Usmonov Farrux Obitjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda uzoq muddatli aktivlar hisobini takomillashtirish”, 08.00.08-Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt841.
Ilmiy rahbar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xajimuratov Nozimjon Shukurllaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Maxmudov Saidjamol Qodirjonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsenti.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda uzoq muddatli aktivlar hisobini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Uzoq muddatli aktivlar” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ularning balansdagi tarkibiy tuzilishi hamda iqtisodiy manfaatdorlik ahamiyatidan kelib chiqib “Moliyaviy uzoq muddatli aktivlar” va “Nomoliyaviy uzoq muddali aktivlar” bo‘yicha guruhlash asosida takomillashtirilgan;
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari hamda milliy standartlarni taqqoslash asosida gudvilldan olingan natijalarni nomoddiy aktiv sifatida emas, balki moliyaviy faoliyat daromadlari sifatida tan olish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyat turidan kelib chiqib, 0199-“Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qo‘shimcha 0191-“Konservatsiya qilingan mashina, asbob-uskunalar, jihozlar va boshqa asosiy vositalar” va 0192-“Konservatsiya qilingan tugallanmagan qurilish” ishchi schyotlarini qo‘llash orqali foydalanilmayotgan asosiy vositalar harakati to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish taklifi asoslangan;
mavsumiy ishlab chiqarish xususiyatga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishchi buxgalteriya balansining «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limidagi “Asosiy vositalar” moddasiga qo‘shimcha “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” qiymatini kiritish orqali asosiy vositalarning balans qoldiq qiymatini to‘g‘ri aniqlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda tashkil etilgan uzoq muddali aktivlar buxgalteriya hisobi va hisobotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan quyidagi takliflar amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi:
iqtisodiy va moliyaviy manfaatdorlik jihatlaridan kelib chiqib, guruhlash uzoq muddatli aktivlarning foydalilik darajasidan kelib chiqib, ularni “Moliyaviy uzoq muddatli aktivlar” va “Nomoliyaviy uzoq muddatli aktivlar” bo‘yicha guruhlash berilgan takliflar (“Agro savdo holding” milliy donni qayta ishlash kompaniyasining 2023 yil 28 dekabrdagi 111/23-sonli ma’lumotnomasi, “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024yil 15 avgustdagi 5/205-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli aktivlarning balansdagi tarkibiy tuzilishi hamda iqtisodiy manfaatdorlik ahamiyatidan kelib chiqib to‘g‘ri guruhlash va baxolash imkoniyati yaratilgan;
buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari milliy standartlarini taqqoslash asosida hamda iqtisodiy moxiyatidan kelib chiqib, gudvilldan olingan natijalarni nomoddiy aktiv sifatida emas balki moliyaviy faoliyat daromadlari sifatida tan olish maqsadga muvofiqligi hamda gudvilldan olingan daromad sifatida tan olinganda, 9500-“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar” schyotining debet tomonida, 9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotining kredit tomonida aks ettirishni taklifi (“Agro savdo holding” milliy donni qayta ishlash kompaniyasining 2023 yil 28 dekabrdagi 111/23-sonli ma’lumotnomasi, “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024yil 15 avgustdagi 5/205-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona daromadlari 5 foizga o‘sishi kutilmoqda;
konservatsiya qilingan ob’ektlarning turlari bo‘yicha aloxida-aloxida ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Konservatsiya qilingan mashina va asbob-uskunalar” va “Konservatsiya qilingan tugallanmagan qurilish” bo‘yicha guruhlash hamda ularning hisobini tashkil etishda 0199-“Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qo‘shimcha 0191-“Konservatsiya qilingan mashina, asbob-uskunalar, jixozlar va boshqa asosiy vositalar” va 0192-“Konservatsiya qilingan tugallanmagan qurilish” ishchi schyotlaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklifi (“Agro savdo holding” milliy donni qayta ishlash kompaniyasining 2023 yil 28 dekabrdagi 111/23-sonli ma’lumotnomasi, “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024yil 15 avgustdagi 5/205-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning moliyaviy ahvoliga uzoq muddatli aktivlarning ta’sirini aniqlab bergan va ulardan foydalanish samaradorligi 3 foizga oshgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ishchi buxgalteriya balansining “Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limidagi “Asosiy vositalar” moddasiga qo‘shimcha “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” qiymatini kiritish orqali asosiy vositalarning balans qoldiq qiymatini to‘g‘ri aniqlash taklifi “Toshkentdonmahsulotlari” AKning 2023 yil 30 yanvar` 1-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“Agro savdo holding” milliy donni qayta ishlash kompaniyasining 2023 yil 28 dekabrdagi 111/23-sonli, “Toshkentdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 15 avgustdagi 5/205-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023 yilda xarajat summasini 2,2 foizga kamaytirishga, qayta tiklash xarajatlarining o‘rtacha qoplash muddatidan kelib chiqib, 2023 yil 1-choragi bo‘yicha 2022 yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha xarajatlarni 1,7 foizga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish