Axmedova Umidaxon Yodgorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnologik topshiriqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining algoritmik fikrlashini rivojlantirish metodikasi”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6310
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abduqodirova Patmaxon Tursunboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna pedagogika fanlari doktori, professor;
Tursunova Shaxzoda Bahramovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini texnologik topshiriqlar asosida algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini texnologik topshiriqlar asosida algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlari talabalarning algoritmikaga doir shaxsiy tajribani shakllantirishga doir nazariy va amaliy, ta’lim oluvchilarning mazkur faoliyat turiga motiv, qiziqishlari intensivligini ta’minlaydigan psixologik tayyorlikning o‘zaro aloqadorligi va shartlanganligi empirik asoslash orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini texnologik topshiriqlar asosida algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning analitik-tanqidiy tafakkurning chaqiriq, anglash va fikrlash bosqichlariga muvofiq o‘qitish strategiyalarini adaptiv qo‘llash mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
Muqobil+Variant+Imkoniyat texnologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi bilimlarni mobilizatsiyalash, o‘quv jarayonini tizimli loyihalash, topshiriqlar mazmuni variativligini ta’minlashga qaratilgan didaktik mexanizmning taktik va strategik maqsadlarining metavazifalar bilan identivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
texnologik topshiriqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini o‘quvchilarning algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning metodik ta’minoti differensial, konstruktiv, geymifikatsiya, kollaborativ, refleksiya mezonlarga muvofiq baholashning innovatsion shakllari validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda algoritmik kompetensiyalarni rivojlantirish orqali kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini texnologik topshiriqlar asosida algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning psixologik-pedagogik va metodik xususiyatlari talabalarning algoritmikaga doir shaxsiy tajribani shakllantirishga doir nazariy va amaliy, ta’lim oluvchilarning mazkur faoliyat turiga motiv, qiziqishlari intensivligini ta’minlaydigan psixologik tayyorlikning o‘zaro aloqadorligi va shartlanganligi empirik asoslash hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini texnologik topshiriqlar asosida algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning analitik-tanqidiy tafakkurning chaqiriq, anglash va fikrlash bosqichlariga muvofiq o‘qitish strategiyalarini adaptiv qo‘llash mantig‘iga doir takliflaridan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i, 55195 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda algoritmik fikrlashni shakllantirishga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Muqobil+Variant+Imkoniyat texnologiyasi asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlash metodikasi bilimlarni mobilizatsiyalash, o‘quv jarayonini tizimli loyihalash, topshiriqlar mazmuni variativligini ta’minlashga qaratilgan didaktik mexanizmning taktik va strategik maqsadlarining metavazifalar bilan identivligiga doir taklif va tavsiyalaridan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Informatikaning nazariy asoslari” nomli o‘quv darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrgi 537-sonli buyrug‘i
537493 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni algoritmik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.
texnologik topshiriqlar asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini algoritmik fikrlashini rivojlantirishga tayyorlashning metodik ta’minoti differensial, konstruktiv, geymifikatsiya, kollaborativ, refleksiya mezonlarga muvofiq baholashning innovatsion shakllari validligiga doir taklif va tavsiyalaridan FZ-2020010829-raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” loyihasining dasturiy ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada, OTMlarda mustaqil ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.