Rasulova Ma’muraxon Obidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy teri navlarining kimyoviy tarkibini tadqiq qilish va sinflash», 02.00.10 – Bioorganik kimyo, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K792.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Alidjan Aminovich kimyo fanlari doktori, professor; Amirova Toyiraxon Sheralievna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maxsadbek Muydinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Siddiqov G‘ofurjon Usmanovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida etishtiriladigan hayvon terilarining kimyoviy tarkibi hamda spektral tavsiflarini aniqlash, uyg‘unlashgan tizim asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya va energiya dispersli rentgen fluoressensiya usullari yordamida mahalliy sharoitda etishiriladigan hayvonlarning oshlanmagan va oshlangan terilari tarkibida 44 va 27 elementlarning miqdoriy qiymatlari isbotlangan;
qoramol, echki va qo‘y terilarining oqsil miqdori aniqlangan hamda 19 ta aminokislotalarning manbayi ekanligi hamda echki terisida neyromediator va energiya manbasi sifatida ta’riflanadigan glutamin kislotasi eng ko‘p miqdorda ekanligi isbotlangan;
qoramol, echki va qo‘y terilarining IQ-spektroskopik tavsiflarini tahlil qilish natijasida peptid bog‘lari uchun xos bo‘lgan xususiyatli yutilish sohalari aniqlangan;
qoramol, echki va qo‘y terilari kukunli difraktometriya usuli bilan tahlil qilingan va xususiyatli diffraksion cho‘qqilarni tahlil qilish natijasida hayvon terilarining kristallanish va amorflik darajasi aniqlangan;
o‘simlik ekstrakti bilan oshlangan qoramol va qo‘y terilari uchun tashqi iqtisodiy faoliyatda tovarlar nomenklaturasi qoidalariga asosan yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Teri mahsulotlarini kimyoviy tarkibini o‘rganish va tovar kodlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoramol, echki va qo‘y terilarini anor ekstraktlari bilan oshlash , kimyoviy moddalarni turli nisbatlarda qo‘llash orqali jarayon vaqti va oshlanish usuli Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar “PREMIUM LEATHER” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zcharmsanoat uyushmasining 2024 yil 24 iyuldagi AS-7/2156-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoramol, echki va qo‘y terilaridan eksport charm mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘simlik bilan oshlangan o‘simlik (anor ekstrakti bilan) mol terisi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha 4104 41 190 1 va o‘simlik ekstrakti bilan oshlangan (anor ekstrakti bilan) qo‘y terisi uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha 4105 30 900 1 kod raqamlari ishlab chiqilgan hamda Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2024 yil 4 dekabrdagi 7/05-24-2121-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida teri mahsulotlarini tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
qoramol, echki, qo‘y terilarining mineral va organik tarkibini aniqlash natijalaridan “Bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024 yil 25 iyundagi 218-son buyrug‘i) Natijada, oliy o‘quv yurtlarida bioorganik kimyo bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish