G‘oyibnazarov Qilich Xudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoramollar teyleriozining maxsus profilaktikasi”, 03.00.06 – Zoologiya (veterinariya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V126
Ilmiy rahbar: Gafurov Aktam Gafurovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Daminov Asadullo Suvonovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Isaev Jasur Muzaffarovich, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: SamDTU huzuridagi L.M.Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoramollar teylerioziga qarshi maxsus profilaktik vosita ishlab chiqish va uning reaktogenlik va immunogenlik xususiyatlarini eksperimental tajribalarda va ishlab chiqarish sharoitida o‘rganish hamda amaliyotga joriy qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Qashqadaryo viloyati tog‘ oldi hududlarida qoramollar orasida teyleriozning epizootologik holati o‘rganilgan va ularning 7,6 foizi teylerioz bilan kasallanganligi aniqlangan;
har xil hududlardagi qoramollardan topilgan Th.annulata shtammini virulentlik va morfologik xususiyatlari eksperimental tajribalarda o‘rganilgan hamda teyleriozga qarshi maxsus profilaktik vosita ishlab chiqarish uchun past virulentli shtammlar ajratilgan;
qoramollar teylerioz kasalligiga qarshi kultural vaksinaning tajriba seriyasi ishlab chiqilib uning reaktogenlik va immunogenlik xususiyatlari aniqlangan hamda texnologik reglamenti ishlab chiqilgan;
Ilk bor qoramollarning teylerioz kasalligiga qarshi maxsus profilaktik vosita veterinariya amaliyotiga joriy qilingan va uning profilaktik samaradorligi 6 oygacha bo‘lgan muddatni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoramollar teyleriozining maxsus profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida:
“Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoozlari” (2022 y.), “Qoramollar teyleriozining diagnostikasi” (2023 y.) bo‘yicha qo‘llanmalar hamda “Qoramollarning qon-parazitar kasalliklariga qarshi chora-tadbirlar” ga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 02/23-2304-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramolchilik xo‘jaliklarida qon-parazitar kasalliklarni zamonaviy diagnostikasida, davolashda va maxsus profilaktika qilishda ilmiy asos bo‘lgan hamda xo‘jaliklarni ushbu kasalliklardan sog‘lomlashtirish imkoni yaratilgan;
Qoramollar teylerioziga qarshi maxsus profilaktik vosita – “Qoramollar teylerioz kasalligiga qarshi kultural vaksina” va uning texnologik reglamenti yaratilgan va ilmiy ishlanma ishlab chiqarish sharoitida Kitob tumanining "Do‘stboy shorva" fermer xojaligidagi qoramollarda joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 9-oktyabrdagi 02/23-2304-son ma’lumotnomasi). Natijada qoramollar teylerioz kasalligiga qarshi kultural vaksinasi ilk bor veterinariya amaliyotiga joriy qilingan va  100 foiz profilaktik samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish