Madumarova Almaza Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi eradikatsiyasi natijasida vujudga kelgan yugon ichak disbiozning fizioterapiya usullari bilan oldini olish» 14.00.12 – Tibbiy reabilitologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1178.
Ilmiy rahbar: Xamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiy xodimlar kasbiy malakasini oshirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi, PhD.10/30.12.2019.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Aliaxunova Mavjuda Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Saloxitdinov Zuxiridin Saloxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi: eradikatsion terapiya olgandan keyin ichak disbiozi bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda fizioterapiya usullarini qullash metodologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi eradikatsiya terapiyasi natijasida ichak disbiozi kelib chiqish havfi mavjudligi, uning kasallik kechishini yomonlashuviga olib kelishi, residiv havfini oshirishi tufayli ushbu xastalikda vujudga keladigan ichak disbiozini bartaraf etish, uning asoratlarnini oldini olishga qaratilgan yondashuvlar ishlab chiqilgan;
santimetr diapazonli mikroto‘lqinli terapiya oqsil sintezini oshirish, jigar funksional faoliyatini yaxshilash, ichak hazm fermentlariga rag‘barlantiruvchi ta’sirini isbotlash tufayli, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi eradikatsiyasi asoratlarini oldini olish va davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
transkranial elektr stimullash usulini o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi eradikatsiya terapiyasidan keyin qo‘llash, me’da ichak trakti mikroekologiyasini tiklashi tufayli yugon ichak disbiozini bartaraf etishi isbotlangan;
santimetr diapazonli mikroto‘lqinli terapiya va transkranial elektr stimullash usullarini eradikatsiya terapiyasi asoratlarini oldini olish va tibbiy tiklash jarayonida qo‘llash, ularning immun tizimni rag‘batlantiruvchi ta’siri tufayli ichak mikrobiotsenozini va ichak funksional holatini tiklanishi, hazm qilish jarayonlarini me’erlashuvi va kasallikni qaytalanishini oldini olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 12 oktyabr 2021 y. № 8n-z/356 ma’lumotnomasi asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi eradikatsiya terapiyasi natijasida ichak disbiozi kelib chiqish havfi mavjudligi, uning kasallik kechishini yomonlashuviga olib kelishi, residiv havfini oshirishi tufayli ushbu xastalikda vujudga keladigan ichak disbiozini bartaraf etish, uning asoratlarnini oldini olishga qaratilgan yondashuvlar ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati shundaki, ushbu usullardan foydalanishda ichak disbiozining klinik ko‘rinishlarini kamayshi, davolashning samaradorligini oshishi, kasallikning qaytalanishi va asoratlarning oldini olishga erishiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazining gastroenterologiya bo‘limi hamda AJ «Chinobod sanatoriyasi» ning gastroenterologiya va fizioterapiya bo‘limida klinik amaliyotga joriy etilgan (MZ RUz № 8n-z/356, 12-oktyabr` 2021-yil). Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Fizioterapevtik muolajalarni xar biri o‘rtacha 20000 dan 40000 so‘mgacha bo‘lgan qiymatni tashkil etib, 10 kunlik davolanish kursi bemordan davolash 200000 dan 400000 so‘mga yaqin xarajatni talab qilinadi. Medikamentoz davolanish esa o‘rtacha 3000000 so‘m bo‘lib, ushbu xolatda iqtisodiy samaradorlik 2800000 dan 2600000 so‘mgacha bo‘lgan miqdorga teng. Xulosa: ishlab chiqilgan usullar iqtisodiy, profilaktik tibbiet va reabilitatsiya uchun manfaatlidir, chunki o‘n ikki barmoqli ichak yarasi eradikatsiyasidan so‘ng kelib chiqadigan asoratlar oldini olishga xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: santimetr diapazonli mikroto‘lqinli terapiya oqsil sintezini oshirish, jigar funksional faoliyatini yaxshilash, ichak hazm fermentlariga rag‘barlantiruvchi ta’sirini isbotlash tufayli, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi eradikatsiyasi asoratlarini oldini olish va davolashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati shundaki, SDM terapiyasini o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (O‘BIYaK) va ichak disbiozi bo‘lgan bemorlarda kompleks davoni qo‘llash natijalariga ko‘ra, eradikatsion terapiyadan keyin fermentativ faoliyat va metabolik jarayonlarning korreksiya samaradorligi oshgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazining gastroenterologiya bo‘limi hamda AJ «Chinobod sanatoriyasi» ning gastroenterologiya va fizioterapiya bo‘limida klinik amaliyotga joriy etilgan (MZ RUz № 8n-z/356, 12-oktyabr` 2021-yil). