabi entomofaunasining invaziv turlari sonini boshqarishda biologik, agrotexnik va kimyoviy kurash choralarini samaradorligi ochib berilgan;
chet el unabi entomofaunasida mavjud xavfli invaziv turlarni respublika hududiga kirib kelishini oldini olish chora tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
unabi entomofaunasining invaziv turlarini atrof muhit uchun zararsiz boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Unabi entomofaunasining bioekologiyasi va biotsenozda ular miqdorini boshqarish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
unabi o‘simligining dominant invaziv turlariga qarshi kurashda pestisidlarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 avgustdagi 04/21-06/894-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi unabizorlarda uchrovchi va iqtisodiy xavfli zararkunandalarga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib, unabi hosildorligini 90-100 foizgacha zararlanishdan saklab kolish imkonini bergan;
unabi o‘simligi ko‘chatlari bilan chetdan kirib kelish xavfi bo‘lgan o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega invaziv turlarning O‘zbekiston Respublikasi florasi uchun fitosanitar xavfi tahlil etilishi yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-484-son Qonunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2022 yil 2 noyabrdagi 04/8-10-4761v4-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘simliklar karantini to‘g‘risidagi qonunni joriy kilinishi, respublikaning fitosanitar tozaligini ta’minlash imkonini bergan; 
respublikaga chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlarni tarqalishini oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmalari faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 2023 yil 18 yanvardagi 2-39/101-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan kirib kelishi mumkin bo‘lgan karantin zararli organizmlardan fitosanitar toza unabi ko‘chatlarini respublikaga keltirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish