Tojiboev Salimjon Sodiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diabetik to‘piq sindromi: suyak metabolizmining buzulish jixatlari va uning tuzatish usullari”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3015.
Ilmiy rahbar: Kamalov Telman To‘laganovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dursunov Axmat Malikshaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sharko to‘pig‘ining rivojlanishida suyak metabolizmi markerlarining prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasida 10 yil davomida Sharko to‘pig‘i mavjud bemorlarda har qanday sinishlarning chastotasi, Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning davomiyligi va shakllanish xususiyatlariga ko‘ra, rentgendensitometrik baholash asosida qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan Sharko to‘pig‘i mavjud bemorlarda tana osteoporozining shakllanish xususiyatlari aniqlangan;
bitta tadqiqot doirasida qandli diabet 2-turining namoyon bo‘lish vaqtiga va diabetik oyoq panja sindromining klinik ko‘rinishlariga ko‘ra, suyaklar qayta tuzilishining biokimyoviy markerlarning (ionlangan kal`siy, paratireoid gormoni, ostaza, kal`sitonin, prokal`sitonin, osteokal`sin, beta cross laps, D3-vitamini) o‘rni asoslangan;
suyak metabolizmining eng samarali markerlari - ostaza, beta cross laps, D3 -vitamini qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda Sharko to‘pig‘i rivojlanishini prognostik markerlar ekanligi isbotlangan;
Sharko to‘pig‘i mavjud qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda kal`siy, D3-vitamini va bifosfonatlarni birgalikda iste’mol qilish suyaklarni qayta qurish jarayonlarini normallashtirishi va diabetik oyoq panja sindromi asoratlarining rivojlanishini oldini olishdagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharko to‘pig‘ining rivojlanishida suyak metabolizmi markerlarining prognostik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida 10 yil davomida Sharko to‘pig‘i mavjud bemorlarda har qanday sinishlarning chastotasi, Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning davomiyligi va shakllanish xususiyatlariga ko‘ra, rentgendensitometrik baholash asosida qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan Sharko to‘pig‘i mavjud bemorlarda tana osteoporozining shakllanish xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 28-sentyabr` 39-son bilan tasdiqlangan «Sharko to‘pig‘ini erta tashxislashda radiologik tekshiruvlar majmuasini amalga oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 44-son hamda Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 33-4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Sharko to‘pig‘idagi tana osteoporozini o‘z vaqtida aniqlash har qanday joyning patologik sinishi xavfini oldini olishga imkon beradi va shu bilan bemorning asoratlardan nogironlik xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 17 million so‘m (Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan 1 nafar bemorni 10 kun davomida kasalxonada davolash narxi o‘rtacha 23 million so‘mni, 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan 1 nafar DOPS bo‘lmagan bemorni esa 6 million so‘mni tashkil etadi) byudjet mablag‘lari Sharko to‘piqli bemorlarda suyak-mineral almashinuvini o‘z vaqtida baholash, o‘z navbatida, kasallikning dastlabki bosqichlarida asoratlarni aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bitta tadqiqot doirasida qandli diabet 2-turining namoyon bo‘lish vaqtiga va diabetik oyoq panja sindromining klinik ko‘rinishlariga ko‘ra, suyaklar qayta tuzilishining biokimyoviy markerlarning (ionlangan kal`siy, paratireoid gormoni, ostaza, kal`sitonin, prokal`sitonin, osteokal`sin, beta cross laps, D3-vitamini) o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 28-sentyabr` 39-son bilan tasdiqlangan «Sharko to‘pig‘ini erta tashxislashda radiologik tekshiruvlar majmuasini amalga oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 44-son hamda Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 33-4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: suyak metabolizmining markyorlarini har tomonlama baholash turli komponentlarni har tomonlama qamrab olishga yordam beradi, bu esa aholining eng yangi tibbiy texnologiyalar, monitoring va davolashning yangi usullaridan foydalanishi imkoniyatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 15 million so‘m byudjet mablag‘lari Sharko to‘pig‘i bilan bemorlarda suyak va mineral moddalar almashinuvi ko‘rsatkichlarini baholash, o‘z navbatida, kasallikning dastlabki bosqichlarida asoratlarni aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: suyak metabolizmining eng samarali markerlari - ostaza, beta cross laps, D3 -vitamini qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda Sharko to‘pig‘i rivojlanishini prognostik markerlar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 28-sentyabr` 39-son bilan tasdiqlangan «Sharko to‘pig‘ini erta tashxislashda radiologik tekshiruvlar majmuasini amalga oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 44-son hamda Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 33-4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan bemorlarda suyak va mineral holatini dinamik monitoring qilish muhim ahamiyatga ega, ayniqsa mumkin bo‘lganda asosiylari - ostaza, beta-kross laps, D3 vitamini darajasini baholash, shu bilan birga, Sharko to‘pig‘i bo‘lgan bemorlarga antirezorptiv terapiyani qo‘llash suyak tizimining mineral zichligini yaxshilash va tiklashga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 4,5 milliondan 15 milliongacha so‘m byudjet mablag‘lari Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan bemorlarda suyak va mineral almashinuvining buzilishi bilan remissiya davridagi bemorlarda turli patologik sinishlarni davolash va oldini olish, bemorlarni qayta kasalxonaga yotqizish kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Sharko to‘pig‘i mavjud qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda kal`siy, D3-vitamini va bifosfonatlarni birgalikda iste’mol qilish suyaklarni qayta qurish jarayonlarini normallashtirishi va diabetik oyoq panja sindromi asoratlarining rivojlanishini oldini olishdagi samaradorligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 28-sentyabr` 39-son bilan tasdiqlangan «Sharko to‘pig‘ini erta tashxislashda radiologik tekshiruvlar majmuasini amalga oshirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 44-son hamda Samarqand viloyat filiali bo‘yicha 27.07.2023 yildagi 33-4-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Sharko to‘pig‘i bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlanishi bilan bemorlarga antirezorptiv terapiyani buyurish katta ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 4500000-9000000 so‘m (shifoxonada bir kun davolanish 450000 so‘m tashkil etadi, mazkur kasallikni o‘n kunlik davolanish yiliga 2 marta davolanish talab etiladi) byudjet mablag‘lari Sharko to‘pig‘i bo‘lgan remissiya davridagi bemorlarda turli patologik sinishlarni antirezorbtiv davo bilan davolash va oldini olish bemorlarni qayta yotqizish kunlarini qisqartirish  natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish