Narmanova Klara Eshnazarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish xususiyatlari” “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1079-raqam
Ilmiy rahbar: Otajonov Abror Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Tohirov Farhod, yuridik fanlar doktori, professor; Karaketova Dilnoza Yuldashevna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlarini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish hamda jinoyat huquqi nazariyasi va jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda ularning bunday jinoyatlarda faqat qasddan birgalashib qatnashgan holdagina jinoyatda ishtirokchilik deb topilishi shartligi asoslantirilgan;
bajaruvchining qilmishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun uning tushunchasini jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud jinoyatning sodir etilishida u bilan birgalikda qatnashgan boshqa ishtirokchilar (birga bajaruvchi) bajaruvchi deb topiladi, mazmunida bayon qilish lozimligi asoslantirilgan;
tashkilotchining qilmishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun uning tushunchasini jinoyat sodir etilishini tashkil qilgan yoki uning tayyorlanishi yoxud sodir etilishini boshqargan, jinoyat ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirgan shaxs tashkilotchi deb topiladi, mazmunida bayon qilish zarurligi asoslantirilgan;
dalolatchining qilmishini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun uning tushunchasini boshqa shaxsni haq evaziga og‘dirib olish, zo‘rlik ishlatish, aldash yoki boshqa har qanday usulda jinoyat sodir etilishiga undagan shaxs dalolatchi deb topiladi, mazmunida bayon qilish lozimligi asoslantirilgan;
qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashayotgan ikki yoki undan ortiq shaxslar faqatgina aqli raso va javobgarlik yoshiga to‘lgan bo‘lsalar, qilmish ishtirokchilikda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
ishtirokchilar qilmishini kvalifikatsiya qilishda qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashayotgan ikki yoki undan ortiq shaxslarning birida mavjud bo‘lgan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki engillashtiruvchi holat faqat shu ishtirokchiga nisbatan qo‘llanilishi kerakligi asoalantirilgan;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi, qismida maxsus subekt javobgarligini nazarda tutuvchi jinoyatning bajaruvchisi faqat shunday belgiga ega shaxs bo‘la olishi va agarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi, qismida maxsus subekt javobgarligini nazarda tutuvchi jinoyatni sodir etishda, shunday subekt belgisiga ega bo‘lmagan shaxs qatnashgan bo‘lsa, u jinoyatning tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi tariqasida javobgar bo‘lishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya ishining natijalaridan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan:
jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud jinoyat sodir etilishida u bilan birgalikda qatnashgan boshqa ishtirokchilar (birga bajaruvchi) jinoyatning bajaruvchisi va jinoyat sodir etilishini tashkil qilgan yoki uning tayyorlanishi yoxud sodir etilishini boshqargan, jinoyat ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirgan shaxs tashkilotchi hamda boshqa shaxsni haq evaziga og‘dirib olish, zo‘rlik ishlatish, aldash yoki boshqa har qanday usulda jinoyat sodir etilishiga undagan shaxs dalolatchi deb topilishi haqidagi takliflaridan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunining 1-moddasi 2-qismi 2–5-xatboshilarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 22-oktyabrdagi 21/q-08-60-son dalolatnomasi). Ushbu taklif alohida turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat ishtirokchilarining turlarini aniqlash va ularni javobgarlikka tortishni kafolatlashga xizmat qiladi;
qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashayotgan ikki yoki undan ortiq shaxslar aqli raso va jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lgan bo‘lsalar, qilmish ishtirokchilikda sodir etilgan deb kvalifikatsiya qilinishi lozimligi haqidagi taklifidan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 4-qismi 2-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 22-oktyabrdagi 21/q-08-60-son dalolatnomasi). Ushbu taklif ikki yoki undan ortiq shaxslarning birgalikda qilmishlarini ishtirokchilik yoki ishtirokchilik deb topmaslik masalani huquqiy jihatdan hal qilishga xizmat qiladi;
qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashayotgan ikki yoki undan ortiq shaxslarning birida mavjud bo‘lgan javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki engillashtiruvchi holat faqat shu ishtirokchiga nisbatan qo‘llanilishi lozimligi haqidagi taklifidan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 4-qismi 3-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 22-oktyabrdagi 21/q-08-60-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tergov va sud amaliyoti xodimlarining ishtirokchilikda sodir etilgan alohida turdagi jinoyatlarga to‘g‘ri huquqiy baho berish hamda qonun normalarini to‘g‘ri qo‘llashiga xizmat qiladi;
Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi, qismida maxsus subekt javobgarligini nazarda tutuvchi jinoyatning bajaruvchisi faqat shunday belgiga ega shaxs bo‘la olishi va agarda Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi, qismida maxsus subekt javobgarligini nazarda tutuvchi jinoyatni sodir etishda, shunday subekt belgisiga ega bo‘lmagan shaxs qatnashgan bo‘lsa, u jinoyatning tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi tariqasida javobgar bo‘lishi lozim degan taklifidan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 1-moddasi 4-qismi 4-xatboshisini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 22-oktyabrdagi 21/q-08-60-son dalolatnomasi). Ushbu taklif maxsus subektli jinoyatlarda ishtirokchilik bilan bog‘liq qilmishlarga to‘g‘ri huquqiy baho berish va ular uchun javobgarlikni individullashtirishga xizmat qiladi.