Eshkobilova Feruza Urazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek  bolalar  o‘yin  folklorining  lingvokulturologik  xususiyatlari qiyosiy-tipologik tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4728.
Ilmiy rahbar: Xalilova Dilbar Jalilovna, filologiya fanlari doktori,  dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Oxunjonovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek bolalar o‘yin folklorining lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik aspektda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek bolalar o‘yin folklori g‘oyaviy mazmuni ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamoyili, ijro tabiati, obrazlar talqini, kelib chiqish asoslari, ichki turlari kabi mushtarak, biroq milliy mohiyatini yuzaga chiqaradigan xalqchil g‘oyalar, umuminsoniy qarashlar, lingvokulturema va lingvistik xususiyatlar bilan bog‘liq differensial o‘ziga xosliklar kasb etishi dalillangan;
qiyoslanayotgan tillardagi bolalar o‘yin folklori orasida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, ajdodlar kasb-hunariga hurmat va sadoqat, hayvonlarga mehr, maishiy-madaniy turmush voqeliklariga e’tibor mavzusidagi o‘yinlar har ikkala xalqning tarixiy o‘tmishi, dunyoqarashi, milliy ruhiyati, ijtimoiy-madaniy turmush tarzi, yashash sharoiti orqali namoyon bo‘lishi aniqlangan;
har ikkala til bolalar o‘yin folklorida o‘yin debochasi bilan bog‘liq chorlamalar, cheklashmachoqlar, sanamalar; o‘yin yakuniga aloqador tarqalmachoqlar; o‘yin jarayoniga daxldor qo‘shiqlarning struktural hamda poetik xususiyatlari, satira va yumor ifodasi tipologik mushtaraklikda namoyon bo‘lishi asoslangan;
har ikkala til bolalar o‘yin folkloridagi syujet va obrazlarning umumiy epik qonuniyatlar asosida paydo bo‘lishi va tadrijiy takomilga erishishi kattalarning kasb-kori, turli marosim va urf-odatlar, mehnat va madaniy turmush predmetlaridan nusxa ko‘chirish, hayotiy voqealarni badiiy-estetik jihatdan aks ettirishi zamirida voqelanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek xalq bolalar o‘yinlarini qiyosiy-tipologik jihatdan o‘rganish, o‘xshash va farqli xususiyatlarini, badiiyatini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek bolalar o‘yin folklori g‘oyaviy mazmuni, ijtimoiy voqelikni tasvirlash tamoyili, ijro tabiati, obrazlar talqini, kelib chiqish asoslari, ichki turlari kabi mushtarak, biroq milliy mohiyatini yuzaga chiqaradigan xalqchil g‘oyalar, umuminsoniy qarashlar, lingvokulturema va lingvistik xususiyatlar bilan bog‘liq differensial o‘ziga xosliklar kasb etishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida F-7-13 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 4-apreldagi 04/11-2604-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek xalq bolalar o‘yinlaridagi mushtaraklik, o‘ziga xosliklarning aniqlanishi o‘zbek folkloridagi o‘yinlarning janriy, g‘oyaviy-badiiy, milliy, kompozision xususiyatlarini boshqa noqardosh va qardosh xalqlarning o‘yin folklori bilan qiyosiy o‘rganishda muhim faktik material bo‘lishga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillar bolalar o‘yinlari orasida vatanparvarlik, do‘stlik, mehnatsevarlik, ajdodlar kasb-hunariga hurmat va sadoqat, hayvonlarga mehr, maishiy-madaniy turmush voqeliklariga e’tibor mavzusidagi o‘yinlar har ikkala xalqning tarixiy o‘tmishi, dunyoqarashi, milliy ruhiyati, ijtimoiy-madaniy turmush tarzi, yashash sharoiti orqali namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-201709134 “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha ingliz tili o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2024-yil 3-apreldagi 04/11-2548-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek folklorshunosligi uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar berishi, folklor tarixi, chog‘ishtirma tilshunoslik, qiyosiy folklorshunoslik, lingvofolkloristika, lingvokulturologiya kabi fanlar bo‘yicha yaratilgan darslik va qo‘llanmalarning mukammallashuviga xizmat qilgan;
har ikkala til bolalar o‘yin folkloridagi syujet va obrazlarning umumiy epik qonuniyatlar asosida paydo bo‘lishi va tadrijiy takomilga erishishi kattalarning kasb-kori, turli marosim va urf-odatlar, mehnat va madaniy turmush predmetlaridan nusxa ko‘chirish, hayotiy voqealarni badiiy-estetik jihatdan aks ettirishi zamirida voqelanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi badiiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, to‘garaklar faoliyatida, mahorat darslarida, yosh ijodkorlar bilan kitobxonlik uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi 2024-yil 11-sentyabrdagi 01-03/806-son ma’lumotnomasi). Natijada ikkala xalqlarning folklorini o‘rganishda, ingliz va o‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvning amalga oshirilishida metodik yordam sifatida xizmat qilgan;
har ikkala til bolalar o‘yin folklorida o‘yin debochasi bilan bog‘liq chorlamalar, cheklashmachoqlar, sanamalar, o‘yin yakuniga aloqador tarqalmachoqlar, o‘yin jarayoniga daxldor qo‘shiqlarning struktural hamda poetik xususiyatlari, satira va yumor ifodasi tipologik mushtaraklikda namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Bolajon” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-noyabrdagi 1705221-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilib, ilmiy-ommabopligi oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish