Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon o‘g‘lining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Onkoepidemiologik intellektual tizimlarni ishlab chiqishda obektlarni tanib olishning algebraik yondashuv algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4165.
Ilmiy rahbar: Xudayberdiev Mirzaakbar Xakkulmirzaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/05.05.2023.T.07.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Anvarjon Abdujabborovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi onkoepidemiologik intellektual tizimni ishlab chiqishda obektlarni tanib olishning algebraik yondashuvga asoslangan algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli toifadagi onkoepidemiologik ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishga mo‘ljallangan klasterlarda tranzitiv tutashuvni amalga oshirish usuli takomillashtirilgan;
saraton kasalligi bosqichlarini tasniflash imkonini beruvchi qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan algoritmlar to‘plami ustidan parallel ishlovchi ansamblni shakllantiruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
tanib olish operatorlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tahlil qilish va ularning vaznlar taqsimotiga nisbatan optimal muvozanatini ta’minlashga yo‘naltirilgan chiziqli tutashuvlarini amalga oshiruvchi algoritm ishlab chiqilgan;
turli xil onkologik patologiyalarni aniq identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ekstremal algoritmlar ansamblini shakllantirish va optimallashtirishga yo‘naltirilgan algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Algebraik yondashuvga asoslangan algoritmlar ansambli yordamida obektlarni tanib olish masalalarini echish uchun ishlab chiqilgan usul, algoritmlar va dasturiy majmua asosida:
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax filialida turli onkologik patologiyalarni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi ekstremal algoritmlar ansambliga asoslangan dasturiy majmua muvaffaqiyatli joriy etildi. Ushbu tizim saraton kasalliklarini tashxislashda aniqlikni oshirishga xizmat qilib, uning amaliyotga tatbiq etilishi (Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-03/663-son ma’lumotnomasi) bo‘yicha samarali deb baholandi. Joriy qilingan algoritmlar soha mutaxassislarining ish unumdorligini 18 foizga oshirgan.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialida qismiy presedentlik tamoyiliga asoslangan algoritm joriy qilindi (Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 21-noyabrdagi 02-03/663-son ma’lumotnomasi). Ushbu algoritm saraton bosqichlarini aniqlash va tashxis qo‘yish jarayonlarida aniqlik va samaradorlikni oshirib, soha mutaxassislari ish samaradorligini 15 foizga oshirishga erishilgan.