Nortillaev Komil Davlatalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligidagi “Yong‘inlarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish usullarini takomillashtirish” dissertatsiya mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi byulletenida B2023.2.PhD/T3785 raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent, Sabirov Erkaboy Erkinbaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponenetlar: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini maxanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori, texnika fanlari doktori (DSc), professor Samiev Luqmon Naimovich va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent, Quldoshev Ikrom Xamiddulaevich;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yong‘inni o‘chirish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha zamonaviy ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqib, sodir bo‘lgan yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish uchun samarali boshqaruv tizimini yaratish maqsadida yangi, sodda va qulay kompyuter dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari quyidagilardan iborat:
“Kuch va vositalarni boshqarish sxemasi” va “Aholi yashash turar-joylari, jamoat va ma’muriy binolarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarni hisoblash” nomli yong‘inlarni o‘chirish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarnining aniq suv sarfi, shaxsiy tarkib soni va o‘chirish tezkorligini5-7 % oshirishga erishish variantlari ishlab chiqilgan;
yong‘inni bartaraf etish uchun mavjud tizimda talab etiladigan 6 ta ekipaj jo‘natilganda yong‘in to‘liq bartaraf etishga etarli emas bo‘lgan holatlarda, hisoblash amallari bajarilganda esa, 3 ta ekipaj talab qilinishi va 225,94 kv.metr maydonga yong‘inlar tarqalmasligining oldini olish mumkinligi ilmiy asoslangan;
ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot tizimi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni to‘liq bartaraf etish vaqti deyarli 3-4 baravarga, talab qilinadigan suv miqdori esa 20-30 % ga, jalb qilingan yong‘in-qutqaruv texnikalaridan samarali foydalanish orqali yoqilg‘i moylash mahsulotlarini 15-20 %ga tejalishiga olib kelishi aniqlangan;
aholi turar joylari, jamoat, ma’muriy, ishlab chiqarish va omborxona binolarida sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarning sonini oldindan hisoblash ishlarini amalga oshirish, avariya qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda foydalanilinishi samarador va ishonchli bo‘lgan boshqaruv usullari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘inlarni bartaraf etishda kuch va vositalarni boshqarish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yong‘inni o‘chirish uchun talab qilinadigan kuch va vositalarning sonini yong‘in joyiga etib bormasdan avval taklif etilgan dastur yordamida aniqlangan hamda qo‘shimcha kuch va vositalarni barvaqt jalb qilish orqali jalb etiladigan yong‘in o‘chirish ekipajlarining soni kamayishiga erishilgan va ilmiy asoslangan natijalar Toshkent shahar FVBning Bektemir tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga dasturiy ta’minmot joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024-yil
20-sentyabrdagi 5/4/30-3032-son ma’lumotnomasi).
Natijada, yong‘inni to‘liq bartaraf qilish uchun jalb etiladigan yong‘in o‘chirish ekipajlarining soni 7 dan 4 ga kamaygan. Sodir bo‘lgan yonhinlarni bartaraf etishda 172,26 kv.metr maydonga yong‘inlarning keskin tarqalib ketishining oldini olingan va yong‘an bo‘lgan joyga etib borish tezkorligi o‘rtacha 8 daqiqadan 4 daqiqagacha kamaytirishga erishilgan. Yong‘in chiqqan joydan insonlarni tezkor evakuatsiya qilish va yong‘inlarni bartaraf etish imkoniyati kengaytirilganligi, milliardlab miqdordagi moddiy boyliklarni saqlab qolish imkoniyatini bergan.