Kazakov Bekzod Shodiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kognitiv buzilishining gemostaz tizimi ko‘rsatgichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi jihatlari”, 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib2471.
Ilmiy rahbarlar: Xodjaeva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Kamol Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Kilichev Ibodulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Saginali Murzaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iziston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: Amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kognitiv buzilishlarning namoyon bo‘lishi jihatlari va gemostaz tizimi ko‘rsatgichlari orasidagi bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 ning turli klinik darajalari bilan og‘rigan bemorlarda erta postkovid davrda vahima va depressiya belgilari, kechki postkovid davrida esa xotira va diqqat buzilishining kuchayib borish ehtimolligi yuqoriligi asoslangan;
postkovid davrda kognitiv buzilishlar namoyon bo‘lishida yosh va jins ahamiyatli omillar bo‘lib, depressiya ko‘proq katta yoshli ayollarda, vahima sindromi esa o‘rta yoshlilarda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
COVID-19 ning engil darajasi bilan kasallangan, lekin patogenetik davo olmagan bemorlarda kechki postkovid davrda xotira va diqqat buzilishi kuchayib borishi isbotlangan;
postkovid davrda kognitiv buzilishlar hamda birlamchi va ikkilamchi gemostaz ko‘rsatkichlari (Villebranda omili, protrombin vaqti) orasida bog‘liq mavjudligi asoslangan va oldini olish tadbirlari takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ning turli klinik darajalari bilan og‘rigan bemorlarda erta postkovid davrda vahima va depressiya belgilari, kechki postkovid davrida esa xotira va diqqat buzilishining kuchayib borish ehtimolligi yuqoriligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik xavfini va kognitiv disfunksiyaning rivojlanish asoratlarini erta bartaraf etish hisobiga anamnezida COVID-19 o‘tkazgan va komorbid holatlar kabi ko‘rsatkichlar erta aniqlash amalga oshirilgan taqdirda ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda kognitiv buzilishlar rivojlanishini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 2535000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 ning turli klinik darajalari bilan og‘rigan bemorlarda erta postkovid davrda vahima va depressiya belgilari, kechki postkovid davrida esa xotira va diqqat buzilishining kuchayib borishini erta aniqlash ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid davrda kognitiv buzilishlar namoyon bo‘lishida yosh va jins ahamiyatli omillar bo‘lib, depressiya ko‘proq katta yoshli ayollarda, vahima sindromi esa o‘rta yoshlilarda namoyon bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kuzatilgan kognitiv belgilar namoyon bo‘lishining erta postkovid davrda kasallik kechish og‘irligi bilan bog‘liqligi kuzatilgan bo‘lsa, kechki postkovid davrda kasalliknng engil bosqichi bilan kasallagan, lekin patogenetik davo muolajalari qabul qilmagan bemorlarda yaqqolroq namoyon bulishi aniqlandi. Erta postkovid davrda kognitiv belgilar o‘rta yoshli bemorlarda va ayollarda ko‘proq aniqlangan bo‘lsa, kechki davrda depressiya erkaklarga ko‘proq aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kuzatilgan kognitiv belgilar namoyon bo‘lishining postkovid davrda erta aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan 145100 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda kuzatilgan kognitiv belgilar namoyon bo‘lishining postkovid davrda erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 145100 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ning engil darajasi bilan kasallangan, lekin patogenetik davo olmagan bemorlarda kechki postkovid davrda xotira va diqqat buzilishi kuchayib borishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda COVID-19 bilan kasallangan davrda olib borilgan patogenetik davo hamda kechki postkovid davrda bemorlarda xotira va diqqat buzilishi orasida korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. Ushbu korrelyasion bog‘liqlikni o‘rganish kechki postkovid davrda bemorda yuzaga keluvchi xotira va diqqat buzilishi ehtimolini aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida xotira va diqqat buzilishini erta tashxislash, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilagan hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 ning engil darajasi bilan kasallangan, lekin patogenetik davo olmagan bemorlarda kechki postkovid davrda xotira va diqqat buzilishi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, kognitiv buzilishlar rivojlanish darajasi aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 182000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan davrda olib borilgan patogenetik davo hamda kechki postkovid davrda bemorlarda xotira va diqqat buzilishi orasida korrelyasion bog‘liqliklar asosida ishlab chiqilgan tashhisot mezonlardan foydalanib, erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 486 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: postkovid davrda kognitiv buzilishlar hamda birlamchi va ikkilamchi gemostaz ko‘rsatkichlari (Villebrand omili, protrombin vaqti) orasida bog‘liq mavjudligi asoslangan va oldini olish tadbirlari takomilashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: postkovid davrda kognitiv buzilishlar hamda birlamchi va ikkilamchi gemostaz ko‘rsatkichlari (Villebrand omili, protrombin vaqti) orasida bog‘liq mavjudligi asoslangan va oldini olish tadbirlari takomilashtirishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda birlamchi va ikkilamchi gemostaz buzilishlarini korreksiyasi orqali kognitiv buzilishlar darajasini va gematoensefal to‘siq shikastlanishi rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1535000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: postkovid davrda birlamchi va ikkilamchi gemostaz ko‘rsatkichlari korreksiyasi kognitiv buzilishlar darajasini va gematoensefal to‘siq shikastlanishi rivojlanishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.