Raxmonov Ulug‘bek Jo‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “300X32N2RL markali oq cho‘yanning mexanik xossalarini oshirish va texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5187
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Begatov J.M., texnika fanlari doktori, dotsent; Dunyashin S, N, texnika fanlari nomzodi, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oq cho‘yanlarning quyma mexanik xossalarini oshirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oq cho‘yanni nordon futerovkali induksion pechida molibden o‘rniga bor elementini qo‘shish asosida suyuqlantirish texnologiyasi pech futerovkasiga borning futerovka emirilishiga ta’sir dinamikasi asosida suyuqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq cho‘yan tarkibiga xrom elementini kiritish texnologiyasi xrom elementining oq cho‘yan xizmat muddatini oshirish xossalarini haroratga bog‘liqlik darajasi asosida modifikatsiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq cho‘yan tarkibiga bor elementini kiritish texnologiyasi oq cho‘yan mustahkamligining bor elementi miqdoriga bog‘liqlik darajasi asosida borni kiritish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oq cho‘yanni induksion pechida suyuqlantirish texnologiyasi bor va xrom elementlarining qotishma tomonidan o‘zlashtirilish mexanizmi elementlarning suyuqlanish haroratiga bog‘liq ravishda resurstejamkor texnologiya ishlab chiqilgan;
oq cho‘yanga suyuq holatda kimyoviy elementlar bilan ishlov berish texnologiyasi qotishma harorati va kiritilayotgan element bilan issiqlik almashinuv gradienti asosida modifikatsiyalash usuli ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
300X32N2RL markali ok cho‘yanning mexanik xossalarini oshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oq cho‘yanni nordon futerovkali induksion pechida molibden o‘rniga bor elementini qo‘shish asosida suyuqlantirish texnologiyasi “Navoiy KMK” AJning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» AJning 2023 yil 19 oktyabrdagi №23/01-01-07/520-son ma’lumotnomasi). Natijada pech futerovkasining xizmat muddati 30-40% ga ortgan;
oq cho‘yan tarkibiga xrom elementini kiritish texnologiyasi “Navoiy KMK” AJning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» AJning 2023 yil 19 oktyabrdagi №23/01-01-07/520-son ma’lumotnomasi). Natijada quymalarning xizmat muddati 10-12% ga ortgan;
oq cho‘yan tarkibiga bor elementini kiritish texnologiyasi “Navoiy KMK” AJning “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingin («Navoiy KMK» AJning 2023 yil 19 oktyabrdagi №23/01-01-07/520-son ma’lumotnomasi). Natijada oq cho‘yan mustahkamligi 18-20% ga ortgan.