Abduvaliev Davlatali Muxamadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Pishitilgan iplarning sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tadqiqi asosida paxta tolali iplarni pishitishga tayyorlashning texnologiyasini takomillashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/T3969
Ilmiy rahbar: Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Jo‘ramirza Abduramatovich, texnika fanlari doktori, professor; Raxmatulinov Farrux Faridovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iplarni pishitishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida, taranglikni ballon orqali ta’minlash hamda kam buramli qo‘shib-pishitish jarayonini hosil qilgan holda pishitilgan ip sifatini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iplarni qayta o‘rash mashinasining ta’minlash qurilmasi takomillashtirilib, mavjud mashinalardan farqli, bir vaqtda 2 tadan 6 tagacha bo‘lgan iplarga kam miqdorda buram berib hamda qo‘shib o‘rash imkonini beruvchi ta’minlash qurilmasining konstuksiyasi yaratilgan;
o‘rash mashinasida ip xossalarini bashoratlash asosida buram burchagida tolalarni vint egri chizig‘i bo‘ylab taqsimlanishini va tolalarni sirpanish kuchi hamda sirpanishga qarshilik kuchini ip qatlami radiusiga bog‘liqligi aniqlangan;
yangi konstruksiyadagi qo‘shib - o‘rash mashinasining o‘rash tezligi, diskning aylanish tezligi va ta’minlash o‘ramidan taranglikni rostlash qurilmasigacha bo‘lgan masofaning maqbul qiymatlari topilgan hamda regressiya tenglamalari olingan;
takomillashgan qo‘shib - o‘rash mashinasida ip shakllanishidagi deformatsiya, buram va sirpanishni inobatga olgan holda ipning cho‘zilishdagi to‘liq deformatsiyasini aniqlash formulasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iplarni pishitishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, taranglikni ballon orqali ta’minlash hamda kam buramli qo‘shib-pishitish jarayonini hosil qilgan holda pishitilgan ip sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
yangi konstruksiyali iplarni qayta o‘rash mashinasining ta’minlash qurilmasi Namangan shahridagi «Namangan paxta teks» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 29-noyabrdagi № 03/06-3227-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyali iplarni qayta o‘rash mashinasining ta’minlash qurilmasi qo‘llash orqali olingan iplarning chiziqli zichligi bo‘yicha notekisligi 2,32% ga, chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 3,41% ga kamaygan, nisbiy pishiqligi 3,54% ga va uzilishdagi uzayishi 3,41% ga oshgan. Mashinaning unumdorligi 11,5% ga oshishi hisobiga korxonada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradorlik 362,88 mln (uch yuz oltmish ikki million sakkiz yuz sakson sakkiz ming) so‘mni tashkil qilgan.