Shokirov Shaxrizod Shukurulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikrining roli» 22.00.02 – Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi sotsiologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/S150.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karimov Bobir Sharopovich sotsiologiya fanlari doktori, professor v\b.
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor Xolbekov Abdug‘ani Jumanazarovich; yuridik fanlari doktori, professor Hayitov Xushvaqt Saparbaevich.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» Respublikasi jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikrining rolini tadqiq etish orqali ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikrining o‘rni va rolini ko‘rsatuvchi ijtimoiy mezonlari (emotsional intellekt, hamjihatlilik, xalq bilan muloqot, maqsadga yo‘nalganlik, ehtiyojlar, manfaatlar, adolatparvarlik) ochib berilgan;
mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish profilaktik nazorat tizimining (vaziyatni nazoratga olish, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, farzandlar tarbiyasida ko‘zga tashlanayotgan noxush holatlarning barvaqt oldini olish, oiladagi ma’naviy muhit) yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan;
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikri ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilgan institutsional inklyuziv yondashuvni (harakat, hamkorlikdagi faoliyat, o‘zaro ko‘maklashuv, muammolarni birgalikda echish) joriy etishning ijtimoiy samaradorligi sotsiologik asoslantirilgan;
oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi asosida ta’lim tizimida jamoatchilik fikrini mustahkamlashga asoslangan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga yo‘naltirilgan boshqaruv metodikasining ijtimoiy samaradorligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikrining rolini tubdan takomillashtirishda keng jamoatchilik fikrining ahamiyati bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikrining o‘rni va rolini ko‘rsatuvchi ijtimoiy mezonlari (emotsional intellekt, hamjihatlilik, xalq bilan muloqot, maqsadga yo‘nalganlik, ehtiyojlar, manfaatlar, adolatparvarlik) ishlab chiqilganligidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida aholi muammolarini echish hamda ularning maqsadlari va jamiyatda integratsiyalashuvining pozitiv imkoniyatlarini kengaytirilishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 2024 yil 30 yanvardagi
№ 28\4-5-199–son ma’lumotnomasi). Natijada, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikri bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar takomillashtirildi hamda ichki ishlar xodimlarining bu boradagi kompetensiyalarini rivojlantirishda ijobiy samaradorlikka erishildi;
mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish profilaktik nazorat tizimining (vaziyatni nazoratga olish, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, farzandlar tarbiyasida ko‘zga tashlanayotgan noxush holatlarning barvaqt oldini olish, oiladagi ma’naviy muhit) yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilgan yo‘lga qo‘yilishi sotsiologik asoslantirilganligidan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida O‘zbekistonda «Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikri bilan ishlash imkoniyatlarini oshirish» mavzusida ijtimoiy so‘rov o‘tkazishda dissertatsiyada keltirilgan nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalardan foydalanildi («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2024 yil 25 yanvardagi 01-16\19–son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz tomonidan o‘tkazilayotgan intervyu hamda ijtimoiy tadqiqotlarda jamoatchilik fikrini o‘rganishda ijobiy natijalarga erishildi;
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikri ta’sirini kuchaytirishga yo‘naltirilgan institutsional inklyuziv yondashuvni (harakat, hamkorlikdagi faoliyat, o‘zaro ko‘maklashuv, muammolarni birgalikda echish) joriy etishning ijtimoiy samaradorligi sotsiologik asoslantirilganligidan «Nurafshon» telekanali teleko‘rsatuvlarida mazkur dissertatsiya ilmiy yangiliklari hamda ilmiy xulosalaridan «Tazarru», «Matonat manzili» ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent viloyati teleradiokanali» davlat muassasasining 2024 yil 30 yanvardagi №01-03-10–sonli dalolatnomasi). Natijada, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, mamlakatda demokratik jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatidan unumli foydalangan holda jamoatchilik fikri va nazoratini keng targ‘ib qilish hamda ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan;
oila-mahalla-ta’lim muassasi hamkorligi asosida ta’lim tizimida jamoatchilik fikrini mustahkamlashga asoslangan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga yo‘naltirilgan boshqaruv metodikasining ijtimoiy samaradorligi ochib berilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tizimi xodimlarining malakasini oshirish va mahallalarni metodik ta’minlash o‘quv uslubiy markazining 2024 yil 19-noyabrdagi 01-03/9-sonli dalolatnomasi). Natijada, mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda jamoatchilik fikri ta’sirini kuchaytirish uchun mahalla mas’ullari o‘quv dasturlari hamda o‘quv rejalariga dissertatsiya ilmiy xulosalaridan keng foydalanilgan. Bu o‘quvlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.