Xasanova Gulsanam Xusanovnaning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash metodikasi (o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi misolida)”, 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.08.24.DSc/Ped315
Ilmiy rahbar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Ped.166.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Zamileva Rimma Ravilevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil ta’lim jarayonida o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash metodikasining samaradorligiga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy-madaniy faoliyatning tashkiliy-pedagogik xususiyatlari mustaqil ta’lim jarayonida ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillariga ustuvorlik berish orqali tashkiliy-pedagogik xususiyatlarga ta’sir etuvchi omillar jamiyat va madaniyatdagi o‘zgarishlar, talabalar ehtiyojlari, pedagogik tamoyillar hamda texnologik imkoniyatlarini aniqlash asosida ochib berilgan;
o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchan magistratura talabalarining o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish hamda o‘zining kasbiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali meta-kompetensiyalarni rivojlantirish modelining kognitiv, funksional, kasbiy va shaxsiy, motivatsion, kommunikativ, axborot-kommunikatsiya komponentlari mazmuni integrativ hamda innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali aniqlangan;
magistratura talabalari meta-profilini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, funksional, loyihali-tadqiqotli, shaxsiy mezonlari mezon-baholash tafsifining moslashuvchan, samarali, refleksiv-ijodiy darajalarini tasniflash talabalarning ijodiy nostandart vazifalarini hal qilish qobiliyatini maqsadli shakllantirishning o‘quv amaliyoti, muammo yoki vazifani hal qilish uchun ishchi prototipini yaratishga qaratilgan turli xil ta’lim yo‘nalishlari talablari va magistr mutaxassislari uchun loyihaga yo‘naltirilgan tanlov asosidagi texnololgiyalarini qo‘llab dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish  metodikasi takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonida magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash modelining motivatsion komponenti meta-kompetensiyalarni rivojlantirish uchun samarali strategiyalarni qo‘llash orqali, natijaviylik komponenti kontekstli yondashuv asosida interfaol texnologiyalar (“Ishbilarmonlik o‘yini”, “Research Roadmap”)ni ilmiylik, mavjudlik, kasbga yo‘naltirilganlik, mustaqillik va faollik tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash metodikasining samaradorligi loyihalash rejalashtirish jarayonlarini to‘g‘ri talqin qilish, loyihaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tashkiliy jarayonlarni tizimlashtirish qobiliyati, tahlil va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi, ijodkorlik va innovatsion yondashuv, muammolarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra hal qilish, ierarxik maqsadlar tizimini ishlab chiqish kabi sifatlarni eksperimental o‘rganish hamda ta’lim maqsadlariga vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash metodikasiga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqil ta’lim jarayonida ijtimoiy-madaniy faoliyatning tashkiliy-pedagogik xususiyatlari ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillariga ustuvorlik berish orqali tashkiliy-pedagogik xususiyatlarga ta’sir etuvchi omillar jamiyat va madaniyatdagi o‘zgarishlar, talabalar ehtiyojlari, pedagogik tamoyillar hamda texnologik imkoniyatlarni hisobga olish orqali aniqlashga qaratilgan takliflari “Research methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli ruxsatnomasi). Mazkur darslik magistratura talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligi, kasbiy kompetentligi darajalari, professor-o‘qituvchilarning kasbiy malakasi darajalarini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashuvchan magistratura talabalarining o‘z-o‘zini anglash, mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish hamda o‘zining kasbiy faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali meta-kompetensiyalarni rivojlantirish modelining kognitiv, funksional, kasbiy va shaxsiy, motivatsion, kommunikativ, axborot-kommunikatsiya  komponentlari mazmuni integrativ hamda innovatsion yondashuvlarga ustuvorlik berishga oid takliflari “Research methodology” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli ruxsatnomasi). Natijada “Research methodology” darsligi o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotni tizimli amalga oshirish  va meta-kompetensiyalarini takomillashtirishda  muhim resurs bo‘lib xizmat qilgan;
magistratura talabalari meta-profilini  shakllantirishning motivatsion, kognitiv, funksional, loyihali-tadqiqotli, shaxsiy mezonlari mezon-baholash tafsifining moslashuvchan, samarali, refleksiv-ijodiy darajalarini tasniflash talabalarning ijodiy nostandart vazifalarni hal qilish qobiliyatini maqsadli shakllantirishning o‘quv amaliyoti, muammo yoki vazifani hal qilish uchun ishchi prototipni yaratishga qaratilgan turli xil ta’lim yo‘nalishlari talablari va turli kasblar mutaxassislari uchun loyihaga yo‘naltirilgan tanlov asosidagi texnololgiyalarni qo‘llashga doir takliflaridan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Ilm-fan ruknidagi internet materiallarini takomillashtirishda foydalanildi (“Uza.uz” tahririyatining 2023-yil 3-oktyabrdagi 01-23/899-son ma’lumotnomasi). Taklif  etilgan tavsiyalar pedagogika ta’limi sohalarida  yangilanishlarni amalga oshirishga yordam bergan;
mustaqil ta’lim jarayonida magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash modelining motivatsion komponenti meta-kompetensiyalarni rivojlantirish uchun samarali strategiyalarni qo‘llash orqali, natijaviylik komponenti kontekstli yondashuv asosida interfaol texnologiyalar (“Ishbilarmonlik o‘yini”, “Research Roadmap”)ni ilmiylik, mavjudlik, kasbga yo‘naltirilganlik, mustaqillik va faollik tamoyillariga ko‘ra integratsiyalash va magistratura talabalarini ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlash metodikasining samaradorligi loyihalarni rejalashtirish jarayonlarini to‘g‘ri talqin qilish, loyihaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tashkiliy jarayonlarni tizimlashtirish qobiliyati, tahlil va hisobot tayyorlash ko‘nikmasi, ijodkorlik va innovatsion yondashuv, muammolarni ustuvorlik darajasiga ko‘ra hal qilish, ierarxik maqsadlar tizimini ishlab chiqish kabi sifatlarini eksperimental o‘rganish hamda ta’lim maqsadlariga vektorli yo‘naltirishga doir takliflaridan Respublika ta’lim markazida pedagogik dasturiy vositalar, boshqaruvda qarorlar qabul qilish, kadrlar tanlashdagi muhim omillar, kadrlar tanlash texnologiyasini ta’lim jarayoniga olib kirishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 28-sentyabrdagi 01/11-801-son ma’lumotnomasi). Natijalar ijtimoiy-madaniy faoliyatga tayyorlashda yangi yondashuvlar, magistrlarni kompetentli tayyorlashning didaktik ta’minoti bo‘yicha dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqish kabi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish