Rustamova Dilnoza Ahmad qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy devonlari toshbosma nusxalarining matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil3655
Ilmiy rahbar: Hasanova Shafoat Saidbekovna, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
    Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mullaxo‘jaeva Karomat Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan shoir toshbosma devonlarining mufassal manbashunoslik tadqiqini amalga oshirish, ushbu toshbosma nusxalarni nodir qo‘lyozma va joriy nashrlar bilan qiyosiy aspektda tekshirish, matniy tafovutlarning yuzaga kelish sabablarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
   Toshbosma nusxalarning monografik tavsifi ilk bora amalga oshirilgan, devonlar manbashunoslik doirasida tekshirilib, faol qo‘llanilgan janrlar va ularning matn xususiyatlari, o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan;
  toshbosma devonlar chop etilish va tarqalish areali Turkiston hamda boshqa hududlar kesimida aniqlangan;
 Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan, kataloglarda “G‘aroyib-us-sig‘ar”, “Badoe’-ul-vasat” deb nomlangan asarlarning barchasi aslida terma devon ekanligi, ularda davr adabiy muhitidagi faol janrlarga urg‘u berilgani, devonchilik an’analariga muvofiq debocha va xotima yozish saqlab qolingani kabi xususiyatlar ochib berilgan;
 toshbosma nusxalarni qo‘lyozma va joriy nashrlar bilan qiyoslash natijasida shoir rasmiy devonlariga kirmagan, biroq ayrim qo‘lyozmalarda uchraydigan 3 g‘azal va ikki ruboiy o‘rin olgani, yana 2 g‘azal va 1 ruboiyning Navoiy qalamiga mansub emasligi hamda devonlarning  №306 va №237-nusxalari boshqa nashrlardan ko‘ra to‘g‘riroq matnga ega ekanligi turli farqlanishlarni ko‘rsatish orqali isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy toshbosma devonlarining matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Navoiy lirikasining XX asrda g‘azal, tarj’band, qit’a, ruboiy, tuyuq, fard kabi faol janrlarning devonlardagi o‘rni, mavzu-mundarijasi, debocha va xotimalardagi o‘ziga xosliklar, toshbosma nusxalar tarkibidan aniqlangan she’rlar matni tahliliga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 17-yanvardagi 04/1-118-son ma’lumotnomasi). Natijada, Navoiy ijodining XIX – XX asr adabiy hayotidagi o‘rni, devonlarning saviyasiga oid ma’lumotlar elektron platforma materiallarini boyitishga xizmat qilgan.
 XX asr matbaachilik faoliyatida Navoiy devonlarining tutgan o‘rni, toshbosma asarlarning nashr etilish sabablari, kitobat san’atining toshbosma nusxalarga ko‘chishi, kotib va noshir hamkorligining lirik matnlarga ta’siri kabi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida 2018-2020-yilda bajarilgan “Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 24-iyundagi 3/1255-1415-son ma’lumotnomasi) Natijada, toshbosma devonlarning ilmiy tavsifi takomillashgan, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish