Abdigapbarov Azamat Saymbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sho‘rlangan tuproqlarda osh lavlagi (Beta Vulgaris L.) etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx664.
Ilmiy rahbar: Adilov Maxsud Mirvasitovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Dustmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Zokirjon Tadjiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan tuproqlari sharoitida osh lavlagi (Beta Vulgaris L) nav namunalarini to‘plamini qimmatli xo‘jalik belgilarini baholash, istiqbolli navlarini tanlash va etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan tuproqlarida osh lavlagini “Yagona” navida bahorgi va yozgi muddatlarda ildizmeva vazni 144 – 146 g, bir tupdagi barglar soni 13,5 – 14,6 dona, barglar uzunligi 20,9 – 23,6 sm va eni 15,4-15,5 sm ni tashkil etib boshqa va nav namunalari to‘plami qimmatli xo‘jalik belgilari baholangan;
sho‘rlangan maydonlarda etishtirishda “Yagona” navi o‘rta-ertapishar bahorgi va yozgi muddatlarda tovarbop hosildorlik 33,2 t/ga – 32,9 t/ga tashkil etib eng yaxshi nav sifatida ajratilgan;
laboratoriya sharoitida osh lavlagining “Yagona” navini NaCl – 0,5% li aralashma konsentrasiyasida urug‘lar unib chiqishi 17 %, NaSO4 - 0,5% li aralashma konsentrasiyasida 21,5 foizni tashkil etib, urug‘larni unuvchanligi 53 % va o‘sish quvvati 77 % ga yuqori bo‘lishi isbotlangan;
sho‘rlangan maydonlarda osh lavlagini bahorgi ekishda – 30/III, yozgi ekishda – 01/VI maqbul ekish muddati ekanligi aniqlangan;
bahorgi va yozgi ekishda osh lavlagi urug‘larini eng qulay ekish chuqurligi 3 sm ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida sho‘rlangan tuproqlarda osh lavlagini (Beta Vulgaris L.) etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
“As lәblebini jetistirio‘ texnologiyasi (Өndiriske usinis)” bo‘yicha (qoraqalpoq tilida) tavsiyanoma tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 iyundagi 03/026-2112-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar bugungi kunda Qoraqalpog‘iston sharoitida agroklaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa egalari ekin maydonlarida osh lavlagini etishtirish va undan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
osh lavlagining “Yagona” navini maqbul bahorgi va yozgi ekish muddatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumanidagi “Mansur-MMM” fermer xo‘jaligida 3,3 gektar, “Namunali Timur” fermer xo‘jaligida
3,79 gektar, Chimboy tumanidagi “Oraqbay-Polat” fermer xo‘jaligida 2,73 gektar, “Maqsetbay Tamara” fermer xo‘jaligida 2,74 gektar, “Dosbergen-Qosbergen” fermer xo‘jaligida 2,76 gektar, Nukus tumanidagi “Axmatshax” fermer xo‘jaligida 1,04 gektar, jami 16,36 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 iyundagi 03/026-2112-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida maydon birligidan eng yuqori hosildorlik osh lavlagining “Yagona” navida bahorgi 1-apreldagi ekish muddatlarida o‘rtacha gektariga 34,8 tonna va yozgi 1-iyundagi ekish muddatida o‘rtacha gektariga 36,4 tonna hosil olishga, etishtirilgan mahsulotdan o‘rtacha 14,4 mln. so‘m yuqori daromad olishga hamda rentabellik darajasiga ko‘ra, 103,7% iqtisodiy samaradorlikka ko‘tarish imkonini bergan;
osh lavlagini (Beta vulgaris L.) Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq iqlim sharoitida taklif etilgan urug‘ini ekish chuqurligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumanidagi “Mansur-MMM” fermer xo‘jaligida 1,2 gektar, “Namunali Timur” fermer xo‘jaligida 0,56 gektar, Chimboy tumanidagi “Oraqbay-Polat” fermer xo‘jaligida 1,18 gektar, “Maqsetbay Tamara” fermer xo‘jaligida 1,94 gektar, “Dosbergen-Qosbergen” fermer xo‘jaligida 1,11 gektar, Nukus tumanidagi “Axmatshax” fermer xo‘jaligida 0,82 gektar, jami 6,82 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 iyundagi 03/026-2112-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydon birligidan eng yuqori hosildorlik osh lavlagining “Yagona” navida urug‘larni ekish chuqurligi bo‘yicha o‘rganilganda bunda eng optimal varianti 3 sm chuqurlikda ekilgan urug‘larni yaxshi natija va hosil berganligi, bunda bahorgi ekish muddatlarida hosildorlik o‘rtacha gektariga 32,4 tonna va yozgi ekish muddatda esa o‘rtacha hosildorlik gektariga 33,5 tonna, o‘rtacha 14,2 mln. so‘m yuqori daromad olishga imkonini bergan. Maydon birligidan osh lavlagining “Yagona” navidan iqtisodiy samaradorlik hisoblanganda rentabellik darajasi 62-74 % samaradorlikka ko‘tarish imkonini bergan.