Uktamov Urayimjon Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Farg‘ona cho‘llari landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvi va geoekologik vaziyati», 11.00.01 –Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr193.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Quvondiq Safarovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Yusufjon Boboqulovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Farg‘ona cho‘llari landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvini monitoring qilish va geoekologik vaziyatini qulaylashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Farg‘ona cho‘llari landshaftlarining boshqa cho‘l hududlaridan ajralib turuvchi belgilari hamda ichki tafovutlari aniqlangan va bir butun funksional geotizim ekanligi asoslangan;
cho‘l landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvi natijasida hosil bo‘lgan noxush landshaft-ekologik vaziyatni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar aniqlangan hamda ularning qulaylashtirish yo‘l-yo‘riqlari ishlab chiqilgan;
Markaziy Farg‘ona cho‘llarida vujudga kelgan geoekologik vaziyatning baholash asosida 4 ta geoekologik rayonga ajratilgan va har bir rayon landshaft-geografik jihatdan tavsiflangan;
Markaziy Farg‘ona cho‘llarining zamonaviy dasturlardan foydalangan holda o‘rta va yirik masshtabli landshaft, geoekologik, landshaftlarning o‘zgarib borishi va landshaft-ekologik rayonlashtirish kartalar turkumi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Farg‘ona cho‘llari landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvi va geoekologik vaziyatini tahlil qilish hamda geoekologik jihatdan rayonlashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Markaziy Farg‘ona cho‘llarining turli masshtabli landshaft va landshaft-ekologik, cho‘llanish, tuproqlarning sho‘rlanish jarayonlari, geoekologik vaziyati, bioxilma-xillikning o‘zgarib borishi nuqtai-nazardan baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 - yil "26" - avgust 03-03/3-8316 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida vujudga kelgan noxush ekologik vaziyatlarni bartaraf etish imkonini bergan;
Markaziy Farg‘ona cho‘llarining landshaft, geoekologik, landshaftlarning o‘zgarib borishi, tuproqlarning sho‘rlanishi va landshaft-ekologik rayonlashtirish kartalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 - yil "26" - avgust 03-03/3-8316 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft va tuproq tiplariga maqbul joylashtirishga oid tezkor tahliliy ma’lumotlar olish imkonini bergan;
Markaziy Farg‘ona cho‘llari tuproqlarining sho‘rlanish ko‘lamini oldini olish, tuproqlarning ayrim sho‘rlangan maydonlarida zax qochirish, sho‘r yuvish ishlarini samarali olib borish, madaniy tuproqlarining agrokimyoviy va fizikaviy xossalari mo‘l hosil olish uchun ancha qulayligiga oid ma’lumotlar muallifning “Tuproqlar geografiyasi” darsligiga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil, 7 maydagi 149-sonli buyrug‘i, nashr ruxsatnomasi №149162). Natijada, talabalarning tuproqlardan samarali foydalanish, tuproq xossalarining inson xo‘jalik faoliyati davomida o‘zgarib borishi, nafaqat landshaftlarning, balki tuproqlarning ham antropogen transformatsiyalashuvi to‘g‘risidagi bilimlarining rivojlanishiga imkon bergan;
Markaziy Farg‘ona cho‘llarida vujudga kelgan geoekologik vaziyatning  baholash asosida ajratilgan geoekologik rayonlar va ular hududidagi cho‘l landshaftlarining antropogen transformatsiyalashuvi natijasida hosil bo‘lgan noxush landshaft-ekologik vaziyatni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar hamda ularning qulaylashtirish yo‘l-yo‘riqlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining  2024 - yil "26" - avgust 03-03/3-8316 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Farg‘ona cho‘llarida kuzatilayotgan salbiy landshaft-ekologik vaziyatni vujudga keltiruvchi omillar aniqlash hamda ekologik muammolarni oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish