Komilova Dilnozaxon Abdulxaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: “Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.04.PhD/Ped2142.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Jamilova Nargiza Nuriddinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; O‘rinova Feruza O‘ljaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion-o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan integrativ, kommunikativ va interaktiv yondashuvlarni kommunikativ vaziyatlarga moslashtirish hamda kognitiv, leksik-semantik, hissiy, xulq-atvorli muloqot komponentlarini nutqiy ehtiyojga motivatsion yo‘naltirish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan lingvistik va pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmunini tashkiliy va tarbiyaviy komponentlarning yaxlitligini hisobga olish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayon infratuzilmasini samarali optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasi tinglash, tushunish, so‘zlashish, gapirish kabi nutqiy malaka talablarini rivojlantirishga oid subekti-subekt munosabatlarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyat traektoriyasiga adaptiv moslashtirish hamda yosh davrlarga xos indikatorlarini ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kommunikativ o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirish, shaxsiylashtirish va individuallashtirishga ko‘ra muloqot qobiliyatlarni rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash va ijtimoiy muhitga moslashishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari innovatsion-o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan integrativ, kommunikativ va interaktiv yondashuvlarni kommunikativ vaziyatlarga moslashtirish hamda kognitiv, leksik-semantik, hissiy, xulq-atvorli muloqot komponentlarini nutqiy ehtiyojga motivatsion yo‘naltirish asosida aniqlashtirilga qaratilgan taklif va tavsiyalardan “Bolalar nutqini o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabr 441-son buyrug‘i guvohnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy muloqot va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonidagi o‘rnining metodik jihatdan boyishiga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan lingvistik va pragmatik kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim mazmunini tashkiliy va tarbiyaviy komponentlarning yaxlitligini hisobga olish hamda o‘quv-tarbiyaviy jarayon infratuzilmasini samarali optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Oliy ta’lim tashkilotlari negizida maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT)ning zamonaviy didaktik metodika ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani tayyorlashda foydalanilgan (Andijon davlat universitetidan olingan ma’lumotnoma). Natijada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish jarayonining modelini yaratishda o‘quv-tarbiyaviy faoliyat integratsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berishga erishilgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish metodikasi tinglash, tushunish, so‘zlashish, gapirish kabi nutqiy malaka talablarini rivojlantirishga oid subekti-subekt munosabatlarini o‘quv-tarbiyaviy faoliyat traektoriyasiga adaptiv moslashtirish hamda yosh davrlarga xos indikatorlarini ierarxik tizimlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Ta’lim va taraqqiyot”, “2023-yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Andijon viloyati teleradiokompaniyasi davlat muassasasining 2023-yil 12-dekabrdagi 01-24G‘254-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarni muloqotga o‘rgatishda tinglash, tushunish, ifodalash haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kommunikativ o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirish, shaxsiylashtirish va individuallashtirishga ko‘ra muloqot qobiliyatlarni rivojlantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash va ijtimoiy muhitga moslashishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” teleradiokanali davlat muassasasining “Muhim mavzu”, “Radiomuloqot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 6-fevraldagi 03-09-64-sonli ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishlarning ta’sirchanligi oshishiga, ota-onalar va mutasaddilarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, ularda muloqot shakllarini hosil qilish, ijtimoiy hayotga tayyorlash bo‘yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlarga ega bo‘lishiga ko‘maklashilgan.