Yusupov Komil Tursunovich
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurash xalqaro qoidalari, texnikasi va taktikasining jaxonda tutgan o‘rni”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8940.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratilla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Azizov Nosirjon Nematillaevich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurash sport turini ommalashtirishda musobaqa qoidalari, hakamlik ishoralari, kurashda foydalaniladigan maxsus inventarlarni zamon talablariga moslashtirish va kurashchilarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
milliy kurash sport turini dunyo miqyosida rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini (Chala, yonbosh, dakki, g‘irrom) ishlab chiqish hisobiga xalqaro kurash asotsatsiyasi “IKA” tashkil etilgan;
kurashchilarni texnik-taktik harakatlarga samarali o‘rgatishda kurash usullarini qismlarga bo‘lib bajarish, turli-xil vaziyatlarda usulni qo‘llash, usulga qarshi himoyalanish, mashq qilish vaqti, takrorlanish sonini inobatga olgan holda kurash musobaqalariga tayyorlash dasturi ishlab chiqilishi hisobiga kurashchilarni maqsadli tayyorlash uslubiyati takomillashtirilgan;
kurash mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va o‘tkazish maqsadida kurash texnik-taktik harakatlariga o‘rgatuvchi innovatsion “Best wrestling” mobil ilova ishlab chiqilishi hisobiga shug‘ullanuvchilarning mashg‘ulotlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati oshirilgan;
milliy kurash sport turini, turli iqlim sharoitidagi  davlatlarda keng tarqalishini ta’minlash maqsadida “xalqaro “Sohil kurashi” qoidalari” (bellashuv vaqti, baholash mezonlari, hakamlik ishoralari) ishlab chiqish hisobiga kurash sport turini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish imkoniyati kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kurash sport turini mamlakatimiz va jahon miqyosida omamlashtirish va rivojlanish bosqichlari natijalarni hisobga olish va tahlil qilishning yagona tizimi asosida:  
    milliy kurash sport turini dunyo miqyosida rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazishda Kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini (№ 000665) ishlab chiqish hisobiga xalqaro kurash asotsatsiyasi “IKA” tashkil etilgan hamda “Kurash musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish qoidalari” nomli asar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat vakilliligining 2000-yil 23-oktyabrdagi 326-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro miqyosida o‘tkazilayotgan musobaqalarda Osiyo davlatlarining ishtiroki 12,9% ga, Evropa davlatlarining ishtiroki 13,4% ga oshgan;
kurashchilarni texnik-taktik harakatlarga samarali o‘rgatishda kurash usullarini qismlarga bo‘lib bajarish, turli-xil vaziyatlarda usulni qo‘llash, usulga qarshi himoyalanish, mashq qilish vaqti, takrorlanish sonini inobatga olgan holda kurash musobaqalariga tayyorlash dasturini ishlab chiqib xalqaro sport musobaqalariga joriy etish hisobiga milliy kurash sport turimizning dunyo miqyosida tan olinishini qit’alararo ommalashish imkoniyati kengaytirilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 20-iyuldagi (№ SDP 00731 patent guvohnomasi). Natijada kurashchilarni musobaqa faoliyatini takomillashtirish, bu esa hujum harakatlari 12,8% ga, himoya harakatlari 9,7% ga, qarshi hujum harakatlari esa 10,7 ga yaxshilangan;
kurash mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va o‘tkazish maqsadida kurash texnik-taktik harakatlariga o‘rgatuvchi inovatsion “Best wrestling” mobil ilova ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2022-yil 14-iyundagi (№ SAP 02303 patent guvohnomasi) ishlab chiqilgan. Natijada umumiy urinishlar soni 8,4% ga, baholangan urinishlar soni 11,3% ga, hujum oralig‘idagi vaqt 7,5% ga oshganligi aniqlangan;
milliy kurash sport turini, turli iqlim sharoitidagi  davlatlarda keng tarqalishini ta’minlash maqsadida “xalqaro “Sohil kurashi” qoidalari” (№ 000666) ishlab chiqish hisobiga kurash sport turini olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish qoidalari” nomli asar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat vakilliligining 2000-yil 23-oktyabrdagi 326-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy kurash sport turini, turli iqlim sharoitidagi davlatlarda keng tarqalishini ta’minlash samaradorligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish