Botirova Nigina Akram qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini tashxislashda Klotho hamda Sistatin Sni ahamiyati va davolashni muvofiqlashtirish» 14.00.03 – Endokrinologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib.3730.
Ilmiy rahbarlar: Sadikova Nigora Gayratovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Miraxmedova Hilola To‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Xurshida Qudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini tashxislashda Klotho hamda Sistatin S oqsillari ahamiyatini solishtirma o‘rganish va davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasaligini erta tashxislashda Sistatin C oqsili miqdorining ortishi, kasallik rivojlanishi va buyraklar disfunksiyasi bilan bog‘liqligi asoslangan;
qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va bashorat qilishda Klotho oqsili miqdorining kamayishi, kasallik jadallashishiga olib kelishi aniklangan;
qandli diabetning 2  tipi negizida rivojlangan surunkuli buyrak kasalligi avjlanishida Sistatin C va Klotho oqsillari mikdorlari   o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kasallik avj olishiga hamda hayot sifatiga ta’siri asoslangan;
qandli diabetning 2  tipida  ishlatiladigan natriy-glyukoza kotransportyor 2 (NGLT 2) ingibitorlari guruhidagi dapagliflozin dori vositasining buyraklar funksional holatiga ta’siri qonda Sistatin S va Klotho oqsillari miqdorining me`yorlashuviga olib kelishi, natijada buyraklar faoliyati yaxshilanishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini tashxislashda Klotho hamda Sistatin Sni ahamiyati va davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: Qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasaligini erta tashxislashda Sistatin C oqsili miqdorining ortishi, kasallik rivojlanishi va buyraklar disfunksiyasi bilan bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Somatika shifoxonasida 28.03.2024-yildagi 01-54-sonli buyruq; Milliy tibbiyot markazi 15.07.2024-yildagi 0I-09 /36-sonli buyruq va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida 11.07 2024-yildagi 113 AF-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/56-sonli xulosasi).  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabetli bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida an`anaviy hamda, Sistatin S kabi yangi biomarkerlarning o‘rni, shuningdek uglevod va lipid almashinuvining ahamiyatini aniqlashdan iborat bo‘lib, KFT va hayot sifatining pasayishi; qonda sistatin S miqdori va peshobda al`bumin kreatinin nisbatining ortishini aniqlash surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini bashoratlashda va davo samaradorligini baholashda zarur sharoit yaratilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabetli bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida an`anaviy hamda, Sistatin S kabi yangi biomarkerlarning o‘rni, shuningdek uglevod va lipid almashinuvining ahamiyatini aniqlashdan iborat bo‘lib, KFT va hayot sifatining pasayishi; qonda sistatin S miqdori va peshobda al`bumin kreatinin nisbatining ortishini erta aniqlanishi orqali quyidagi iqtisodiy samaradorlikka erishildi: 67,9% bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini erta aniqlash  2 tip qandli diabet negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligi asoratlarini oldini olish imkon berib, asosiy kasallikning avj olishi sekinlashtirilib, remissiyaga erishildi. Xulosa: qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasaligini erta tashxislashda Sistatin C oqsili miqdorining ortishi, kasallik rivojlanishi va buyraklar disfunksiyasi bilan bog‘liqligi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashda Klotho hamda Sistatin C ni ahamiyati» va «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida, gipoglikemik davo fonida, Klotho omili ahamiyati»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024-yil 27-martdagi № 09-15035 – sonli va 2024-yil 5-iyul`dagi № 09-19296 – sonli xatlari yuborilgan. Qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va bashorat qilishda Klotho oqsili miqdorining kamayishi, kasallik jadallashishiga olib kelishi aniklangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Somatika shifoxonasida 28.03.2024-yildagi 01-54-sonli buyruq; Milliy tibbiyot markazi 15.07.2024-yildagi 0I-09 /36-sonli buyruq va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida 11.07 2024-yildagi 113 AF-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/56-sonli xulosasi).   Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabet negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini erta aniqlash  67,9% bemorlarda surunkali buyrak kasalligi asoratlarini oldini olishda imkon beradi. 2 tip qandli diabetli bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini aniqlash natijasida, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va avj olishini erta tashxislash va asoratlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarining qo‘llanilishi orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11 kundan 9 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 397 ming so‘mga kamaytirgan va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. 2 tip qandli diabetli bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini aniqlanganligi natijasida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va avj olishini erta tashxislash va asoratlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarining qo‘llanilishi orqali har bir bemorning shifoxonada davolanish to‘lov miqdori 794 ming so‘mga, jami 120 nafar bemor hisobiga bir yil davomida 95 million 280 ming so‘mga kamaytirgan. Xulosa: qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash va bashorat qilishda Klotho oqsili miqdorining kamayishi, kasallik jadallashishiga olib kelishi aniklangan;
