Mardonov Alisher Abdunazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston sharoitida qutqaruvchi-g‘avvoslar mehnat faoliyati samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi 05.10.01 – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” ixtisosligida dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3783.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori (DSc), professor, Qurbonboev Shuxrat Ergashevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar:
Suleymanov Adiljon Arifjonovich – texnika fanlari doktori, professor, I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti professori;
Nurmamatova Rahima Rahmonovna – texnika fanlari doktori (DSc), professor, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarining malakasini oshirish markazi kafedra mudiri.
Yetakchi tashkilot: Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qutqaruvchi-g‘avvoslarning shaxsiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash, tezkor va tizimli qutqaruv ishlarini tashkillashtirish, mehnat faoliyati samaradorligini oshirishning usul va vositalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
qutqaruvchi-g‘avvoslarning tezkorlik bilan to‘g‘ri xarakatlanishi, o‘z vaqtida chuqur suvdan qutqaruv ishlari olib borishi uchun mashqlarni bajarish meyorlari va shartlari hisobga olingan, qutqarish toifalari turli xil hudud va sharoitlarda qo‘llaniladigan himoya vositalarini takomillashtirish samaradorligini barvaqt prognozlash usuli va modeli ishlab chiqilgan;
tez va sokin oqar suv daryo va kanallarining qumli maydonda oddiy sharoitga nisbatan “qutqaruvchi-g‘avvozlarning tezkor harakati” bo‘yicha 12-15% gacha ko‘p vaqt sarflanishi, tanlangan usulda tezkorlik bilan qutqaruvchi-g‘avvoslarning bartaraf etishni 10-12% gacha, mehnat muhofazasini ta’minlash samaradorligini 7-10% gacha oshirish mumkinligi aniqlanishiga erishilgan;
ilk bora qutqaruvchi-g‘avvoslarning suv ostida harakati jarayonida gavda holatlarini videoxranometraj usul orqali fotoxronometraji shakllantirilgan bo‘lib, qutqaruvchi g‘avvozlar 40 yoshdan oshgandan keyin, tana muskullarida o‘zgarishlar yuz berishi hisobiga tan jarohati olish holatlarini 5-8% gacha, mehnat xavfsizligini va tan jarohatlarini oldini olish 7-10% gacha yaxshilash usullari ishlab chiqilgan;
barokamera sharoitida, qutqaruvchi-g‘avvoslar organizmining yuqori bosimga chidamliligi, kasbiy yaroqliligini aniqlash va murakkab sharoitlarga ruhiy ko‘nikmasi ishlab chiqilgan uslubiyat yordamida qutqaruvchi-g‘avvoslarning sohaga tizimli tayyorgarlik sifatini belgilovchi mezonlarining koeffisienti asosida matematik modelashtirish ketma-ketligi ishlab chiqildi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qutqaruvchi-g‘avvoslarning maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mehnat faoliyati samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qutqaruvchi-g‘avvoslar bilan o‘tkazilgan mashqlar davomida yuqori bosimga chidamliligi va ruhiy tayyorgarligining ortib borishi hamda bunday mashg‘ulotlar yordamida qutqaruvchi-g‘avvoslarni yuqori bosim ta’sirlariga ko‘nikmalarini hosil qilish bilan erishish mumkinligi hamda qutqaruvchi-g‘avvoslarni suv ostida qancha chuqurlikka tushish imkoniyatlarini aniqlash va belgilash imkonini berishi “RBK-1200 rusumli g‘avvoslik barokamerasida qutqaruvchi-g‘avvoslarni tayyorlash” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi FVVning Maxsus vazifalarni bajaruvchi respublika ko‘p tarmoqli markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning Maxsus vazifalarni bajaruvchi respublika ko‘p tarmoqli markazining 2023 yil 10 sentyabrdagi 166-sonli dalolatnomasi). Natijada tez va sokin oqar suv daryo va kanallarining qumli maydonda oddiy sharoitga nisbatan “qutqaruvchi g‘avvozlarning tezkor harakati” bo‘yicha 12-15% gacha ko‘p vaqt sarflanishi, tanlangan usulda tezkorlik bilan yong‘inlarni bartaraf etishni 10-12% gacha, mehnat muhofazasini ta’minlash samaradorligini 7-10% gacha oshirish imkoniyatini bergan;
taklif qilingan usul yordamida respublikamizda g‘avvoslik faoliyati bilan shug‘ullanadigan insonlarning ijtimoiy himoyasi, xavfsizligini ta’minlash va mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga erishilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023 yil 5 oktyabrdagi 01/00-02/14-9642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qutqaruvchi g‘avvozlar 40 yoshdan oshgandan keyin, tana muskullarida o‘zgarishlar yuz berishi hisobiga tan jarohati olish holatlarini 5-8% gacha, mehnat xavfsizligini va tan jarohatlarini oldini olish 7-10% gacha yaxshilash imkoniyatini bergan.