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Olingan natijalarni amaliyotga joriy etish orqali o‘n ikki barmoqli ichak yarasi (O‘BIYaK) va yo‘g‘on ichak disbiozi bo‘lgan bemorlarda ferment sintezi buzilishini oldini olish va davolash, shuningdek, hazm qilish jarayonlarini yaxshilash imkoni paydo bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: SDM terapiyasini o‘tkazish natijasida davolash xarajatlarini 2800000 so‘mgacha kamaytirish mumkin. Chunki SDM terapiyasining 1 muolajasi 20000 so‘mni tashkil etib, 10 kunlik kurs 200000 so‘mga teng bo‘ladi, ammo preparatlar bilan davolash kursi o‘rtacha 3000000 so‘mni talab qilgan. Xulosa: SDM terapiyasi xarajatlari va kasallikni davolash muddatlarini kamaytirishga, metabolik jarayonlarni yaxshilash hisobiga bemorlar holatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: transkranial elektr stimullash usulini o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi eradikatsiya terapiyasidan keyin qo‘llash, me’da ichak trakti mikroekologiyasini tiklashi tufayli yugon ichak disbiozini bartaraf etishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati shundaki, TKES qo‘llanilganda olingan natijalar asosida ichak mikrobiotsenozi sezilarli darajada yaxshilandi, bu esa organizmning immunologik reaktivligini oshishiga olib kelgan. Shuningdek, matematik tahlil asosida TKES bifido va laktobakteriyalar sonini yaxshilash bo‘yicha SDMga nisbatan yuqori ta’sirga ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy etish. Olingan ilmiy natijalar AJ «Chinobod sanatoriyasi» ning gastroenterologiya va fizioterapiya bo‘limlarida klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundaki, tadqiqot natijalari o‘n ikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan bemorlarda eradikatsiya terapiyasidan keyin yo‘g‘on ichak disbiozi holatini oldini olish va davolash imkonini bergan. TKES yordamida ushbu muammolarning echimi ta’minlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundaki, yo‘g‘on ichak disbiozini medikamentoz davolashning bir oylik kursi o‘rtacha 3000000 ming so‘mni tashkil etadi, agar 10 kunlik kurs olinsa, bu qiymat 1000000 so‘mni tashkil etgan. TKES qo‘llashda esa bemorning xarajatlari 400000 so‘mni tashkil etgan (davolash kursi uchun 10 muolaja). Iqtisodiy samaradorlik 2600000 ming so‘m bo‘lib, bu davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va kasallikni davolash muddatlarini uch baravar qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: TKES qo‘llanilganda ichak mikrobiotsenozi holati sezilarli darajada yaxshilanadi, bu esa moliyaviy jihatdan foydali bo‘lib, davolash muddatlarini qisqartirgan.
turtinchi ilmiy yangilik: santimetr diapazonli mikroto‘lqinli terapiya va transkranial elektr stimullash usullarini eradikatsiya terapiyasi asoratlarini oldini olish va tibbiy tiklash jarayonida qo‘llash, ularning immun tizimni rag‘batlantiruvchi ta’siri tufayli ichak mikrobiotsenozini va ichak funksional holatini tiklanishi, hazm qilish jarayonlarini me’erlashuvi va kasallikni qaytalanishini oldini olishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati shundaki, olingan natijalarga asosan har ikki usul organizmning immun tizimini rag‘batlantirishi va ichak disbiozi simptomlarini birdek samarali bartaraf qilishi aniqlangan. SDM terapiyasi hujayraviy immunitetni yaxshiroq stimulyasiya qilsa, TKES antiallergik ta’sirga ega ekani aniqlangan. Ilmiy yangilik amaliyotga joriy etish. Olingan ilmiy natijalar Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy terapiya markazi va AJ «Chinobod sanatoriyasi» da klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorlik shundaki, tadqiqot natijalari disbiozning klinik kechishini yaxshilashga va eradikatsion terapiyadan keyin immun tizimidagi jiddiy buzilishlarning oldini olishga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorlik. SDM va TKESdan foydalanish davolashda dorilardan foydalanmasdan immun javobini yaxshilash imkonini beradi, bu esa davolash xarajatlarini qisqa muddatlarda sezilarli darajada kamaytirgan. Disbiozni an’anaviy medikamentoz davolash (o‘rtacha) 2000000 so‘m bo‘lsa, taklif etilgan usullar 600000 so‘mga (10 kunlik kurs uchun) tushadi (1 muolaja TKES 40000 so‘m, SDM terapiya 20000 so‘m). Iqtisodiy samaradorlik 1400000 ming so‘mni tashkil etgan. Xulosa. Har ikki usulni qo‘llash kasallikning klinik kechishini yaxshilaydi, yo‘g‘on ichak disbiozi bo‘lgan bemorlarda immun holatini sezilarli darajada oshiradi va iqtisodiy jihatdan ham foyda keltirgan.