uchinchi ilmiy yangilik: «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashda Klotho hamda Sistatin C ni ahamiyati» va «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida, gipoglikemik davo fonida, Klotho omili ahamiyati»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 27-martdagi № 09-15035 – sonli va 2024-yil 5-iyul`dagi № 09-19296 – sonli xatlari yuborilgan. Qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini avjlanishida klotho oqsili va sistatin Sning buyrak zararlanish markerlari bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Somatika shifoxonasida 28.03.2024-yildagi 01-54-sonli buyruq; Milliy tibbiyot markazi 15.07.2024-yildagi 0I-09 /36-sonli buyruq va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida 11.07 2024-yildagi 113 AF-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/56-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini tashxislashda koptokchalar fil`tratsiyasi tezligini hisoblash uchun kreatinin va sistatin S asosidagi formula qo‘llanilishi natijasida asosiy kasallikning rivojlanishi va avj olishini erta tashxislash, ushbu bemorlarda surunkali buyrak kasalligini bashorat qilish, erta tashxislash, asoratlarini va oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabetli bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini aniqlash natijasida, surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va avj olishini erta tashxislash va asoratlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarining qo‘llanilishi orqali bemorlarning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11 kundan 9 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 397 ming so‘mga kamaytirgan va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. 2 tip qandli diabetli bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini aniqlanganligi natijasida surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi va avj olishini erta tashxislash va asoratlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarining qo‘llanilishi orqali har bir bemorning shifoxonada davolanish to‘lov miqdori 794 ming so‘mga, jami 120 nafar bemor hisobiga bir yil davomida 95 million 280 ming so‘mga kamaytirgan. Xulosa: qandli diabetning 2 tipi negizida rivojlangan surunkuli buyrak kasalligi avjlanishida Sistatin C va Klotho oqsillari mikdorlari  o‘rtasidagi o‘zaro  bog‘liqlik, kasallik avj olishiga hamda hayot sifatiga ta’siri asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashda Klotho hamda Sistatin C ni ahamiyati» va «Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligida, gipoglikemik davo fonida, Klotho omili ahamiyati»  mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2024-yil 27-martdagi № 09-15035 – sonli va 2024-yil 5-iyul`dagi № 09-19296 – sonli xatlari yuborilgan. Qandli diabetning 2 tipida rivojlangan surunkali buyrak kasalligini tashxislashda klotho hamda sistatin Sni ahamiyati va davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olingan olib borilgan tadqiqot natijalari Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Somatika shifoxonasida 28.03.2024-yildagi 01-54-sonli buyruq; Milliy tibbiyot markazi 15.07.2024-yildagi 0I-09 /36-sonli buyruq va Toshkent shaxar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida 11.07 2024-yildagi 113 AF-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/56-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabetli bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida an`anaviy hamda, Sistatin S kabi yangi biomarkerlarning o‘rni, shuningdek uglevod va lipid almashinuvining ahamiyatini aniqlashdan iborat bo‘lib, KFT va hayot sifatining pasayishi; qonda sistatin S miqdori va peshobda al`bumin kreatinin nisbatining ortishini aniqlash surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini bashoratlashda va davo samaradorligini baholashda zarur sharoit yaratilganligi bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2 tip qandli diabetli bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishida an`anaviy hamda, Sistatin S kabi yangi biomarkerlarning o‘rni, shuningdek uglevod va lipid almashinuvining ahamiyatini aniqlashdan iborat bo‘lib, KFT va hayot sifatining pasayishi; qonda sistatin S miqdori va peshobda al`bumin kreatinin nisbatining ortishini erta aniqlanishi orqali quyidagi iqtisodiy samaradorlikka erishildi: 67,9% bemorlarda klotho va sistatin S oqsillarini erta aniqlash  2 tip qandli diabet negizida rivojlangan surunkali buyrak kasalligi asoratlarini oldini olish imkon berib, asosiy kasallikning avj olishi sekinlashtirilib, remissiyaga erishildi. Xulosa: qandli diabetning 2  tipida  ishlatiladigan natriy-glyukoza kotransportyor 2 (NGLT 2)  ingibitorlari guruhidagi dapagliflozin dori vositasining buyraklar funksional holatiga ta’siri qonda Sistatin S va  Klotho oqsillari miqdorining me`yorlashuviga olib kelishi, natijada buyraklar faoliyati yaxshilanishi aniklangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish