Xakimova Dilafruz Yo‘ldoshboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ferroqotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llash uchun marganesli rudalarga fizik-kimyoviy usullar bilan ishlov berish orqali marganesli kompozision konsentratlarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5021.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Pirmatov Rashid Xusanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibov Begzod Ibroximovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Berdiyorov Baxriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ferroqotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llash uchun marganesli rudalarga fizik-kimyoviy usullar bilan ishlov berish orqali marganesli kompozision konsentratlarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dautash koni marganesli rudalari mineralogik tarkibiga ko‘ra tabiatda asosan psilomelan – vernaditli va pirolyuzit – psilomelanli shaklda bo‘lishi aniqlangan;
marganesli rudalardan marganesli konsentratlarini ajratib olishda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlarning mexanizmlari asoslangan;
tarkibida 60-68% gacha marganes bo‘lgan marganesning sifatli konsentratlarini ajratib olish uchun rudani maydalash, ajratish, qaytarish, kuydirish va kuyundini kislota eritmasida tanlab eritish kabi bosqichlaridan tashkil topgan kombinirlangan usulni qo‘llash asoslangan;
Dautash koni marganesli konsentratlari asosida ferroqotishmalar ishlab chiqarishning optimal texnologik rejimlari aniqlangan va resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ferroqotishmalar ishlab chiqarishda qo‘llash uchun marganesli rudalarga fizik-kimyoviy usullar bilan ishlov berish orqali marganesli kompozision konsentratlarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dautash koni rudalaridan marganes konsentratini ajratib olishning kombinirlangan usuli “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 17 dekabrdagi 01-02-5-XX-24-12-0167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, marganes konsentratlarining sifatini 60-68% gacha oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan marganesli kompozision konsentratlar “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ferroqotishmalar ishlab chiqarish sexida ferroqotishmalar olish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 17 dekabrdagi 01-02-5-XX-24-12-0167-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olinadigan ferroqotishmalarni sifatini yaxshilash va marganesli kompozision konsentratlarni sarfini 1,0-1,2 martaga kamaytirish imkonini bergan.