Begmatova Ziyoda Zaxidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish”, 08.00.05– “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”  (iqtisod fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3709.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedieva Aliya Toxtarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Hasanov  Toxir , iqtisodiyot fanlari dosent, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand iqtisodiyot va servis insituti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar faoliyati bo‘yicha mehnat unumdorligini oshirishga va davlat interaktiv xizmatlari tizimida kadrlar bandligi va talabni baholash modelining aniqlik darajasini maqsadli texnik-texnologik va ilmiy faoliyat natijalariga ko‘ra aniqlashtirish taklif qilingan;
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar faoliyatini baholash yondashuvi xodimlarning asosiy faoliyatini ijtimoiy faoliyati uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirilib, faoliyatini tahlil qilishdagi dasturiy majmuani yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish asosidagi funksional sxemasi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xodimlarni hisobini yuritish va mehnat resurslaridan foydalanishni mehnat unumdorligiga ko‘ra optimallashtirish asoslanib, “Uzkadr” tizimi dasturiy vositasi ishlab chiqilgan;
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sof foydasi, unga ta’sir etuvchi omillarning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari va uni barqaror rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim tizimida xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida xodimlar faoliyatini baholash yondashuvi xodimlarning asosiy faoliyatini ijtimoiy faoliyati uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirilib, faoliyatini tahlil qilishdagi dasturiy majmuani yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilish asosidagi funksional sxemasi bo‘yicha takliflar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil                                      18-sentyabrdagi 4/17-4/4-17212-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida oliy ta’lim muassasasida xizmat ko‘rsatish hajmi 8-13% ga oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida xodimlarni hisobini yuritish va mehnat resurslaridan foydalanishni mehnat unumdorligiga ko‘ra optimallash-tirish va “Uzkadr” tizimi dasturiy vositasi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 4/17-4/4-17212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada  dastur  orqali tezkor vaqtda avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni olish ta’minlangan va mehnat unumdorligi 2,0-2,5% foizga oshirilishiga erishilgan;
    oliy ta’lim muassasalarida xodimlar faoliyati bo‘yicha mehnat unumdorligini oshirishga va davlat interaktiv xizmatlari tizimida kadrlar bandligi va talabni baholash modelining aniqlik darajasini maqsadli texnik-texnologik va ilmiy faoliyat natijalariga ko‘ra aniqlashtirish taklifi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 4/17-4/4-17212-sonli ma’lumotnomasi). Taklif natijasida universitet tegishli tuzilmasining mehnat unumdorligi oshirilishiga va xodimlar ma’lumotnomasini to‘liq avtomatlashtirilgan tizim orqali olish imkoniyati yaratilgan;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sof foydasi unga ta’sir etuvchi omillarning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari va barqaror rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-sentyabrdagi 4/17-4/4-17212-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sof foydasi 2030-yilga kelib 2023-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshishi mumkinligi bashorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish