Yuldoshev Javlon Abduraim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada mahalliy o‘simlik xom ashyosidan olingan preparatning o‘smaga qarshi ta’sirini o‘rganish» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib564.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Shavkat Narzikulovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kadirova Dilobar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eksperimentda kolxametinning o‘smaga qarshi faolligini o‘rganish va toksik ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda kolxametinning yuqori sitostatik va past salbiy samarasi LD50 890 mg/kg toksikligiga ega bo‘lganligi tufayli qo‘llash imkoni mavjudligi isbotlangan;
o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar hayvonlarning o‘sma shtammlarida sitostatik ta’siri yuqori antimitotik faolligi hisobiga isbotlangan;
o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar terapevtik dozalarda eksperimental sichqon va kalamushlarning immun tizimi T va B hujayralari zvenosini immun tanqisligi hisobiga ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan;
eksperimental dori-vositalar terapevtik dozalarda hayvonlarning parenximatoz organlariga va qon ivishiga toksik ta’sir ko‘rsatishi sababli preparatning in’eksion shaklidagi eritmasini hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llanilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 08/71-son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimentda kolxametinning yuqori sitostatik va past salbiy samarasi LD50 890 mg/kg toksikligiga ega bo‘lganligi tufayli qo‘llash imkoni mavjudligi isbotlanganligi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali ilmiy-tadqiqot bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 23 maydagi 1337-7-2023-sonli buyruq bilan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimentda mahalliy o‘simlik xom ashyosidan yangi o‘smaga qarshi preparat yaratilganligi va uning qo‘llash dozalarini aniqlanganligi o‘sma kasalliklarni davolash imkonini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kolxametinni mamlakatimiz olimlari tomonidan yaratilishi va uning qo‘llash dozalarini belgilanishi kelajakda uning klinik tadqiqotlar o‘tkazilishini ta’minlaydi. Xulosa: mahalliy o‘simlik xom ashyosidan yangi o‘smaga qarshi faol preparatning yaratilishi va uning terapevtik dozalarini aniqlanishi keyingi bosqich tadqiqotlarga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar hayvonlarning o‘sma shtammlarida sitostatik ta’siri yuqori antimitotik faolligi hisobiga isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali ilmiy-tadqiqot bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 23 maydagi 1337-7-2023-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlarda kolxametinning o‘smaga qarshi yuqori faolligi onkologik bemorlarni davolash imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kolxametinning o‘smaga qarshi yuqori faolligining isbotlanishi uning ustida keng tadqiqotlar olib borilishini va natijada import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirish imkonini beruvchi mahalliy sitostatik dori vositasini ishlab chiqarish imkoniyatini beradi va davlat byudjetidan kimyoviy preparatlarga ajratiladigan mablag‘ning 12% ini iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: kolxametinning o‘smaga qarshi faolligi hayvonlarning 6 ta o‘sma shtammida o‘rganilganda, uning 5 ta o‘sma turida 90% dan yuqori antimitotik ta’siri borligi va amaliyotda keng qo‘llaniladigan an’anaviy sitostatiklar bilan taqqoslaganda kolxametinning yuqori sitostatik ta’siri isbotlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘smaga qarshi eksperimental dori-vositalar terapevtik dozalarda eksperimental sichqon va kalamushlarning immun tizimi T va B hujayralari zvenosini immun tanqisligi hisobiga ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali ilmiy-tadqiqot bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 23 maydagi 1337-7-2023-sonli buyruq bilan tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: onkologiyada o‘smalarni davolashga qaratilgan deyarli barcha sitostatik preparatlar organizm immun ko‘rsatkichlarini tushiradi, ammo yangi yaratilgan kolxametin preparati ulardan farqli o‘laroq immunitetga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Iqtisodiy samaradorligi: aksariyat qo‘llaniladigan kimyoviy vositalar organizmda immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum va bu rejalashtirilgan davolash kursini to‘liq olmaslikni yoki davolash muddatini o‘rtacha 5 kunga uzaytirishni talab qiladi, bundan tashqari qo‘shimcha hamroh ko‘maklashuvchi terapiya o‘tkazilishini talab qiladi. Kolxametinning terapevtik dozalarda immun tizimiga ta’sir ko‘rsatmasligi statsionar o‘rin-kunlarining 5 kunga qisqarishiga va hamroq ko‘maklashuvchi terapiya uchun zarur bo‘lgan 1 kursda o‘rtacha 1 mln. so‘m iqtisod qilinishi ta’minlaydi. Xulosa: terapevtik dozalarda kolxametin immun tizimi ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi davolash muolajalarini uzluksiz va qo‘shimcha xarajatlarsiz o‘tkazish imkoniyatini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eksperimental dori-vositalar terapevtik dozalarda hayvonlarning parenximatoz organlariga va qon ivishiga toksik ta’sir ko‘rsatishi sababli preparatning in’eksion shaklidagi eritmasini hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llanilishi isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali ilmiy-tadqiqot bo‘limi amaliyotiga 2023 yil 23 maydagi 1337-7-2023-sonli buyruq bilan joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kolxametinning sezilarli toksik ta’siri yo‘qligi uning keng qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kolxametin preparatining 1% in’eksion shaklidagi eritmasini yaratilishi hamda uni hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llaganda ichki a’zolar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmasligi amaliyotda qo‘llaniladigan an’anaviy sitostatiklardan ustunligini ko‘rsatadi. Xulosa: kolxametin terapevtik dozalarda sezilarli allergik ta’siri yo‘q, yurak-qon tomir tizimi va qon bosimiga ta’sir qilmaydi, ammo ayrim parenximatoz organlarga va qon ivishiga toksik ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli preparatning 1% in’eksion shaklidagi eritmasini hamroh ko‘maklashuvchi terapiya bilan qo‘llash maqsadga muvofiq.