Shokirov Xasanboy Tuychiboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arrali tola ajratgich uchun tarkibli kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish va tayyorlash texnologiyasi” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2872
Ilmiy rahbar: Ergashev Sharibbooy Tulanovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muhammadjonovich , t.f.d. prof; Xoshimov Xalimboy Xamidjanovich, t.f.f.d., dots.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arrali tola ajratgich uchun yangi, tarkibli kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish yo‘li bilan tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toladan ajralgan chigitning kolosnik ishchi yuzasi bo‘ylab harakati dinamikasini tahlil qilish orqali kolosnik va chigit o‘rtasidagi turli ishqalanish koeffisientlarida ishchi kameradan chigitning chiqish tezliklari aniqlangan;
turli qotishmalardan tashkil topgan material ishchi yuzasi bilan chigit o‘rtasidagi ishqalanish koeffisientlarini o‘rganish asosida ishqalanish koeffisienti past (0,46 ga teng) bo‘lgan tarkibli kolosnik konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
eksperimental tadqiqotlarda xomashyo valigi harakatiga kolosnik markaziy egrilik radiusining kuchli ta’sir ko‘rsatishi va kolosnik markaziy egrilik radiusining eng past qarshilikni ta’minlovchi qiymati (R = 98 mm) aniqlangan va kolosnikning shunday radiusdagi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kolosnik yaroqlilik muddati kolosnik materialining yeyilish ko‘rsatkichiga bog‘liqligidan kelib chiqib, material yeyilish darajasining bosim kuchiga bog‘lanish qonuniyati aniqlangan va uning asosida po‘latning rangli metal bilan qotishmasi tavsiya etilgan hamda uning emirilish koeffisienti amaldagi cho‘yan materialidagidan past ekanligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali tola ajratgich uchun tarkibli kolosnik konstruksiyasini ishlab chiqish orqali tola ajratish jarayoni samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
arrali tola ajratgich mashinasi uchun tarkibli kolosnik ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining foydali modelga patenti olingan. Natijada arrali tola ajratgich tolasi ajratilgan chigitning ishchi kameradan tezroq chiqib ketishi jarayon unumdorligini oshirish imkonini bergan.
Arrali tola ajratgich mashinasi uchun ishlab chiqilgan tarkibli kolosnik  O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DMga qarashli “Chust elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 07/34-08/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar massaviy ulushini 0,5 %ga, chigitning mexanik shikastlanganligini 0,5-0,8%ga, qoldiq tukdorligini 0,5%ga kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish