Xabibillaev Nodirbek Nosirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tili so‘z tarkibi lug‘atini tuzishning lingvistik asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.3.PhD/Fil4037.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek tili so‘z tarkibi lug‘atini yaratishning lingvistik asoslarini ko‘rsatish va belgilash hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilshunoslarining morfemaga bo‘lgan munosabati o‘rganilishi natijasida ikki xil qarash: ushbu birlikka nisbatan an’anaviy talqin va yangicha fikr tarafdorlari (so‘zning asos qismini morfema sifatida sanamaydiganlar)ning qarashlari tahlilga tortilgan va morfema so‘zning tarkibiy qismi emasligi dalillangan;
 “sar” lisoniy elementining 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bugungi kunga qadar alohida leksema sifatida qayd etilishiga qaramay, manbalarda bu o‘z lisoniy ifoda va vazifasini topmayotganligi masalasi aniqlanib, uning leksema sifatidagi o‘rni dalillangan;
o‘zbek tilshunos olimlarining “affiksoid” borasidagi fikrlari natijasida ushbu terminning ahamiyasiz ekanligi hozirda amaliy faoliyatda bo‘lgan “O‘zbek tilining morfem lug‘ati” hamda “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”asosida uning morfema va alohida mustaqil so‘z sifatidagi o‘rni belgilab berilgan.
    manbalarning o‘rganilishi natijasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda yangi “O‘zbek tilining so‘z tarkibi lug‘ati” shakllantirilgan hamda murakkab tarkibga ega so‘zlar (ravishlar, bir necha prefiksli so‘zlar, o “interfiks”li so‘zlar, arab artiklli so‘zlar, izofali birikmalar, qaratqichli birikmalarning leksikalizatsiyasi, to‘ldiruvchili birikmalar, ega-kesim munosabatli birliklar) alohida-alohida guruhlar kesimida ular tarkibga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
“sar”ning leksema ekanini ochib berish haqidagi, affiksoid terminining o‘zbek tilshunosligi uchun noo‘rin ekanligi borasidagi, o‘zbek tilida infikslar masalasiga doir ma’lumotlarni to‘plash va ularning o‘zbek tili uchun xos emasligi, tilshunoslikning so‘z tarkibi hamda morfemika bo‘limlari alohida-alohida ekanligi borasidagi fikrlar, mulohaza va to‘xtamlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 – 2024-yillarda  amalga oshirilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-avgustdagi № 04/1-2140 son ma’lumotnomasi). Natijada affiksoid termini, o‘zbek tilida infikslar masalasi, so‘z tarkibi hamda morfemika bo‘limlari yangi ilmiy qarashlar bilan boyitilgan;
zamonaviy o‘zbek tilshunosligining rivojlanishida, o‘zbek tili birliklari lisoniy qiymatini baholash va tasniflashda, ularni Evropa tillari qoliplaridan chiqarishda, har bir lisoniy qiymatni shu birlik yashab turgan muhitda – o‘zbek tilining tizimiy qurilishini tahlil va tasnif etishda, bu birliklarni qayta baholashda, shu asosda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga molik o‘rin va  xulosalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2023-2024-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 21-avgustdagi № 04/1-2141 son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy birliklarni tarkibga ajratishga oid metodologiya yangi nazariy xulosalar bilan kengaygan va boyigan;
murakkab tarkibga ega bo‘lgan birliklarning (ravishlar, bir necha prefiksli so‘zlar, o “infiks”li so‘zlar, arab artiklli so‘zlar, izofali birikmalar, qaratqichli birikmalarning leksikalizatsiyasi, to‘ldiruvchili birikmalar, ega-kesim munosabatli birliklar) hamda  o‘zbek tilining izohli (1981, 2006-2008, 2022-yillardagi nashrlar asosida) hamda imlo lug‘atlaridagi lug‘aviy birliklarning tarkibga ajratilishi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yilning mart va avgust oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan  (O‘zMTRKning 2024-yil 23-sentyabrdagi 04-36-1047-son dalolatnomasi). Natijada efirga uzatilgan ko‘rsatuv va eshittirishlarning tomoshabobligi ortgan hamda ular mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish